If qal'asining mahbusi. I kitob

Kitob mualliflari A.Dyuma,

Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi.

Fan yoʻnalishi: | Barcha uchun |
UDK 821.133-1-31
Kitob nashriyoti nomi: Bayoz
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-5623-5-6
Kitob nashr qilingan yili: 2019 Yil
Betlar Soni: 768
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy kitoblar
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH