Madaniyatshunoslik asoslari
Kitob mualliflari
M. Abdullayev,
E. Umarov,
A. Ochildiyev,
A. Yo‘ldoshev,
A. Abdullayev,
Zamon talablariga har tomonlama javob beradigan yuqori malakali, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mustaqillik yo‘lidan borayotgan jamiyatimizning eng oliy maqsadidir. Zero, barkamollikning yuksak mezoni insonning chinakam ma’naviyat va ma’rifat sohibi bo‘la olishi bilan belgilanadi. Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyat hayotining barcha sohalarida tub sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Bu vazifani hal etish ko‘p jihatdan fuqarolarning madaniy-ma’rifiy faolligini tinmay oshirib borish va kamol toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kishilarning yaratuvchanlik qobiliyatini, axloqiy fazilatlarini, ijodiy ko‘tarinkiligini, iste’dodlarini to‘la namoyon eta olish fazilati madaniy faoliyat asosida ro‘yobga chiqadi. Inson omili tushunchasi tarkibiga kiradigan bu fazilatlar jamiyatning ham, alohida shaxsning ham barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bularsiz kishilarning ijtimoiy hayot va tarixiy jarayonda ongli, samarali ishtirok etishi, umuman, ma’naviy shakllanishi va kamol topishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Darhaqiqat, «buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun c, ma’rifatli, ayni paytda, o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir... Vatan tarixi va madaniyati, jug‘rofiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog‘chalardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o‘qitishga muhim siyosiy vazifa sifatida qaralmog‘i lozim»1 .
Fan yoʻnalishi: |
| Barcha uchun |
|
UDK |
|
Kitob nashriyoti nomi: |
Toshkent |
Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
ISBN: |
|
Kitob nashr qilingan yili: |
2006 Yil |
Betlar Soni: |
144 |