Ashyoda ishlash

Kitob mualliflari Vohidov I.,

Kitob grafikasi kafedrasi keng ijodiy qamrovli grafikachi rassomlarni, ya’ni kitob, plakat va estamp noshirlarini, oliy o`quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, shuningdek, Respublikamiz hududida joylashgan ijodiy tashkilotlar uchun kadrlar yetkazib berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Bo`lajak mutaxassislarda realistik qalamtasvir va rangtasvir bo`yicha mahorat bilan birga ixtisoslikning turli masalalarini hal etishi, badiiy obrazli tafakkur uslubini egallashi uchun kerak bo`lgan bilim va malakalar shakllantiriladi. Grafikachi rassomlar keng ma’nodagi nazariy va amaliy tayyorgarlikdan o`tishi lozim. Ular zukko, nozik ta’b, estetik madaniyat egasini shakllantirish uchun egallagan bilim va ko‘nikmalaridan unumli foydalanishlari, mustaqil O`zbekiston davlati taraqqiyotiga astoydil xizmat qilishlari zarur. Kelajakda bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ijodkorlar o`z bilim doiralarini kengaytirib, hayotdagi voqealarni kuzatib borishlari, taraqqiyotning yangi yutuqlari bilan tanishishlari, o`z bilimlarini kengaytirishlari zarur bo‘ladi. Grafikachi rassomning vazifasi plakat, reklamalar dizaynini yaratish, kitob va boshqa barcha nashrlarni bezashi, buning uchun milliy an’an alarni, vatan tarixini chuqur bilishi, uning qadimiy yodgorliklarini va amaliy san’at n amunalarini o`rganishi va ulardan samarali foydalanishdan iborat.

Fan yoʻnalishi: | San`at va gumanitar fanlar |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Chashma print
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-350-19-9
Kitob nashr qilingan yili: 2009 Yil
Betlar Soni: 64
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Ko‘rish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 1.83 MB
Turi: Uslubiy qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH