-
San`at va gumanitar fanlar,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
San`at va gumanitar fanlar,
-
-
-
Хоразм достон ижрочилнигининг зархат саҳифалари
Б. Матёқубов,Эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу рисола ўзбек достончилигининг мусиқий жиҳатлари, унинг ижрочилик услублари ила танишишга имкон беради.
-
Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari
V. Rustamov,Ushbu o`quv qo`llanmada zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari, ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi nazariyasi, ochiq maydonlarda, noan`anaviy sahnaviy kengliklarda sahnalashtirish jarayonlari turli misollarda ko'rsatilgan.
-
Бошланғич бадиий нақш ишлаш услубияти
М. Мирзаҳмедов,Мазкур қўлланма педагогика ўқув юртларининг "Бадиий графика ва чизмачилик", " Умумтехника ва меҳнат факультети" учун ўқув режаси ва дастури асосида ёзилди. Бадиий наққошлик санаъати тўғрисида, уни ўрганиш ҳақида маълумот берар эканмиз, аввало, сизларни узоқ ўтмиш маданиятининг намуналарини, тарихий обидаларни хаёлан кўз олдингизга келтиришни сўрардик. Бадиий - наққошлик, ўймакорлик, кашта тикиш санаъати намуналарини- ҳаётни, табиат манзаларининг аксини, чиройли гулларнинг шаклларини биноларнинг эшикларида, пештоқларида, уй анжомларида ва бошқаларда кўрасиз.
-
моҳир қўллар
С.Каримова,Ушбу қўлланма мактабгача тарбия муассасаларида болаларга мехнат тарбиясини бериш учин
-
Qalamtasvir
M. B. Ahmedov, M. Z. Xasanova,Mazkur o‘quv qo‘llanmada qalamtasvir bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bilan birga sessiya oraliq topshiriqlarini bajarish tartibi bayon qilingan. O‘quv qo‘llanmada tasviriy san’at haqida dastlabki ma’umotlar, qalamtasvir – tasviriy san’atning asosi sifatida, qalamtasvir va rangtasvirning qonun-qoidalari: tasviriy san’atda perspektiva, kompozitsiya asoslari, chiziqli konstruktiv qurilish, yorug‘-soya qonuniyatlari, buyumlarning uslubiy jihatdan bosqichma-bosqich tasvirlash usullari, qalamtasvirda xomaki rasmlar ishlash usullari kabi ko‘plab mavzular nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanma «5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» ta’lim yo‘nalishining sirtqi bo‘lim 1- va 2-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ilmiy izlanuvchilar, maxsus va umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalarning to‘garak rahbarlari va havaskor rassomlar ham foydalanishlari mumkin.
-
QALAMTASVIR
X.X. Muratov,Mazkur o‘quv-qo‘llanma bugungi kun talablarini hisobga olingan holda xorij adabiyotlari asosida yozildi. O‘quv qo‘llanma talabalarini “Qalamtasvir” fanining nazariy hamda amaliy asoslari bilan chuqur tanishtiradi. U olib boriladigan mashg‘ulotlarning mavzusi va mazmunini to‘liq o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada qalamtasvirda tasvirlashning qonunlari, tasvirlash qoidalarini chuqur o‘rganish ko‘zda tutilgan. Dastur asosida rejalashtirilgan dars soatlari bo‘yicha amaliy ishlar vazifalari oddiydan murakkabga qarab tamoyili tarzida ishlanmasi ishlab chiqilgan hamda foydalanish uchun mahalliy va xorij adabiyotlari berilgan.
-
Чизма геометрия
Ж.Ёдгоров,Мазкур қўлланма қуйидаги мавзуларни қамраб олган. Нуқта, тўғри чизиқ ва текисликнинг ортогонал проекциялари, тасвирларни алмаштириш усуллари, кўпёқлилар, кўпёқлиларнинг текислик ва тўғри чизиқ ҳамда ўзаро кесишуви, сиртларнинг текислик ва тўғри чизиқ билан ҳамда ўзаро кесишуви сирт ёйилмасини ясаш, аксонометрик проекциялар.
-
Chizma Geometriya
Azimov T.D.,0 ‘quv qo‘llanmada chizma geometriya fanining amaliy mashg'ulotlari to'plami o‘zbek tilida keltirilgan bo‘lib, unda nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik, ikki tekislik, to‘g‘ri chiziq va tekislik, sirtlar, tekisliklar bilan sirtlar kesishuvi, ikki sirt kesishuvi, proyeksiyalarni qayta tuzish, burchaklami aniqlash, nazorat yozma ishga doir masalalarni yechish, shuningdek, olimpiada masalalaridan namunalar, mustaqil ta’lim uchun masalalar berilgan. O 'quv qo'llanma texnika oliy o‘quv yurtlari bakalavrlari uchun tayyorlangan bo'lib, undan chizma geometriya mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Chizma Geometriya
B.B.Qulnazarov,Ushbu qo'llanma kasbiy ta'lim yo'nalishidagi muhandis - pedagog, talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, chizma geometriya fani bo'yicha tuzilgan namunaviy dastur asosida yozilgan.Qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda ortogonal va aksonometrik proyeksiyalar.
-
CHIZMACHILIK
A.Ashirboyev,Ushbu o‘quv qo‘llanma o ‘z ichiga chizmalarni taxt qilish qoidalari, geometrik chizmachilik, proeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi, sxemalar va qurilish chizmachiligi mavzularini qamrab oigan. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari sinfdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda nazariy va amaliy jihatdan mukammal bilim olishlari hamda pazandachilik, tikuvchilik va to‘qish ishlari yo'nalishi bo‘yicha to‘garak tashkilotchisi mutaxassisliklari egallashlari hisobga olingan holda tayyorlandi. Bu o‘quv qo'llanmadan barcha kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ham samarali foydalanishlari hisobga olingan.
-
Kompozitya
G’.M. Abdurahmonov, B.B. Boymetov, B. Tojiev,Mazkur o’quv qo’llanma tasviriy san’atning asosiy negizi hisoblangan kompozitsiya fanini o’rganishning maqsad hamda vazifalari, metodikasi nazariyasi va amaliyoti haqida ma’lumot beradi. O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan, qo’llanmadan kasb hunar kolleji o’quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
CHIZMA GEOMETRIYA
R.O.Taganov,Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 60111200 - "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" ta'lim yo'nalishi uchun tasdiqlangan "Chizma geometriya" fani namunaviy dasturi asosida o'zbek tilida yozilgan.
-
Tasviriy san'at tarixi
O.N.Shomurodov,Mazkur o’quv qo’llanma 5110800 - “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo’nalishi talabalari, badiiy yo’nalishdagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda havaskorlar uchun mo’ljallangan. Ma’lumki tasviriy san’at taraqqiyoti, uning nazariy asoslarining shakllanishi jarayoni ibtidoiy jamoa davridan boshlab nihoyatda uzoq yo’lni bosib o’tdi.