-
Катта умидлар
Ч. Диккенс,XIX аср инглиз ва жаҳон адабиётининг энг кўзга кўринган вакилларидан бири Чарльз Диккенс ҳаётлигидаёқ машҳур ёзувчи сифатида тан олинган ва ҳозир ҳам жаҳон адабиётининг мумтоз вакили, деб эътироф этилади. «Катта умидлар» романы ёзувчининг шоҳ асарлари қаторидан ўрин олган бўлиб, унда «катта умид- лар»ини рўёбга чиқаришни жуда ҳам истаган, шунга интилган қишлоқ фарзанди Пипнинг тақдири мисолида XIX асрда Англия пойтахти ҳамда чекка ҳудудларидаги зодогонлар ва оддий кишилар ҳаёти акс этади.
-
Капитан қизи
Пушкин А.С,"Рус шеъриятининг қуёши" деб ном олган Александр Сергеевич Пушкин насрда, назмда ҳам самарали ижод қилган буюк сиймодир. У янги рус адабиётининг асосчиларидан бири сифатида рус маданияти тарихига кирди. Пушкин ўзининг йўл хотиралари, бадиҳалари, тарихий роман ва қиссалари билан насрчилик жанрига асос солди. Шоир ижодида эртаклар ҳам алоҳида ўринга эга. Унинг ижоди рус драмаси ва театри тараққиётида ҳам мухим роль ўйнайди.
-
Қайдасан мўъжиза
Абдуқаюм Йўлдошев,«Беш ташаббус беш китоб» лойҳасининг навбатдаги китоби Абдуқаюм Йўлдошев асарларидан тартиб берилди. Тўпламга йигирмадан ортиқҳикоя ва бир қисса жамланган. Тўпламдаги деярли ҳар бир асарда компютер технологияларининг яхши томонлари ва унга муккасидан кетишнинг салбий оқибатлари ҳам таъсирли тарзда тасвирланган. Тўплам дунё илм-фанига, маданиятига улкан ҳисса қўшган буюк аждодларимизнинг авлодлари - бугуннинг ёшлари ҳақидаги эканлиги билан ҳам аҳамиятли.
-
Киприкларда ёзилган шеърлар
Машарипов Р,Одамлар бир-бирлорини такрорламаганидек, дунё хам бетакpop. Хар кимнинг ўз рўли, сўқмоғи бўлади ва уш сўкмоқда юриб, умргузаронлик қилади. Хоразм вилояти Янгиарик туманидаги қадимий Кўриктом қишлоғида туғилиб. вояга етган Рустам Машарипов эл-юртига содик фидойи инсон, яхши шоир эди.
-
Penelopaning kundaligi
Kostas Varnalis,Penelopa-qadimiy mifologik adabiyotda oilaviy sadoqat va ishonch ramzi sanaladi. Asar qahramoni turmush o'rtog'i va Itaka shohi Odisseyni uzoq safarga kuzatgandan keyin qayg'uga botadi. Bu safar qanday tugaydi? va uning hamrohlari sog'-salomat qaytadilarmi? Qo'lida chaqalog'i bilan yolg'iz qolgan ayol kundalik voqealarni yozib olishni odat qiladi.
-
Qora musiqa
U.Folkner,Qo'lingizdagi to'plamdan o'rin olgan hikoyalar, aksariyati fantastik uslubda yozilgan bo'lsa-da, sizni zeriktirib qo'ymasligiga ishonamiz.
-
Qiz bolaga tosh otmang
To`xtaboyev Xudoyberdi,Ushbu kitobdan sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning so'nggi yillarda yozgan ikki romani o‘rin olgan.Undagi asar qahramonlari mustaqillik davrining farzandlari. Ular mustaqillik yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib, fermer xo'jaligi tashkil etadilar. Jumladan, «Qiz talashgan o'smirlar» romanida ishbilarmon Yo‘ldoshxonning, «Qiz bolaga tosh otmang» teleromanida esa tadbirkor qiz Xurshidaning o‘z ishini yuritish, kengaytirish yo'lidagi mashaqqatlari, iztiroblari, yutuqlari, quvonchlari yozuvchi tomonidan qiziqarli voqealar asosida yoritib berilgan.
-
Qizil va qora
Stendal,Jahon adabiyotining mumtoz asari sanalgan "Qizil va qora" romani har bir zamonga zamondoshdir. Ushbu asarda yosh o'smir yigitning muhabbati orqali kuchli ehtiros, ongsiz hissiyot, shuhratga chanqoqlik va ular o'rtasidagi kuchli to'qnashuvlar mahorat bilan tasvirlangan.
-
Qiyomat
Chingiz Aytmatov,Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlik, haqiqat va yolg‘onning, adolat va jaholatning о‘zaro kurashi - inson va tabiat; tabiat va insoniyatning о‘zaro uyg‘unligi esa bo‘rilar Akbara bilan Toshchaynar orqali tasvirlanadi.
-
Qora ko`zlar. Roman
P. Qodirov,Qora ko`zlar olis qishloq va undagi orqada qolgan xo'jalik hayotini roman ko`zgusiga solib ko`rsatdi. Asar boshdan oyoq oddiy, zahmatkash mehnat ahliga, har qanday mushkul vaziyatlarda ham insoniy fazilatlarni saqlab qololgan asl insonlarga chuqur hurmat, hamdardlik ruhi bilan sug`orilgan. Yozuvchi xuddi o`sha qora ko`zlar jafokash kishilar boshiga tushgan kulfatlar uchun chin dildan
-
Quvg'indagi keksa qirol
Arno Gayger,Taniqli avstriyalik yoziivchi Arno Gaygerning ushbu-„Quvg‘indagi keksa qirol" qissasi markazida muallifning otasi turadi. Asar o'quvchida otaga muhabbat, uni boricha sevish, qadriga yetish kabi tuyg'ulami uyg'otishi bilan ahamiyallidir.Hurmatli kitobxonlar ushbu asarni to`liq bilmoqchi bo`lsangiz kutubxonamizga tashrif buyurib o`qishingiz mumkin.
-
Кафансиз кўмилганлар
Шукрулло,Ушбу асар ёзувчининг қатоғон йилларидаги инсон бошига тушган надомат ва ташвишлар хақида сўз юритилиб қуйидаги воқеалар баён этилган: Тинтув пайтида гувоҳлик учун чақирилган қўшни аёл гўдакнинг ўз отаси тақдиридан бехабарлигиданми ёки менга ачинганиданми уни бағрига босиб ҳўнграб йиғлаб юборди.
-
Kecha va kunduz
Cho'lpon,Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga 80 yil to‘lgan bo‘lsa-da, u hamon insonlar tomonidan sevib mutola qilinadi . Mazkur asar ikki qismdan iborat bo‘lib, dastlabkisi – “Kecha” deb nomlangani. “kunduz” deb atalgan ikkinchi qismi haqida esa ma’lumotlar yo‘q. Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar uz ichiga olgan. xudbinlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z in’ikosini topgan. Bu kabi sifatlar va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi.
-
Qadimgi zamon zamindorlari
Nikolay Gogol,Stepanshoh zamonida ikki botir yashagan edi. Ivan bilan Petro. Ular qiyomatli do'st tutunib, bir mayiz topsalar ikkiga bo'lishga ahd qiladilar.
-
Qora ot kechalari o'ldiradi
Yatsek Roy,Detektiv xarakterdagi asarlar o'zining tarang sujet tizimi, sirliligi, qiziqarli va ommabopligi bilan kitobxonni o'ziga jalb etadi. Shu bois bunday kitoblarning o'z muhlislari bor.
-
Kapitan qizi
Aleksandr Pushkin,Pushkinning rus madaniyati taqdiridagi o'rni benihoya buyuk.U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining shakllanishiga ulkan hissa qo'shdi.
-
Quyoshga yaqin maskan
Dilrabo Norqulova,O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ijod" jamoat fondi tomonidan bir guruh yosh shoir, yozuvchi, publisist va adabiyotshunoslarning ilk kitoblari nashr etilgani va barcha ta`lim muassasalariga bepul tarqatilganidan yurtdoshlarimiz yaxshi xabardor. Ezgu an`anaga aylanib ulgurgan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida bu yil ham badiiy adabiyotning turli yo`nalishlarida ijod qilib kelayotgan iste`dodli yoshlarning ilk kitoblari nashrga tayyorlandi. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu ijodkorlar "Do`rmon" ijod uyida o`tkazilgan seminarlarda tanlab-saralab olindi, qo`lyozmalar o`sha joyning o`zida-usoz va shogirdlik an`anasi asosida qiyomiga yetkazildi. Qo`lingizdagi mana shu kitob ham o`sha mahsaqqatli va serzavq mehnatning mevasi, umidli yosh ijodkorning dastlabki qadamdir.
-
Qishloqdagi buvijonim
Rahimova D,Ushbu kitob O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar bilan ishlash bo'limi tomonidan nashrga tavsiya etilib, "Ijod fondi tomonidan moliyalshtirilgan. Kitob Respublika ta'lim muassasalari kutubxonalariga bepul tarqatilinadi.
-
Қадамлар лойиҳаси
Аслонов М,Ушбу китоб ELMADAD фаолияти доирасидаги лойҳалар ҳамда ташкилотга мурожаат қилаётган фуқароларнинг муаммолари, тадбиркорликка оид долзарб масалалар мажмуини қамраб олган. Шунингдек, турли соҳадаги ютуқ ва камчиликлар асосида тайёрланган
-
Yulduzli tunlar
P.Qodirov,Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo‘r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.