-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ватан - азиз, Жасорат - мангу
Абилов М.,Ушбу рисоладан Ватанимиз сарҳадларига ёвуз ниятда суқилиб кирмоқчи бўлган халққаро террорчи газандаларга қарши мардларча курашган, сўнгги томчи қони қолгунича Ватани, халқи ва ҳарбий қасамёдига содиқ қолиб, Ватанимиз мустақиллигининг ҳимояси йўлида жон фидо этган ҳарбий хизматчилар ҳақида ёзилган.
-
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari
I. I. Lukashuk, A. X. Saidov,Xalqaro huquq fanining taniqli olimlari qalamiga mansub ushbu darslikda huquqning mustaqil tizimi - hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqining asosiy institutlari va tarmoqlarining nazariy asoslariga atroflicha ta`rif berilgan. Ayniqsa, xalqaro shartnomalar va O`zbekiston Respublikasidagi xalqaro huquq amaliyotiga alohida e`tibor qaratilgan.
-
Sud va huquqni muhofaza qilish organlari
M.H. Rustamboyev, Ye.N. Nikiforova,Darslikda O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan qonunchilikka, Oliy sud Plenum qarorlariga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish faoliyatining tushunchalari, uning belgilari, funksiyalari, sud hokimiyatining mohiyati hamda O'zbekiston Respublikasi sud tizimiga tavsif beriladi.
-
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi
H.Muhamedov,Ushbu darslik Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixining birinchi davri - qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixiga bag'ishlanib, unda mazkur o'quv kursi o'rganadigan masalalar doirasi, ularga yondashish usullari, uning vazifasi, davrlarga bo'lib o'rganilishi, ahamiyati, ijtimoiy va huquqiy fanlar tizimida tutgan o'rni va ular bilan o'zaro aloqadorligi, qadimgi Sharq va antik dunyo mamlakatlarida davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi sabablari, xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan
-
Davlat va Huquq nazariyasi
H.B. Boboyev, Z.M. Islomov, X.T. Odilqoriyev,Darslik davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni taiqin etishdagi an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtai nazarlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, unda O'zbekistonda shakllanayotgen demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va islohotiar davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.
-
Марказий Осиёга доир тадқиқотлар. Хоразмшоҳлар-ануштагинлар давлати (1097-1231)
Бунёдов З.,Академик, Ватан урушининг қаҳрамони Зиё Муса ўғли Бунёдов кўҳна Шарқ тарихининг чуқур илдизларига кириб борган, бирламчи манбалар тадқиқи орқали Марказий Осиё тарихининг қоронғу саҳифаларини ёритган олимдир. Айниқса, Хоразмшоҳлар тарихи улкан тадқиқотчи асарларининг марказий мавусидир. Миллий қаҳрамонимиз Жалолиддин Мангуберди ҳақида тарихий манбалардаги маълумот ва тафсилотларни жамлаб бериш, туркистонлик етук олимлар фаолиятини жиддий ўрганиш орқали тарихчи Ўзбекистон тарихининг нисбатан номаълум саҳифаларига аниқлик киритган.
-
Mashina va mexanizmlar nazariyasi
Karimov R. I., Karimov K. A., Begimov N.N.,Qo'llanmada fanning qisqacha rivojlanish tarixi,mexanizmlarning strukturaviy,kinematik,dinamik tahlillari va ularning sintez masalalari qamrab olingan..Mexanizm va mashinalarning kinematik sxemalari,dinamik modellari,ularning klassifikatsiyasi va zamonaviy sanoatningko'plab sohalarda texnologik jarayonlarni bajarishda ishlatilayorganturlari har xil konstruksiyalari rangli tasvirlarda keltirilgan.
-
Автомобилларда юк ташиш ва уни ташкил қилиш
Э.Каримов,Ушбу ўқув қўлланмада автомобилларда юк ташишни ташкил қилиш ва тижорат ишлари, ҳаракатланувчи таркибдан фойдаланишда йўл шароитлари, автомобил транспортида юклаш-тушириш ишларини ташкил қилиш ва механизатциялаш, бошқариш ва траспорт-экспедиция хизматларига оид масалалар, билимларни текшириш дастури ва меъёрий материаллар кенгроқ ёритилди.
-
Автотрактор двигателлари
С.Қодиров,Дарслик техника олий ўқув юртларининг талабалари (магистрантлар ва бакалаврлар) учун мўлжалланган бўлиб, унда двигателлар иш кўрсаткичларининг иссиқ иқлим, паст босим ва чангли шароитларида ёмонлашиш (пасайиш) сабаблари ҳамда улурнинг ишлаш самарадорлиги ва бузилмаслик хусусиятига мазкур омиллар таъсирини камайтириш усуллари кўриб чиқилган.
-
Гидравлика
А. Ю. Умаров,Мустакил Республикамизнинг тараккиёти, унинг узок ва якин хорижий мамлакатлар билан кенг куламдаги алокаларининг ривожланиши, олий ўқув юртларида хозирги кун талабига жавоб берадиган билимдон, техника ускуналари ва технологияларни бевосита такомиллаштира оладиган, фан ютукларини амалий ишлаб чикаришда бевосита куллай оладиган юкори малакали мутахассислар, мухандислар тайёрлашни такозо этади.
-
Dvigatellar va avtomobil nazariyasi. 1-qism
S.M.Qodirov, O.U.Salimov, A.I.Proskurin,Ushbu darslikning birinchi qismida ichki yonuv dvigatellarida sodir bo`ladigan jarayonlarning nazariyasi hamda ularning ish sikli, quvvati va yonilg`ining kam sarflanishiga ijobiy ta`sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Yonilg`i va uning kimyoviy reaksiyalari bayon etilgan.Dvigatellarni sinash va ularning xarakteristikalari keltirilgan.
-
Elektr mashinalari
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov,Darslikda turli sohalarda keng qo‘llaniladigan transformatorlar, asinxron, sinxron va o ‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsipi, ularda bo‘ladigan asosiy fizik jarayonlari va ish rejimlarini bayon etishda malakali mutaxassislar tayyorlash dasturiga mos holda amaliyot nuqtayi nazaridan yondashilgan
-
Ishlab chiqarish texnologiyalari
N.K.Yo'ldoshev, N.R.Kadirxodjayeva,«Ishlab chiqarish texnologiyalari» fanidan darslik shu fan bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturiga asosan yozilgan. Unda sanoatning eng muhim tarmoqlari, jumladan, yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik, qurilish materiallari va qurilish ishlari texnologiyasi, ularda qo‘llaniladigan xomashyolar, asbob-uskunalar va shu tarmoqlardagi fan-texnika taraqqiyoti va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar batafsil yoritilgan.
-
Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари
А.Мадвалиев,Ушбу китоб икки қисмдан иборат: биринчи қисмидан муаллифнинг турли йилларда ёзган хамда ўзбек тили лексикаси ва терминологиясининг ривожланиши, ўзбек лексикографияси ва унинг тарихи, ўзлаштирма сўз ва терминлар, сўз ва терминларнинг турли тип луғатларда берилиши каби назарий ва амалий масалаларга бағишланган тадқиқотларидан намуналар, айрим лексикографик ишлар ҳақидаги фикр-мулоҳазалари, устозлари ҳақидаги хотира ва қутлов мақолалари ўрин олган.
-
Меҳнат ҳуқуқи
Й. Турсунов, М. Усмонова,Қўлланмада меҳнат ҳуқуқини ўрганиш, меҳнат қонунларини амалиётга тадбиқ этиш кўникмаларини ҳосил қилиш юзасидан услубий тавсия ҳамда йўл-йўриқлар берилган.
-
Онтогенез психологияси
Э.Ғозиев,Мазкур монография онтогенез психологияси муаммосига бағишланган бўлиб, унда психология фанида олиб борилган назарий-експриментал тадқиқот натижалари таҳлил қилинган ва умумлаштирилган. Монографияда ушбу йўналишнинг мақсади, вазифалфри, аҳамияти, принциплари, механизмлари, қонуниятлари, методологияси ва феноменологияси тўғрисида мукаммал мулоҳазалар билдирилган.
-
Pedagogika
R.Mavlonova, O.To'rayeva, K.Xoliqberdiyev,Istiqlol tufayli boshqa fanlar qatori pedagogika fani ravnaqida ham buyuk burilish va o'zgartirish sodir bo'ldi. Bu ish fanni milliy tarbiya asosiga qurish bilan bog'liqdir.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan laboratoriya mashg'ulotlari
M.E.Jumayev,Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika institutlarining "Boshlag'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'jallangan.
-
Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari
F.Ahmedov,Darslik madaniyat va san'at institutlari, kollejlari talabalariga, malaka oshirish kurslari tinglovchilariga hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan
-
Chizma geometriya
Sh.Abdurahmonov,Darslikni yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 5140900 - kasb ta’limi sohasi bakalavriat yo'nalishlari uchun tuzilgan «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» namunaviy dasturi asos qilib olindi. Darslik chizma geometriya fanini ta'limning evristik usulida tashkil etish sharoitlari uchun tayyorlangan bo‘lib, u o'quv rejalarida mazkur fanning ma’ruzalari uchun 36 soat va amaliy mashg'ulotlari uchun ham 36 soat hajmda vaqt ajratilgan qurilishga oid bo'lmagan ta’lim yo'nalishlari bakalavrlari uchun mo'ljallangan.