-
-
Ботаникадан ўқитувчилар учун қўллланма (ўсимликлар, бактериялар, замбуруғлар ва лишайниклар)
А.Ҳамидов, А.Тўхтаев,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Xalq pedagogikasi
M.J.Mutalipova,O'quv qo'llanmada xalq pedagogikasining nazariy asoslari, o'zbek xalqining milliy, ma'rifiy va madaniy meroslarining barkamol shaxsini tarbiyalashda tutgan o'rni, bo'lg'usi pedagog kadrlarni ta'lim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi manbalaridan o'z o'rnida samarali foydalanish yo'llari yoritilgan.
-
Ботаникадан ўқитувчилар учун қўллланма (ўсимликлар, бактериялар, замбуруғлар ва лишайниклар)
А.Ҳамидов, А.Тўхтаев,Ботаника ўқитувчиларига мўлжалланган мазкур қўлланмада ўсимликларнинг ички ва ташқи тузилиши, ўсимлик тўқималарига, илдизи, барги, меваси, озиқланиши, очиқ уруғлилар, ёпиқ уруғлилар ҳамда бир паллали ва икки паллали ўсимликлар синфи маҳаллий материаллар асосида баён этилган. Ушбу қўлланма ўқувчиларга ҳам ботаникадан назарий ва амалий билим олишларида ёрдам беради
-
Педагогикадан амалий машқлар
Засобина Г.А,Қўлланмада тўпланган ва системага солинган вазифалар ҳамда масалалардан педагогика билим юртларининг ўқувчилари педагогика дарсларида, педагогикадан амалий ва семинар машғулотлари.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
N.X.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova,Tavsiya qilinayotgan qo'llanma pedagogikaning asosiy vazifalari, Xalq ta'limi boshqaruv tizimi, tarbiya nazariyasi, ta'lim nazariyasining yangi ko'rinishlarni o'z ichiga olgan. Ta'limning individualizatsiyasi. o'rganilayotgan muammoga qiziqishni ortirish imkoniyati va o`zlashtirish sifatini ta'minlovchi vazifa turadi.
-
Oila psixologiyasi
D.Abdullaeva,Ushbu o'quv qo'llanma asosan "Oila psixologiyasi" fanini o'qitishda qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'zida mujassamlashtirgan. O'quv qo'llanmada ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini o'qitishning ta'lim texnologiyalari aks ettirilgan.
-
Psixodiagnostika va eksperemental psixologiya
Z.Nishanova, Z.Qurbonova,O'quv qo‘llanmada maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan. Diqqat, xotira, tafakkur, nutq, xayol va shaxs xususiyatlarini o'rganishga oid xorijiy testlar, metodikalar o‘zbek bolalariga moslashtirilgan holda berilgan. Psixologlar, o'qituvchilar hamda pedagogika-psixologiya ta'lim yo‘nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Ijtimoiy psixologiya
N.Ismoilova, D.Abdullayeva,Ushbu o'quv qo'llanmada shaxs va jamiyat munosabatlariga oid muammolarning boshqa adabiyotIarda yoritilmagan jihatIari kengroq yoritilgan. Har bir bo'lajak psixologiya va pedagogika yo'nalishidagi mutaxassis talabalar uchun bu kabi muammolarga doir bilimlarni chuqur egallash o'z mutaxassisligini chuqur egallashga xizmat qilibgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatIarida ham o'ziga xos zaruriyat kasb etadi.
-
Pedagogika
J. Hasanboyev, X.A. To‘raqulov, I.Sh. Alqarov,Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilimiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari,turlari, ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan poydalanish yo'Ilari,shakllari va vositalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, ta'lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma’lumotlar o'rin olgan
-
Umumiy pedagogika II kitob
Atayeva N., Salayeva M. , Hasanov S.,Mazkur o`quv qo`llanmaning II kitobi pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkuraning pedagogik-metodologik asoslari, ta`lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti asoslarini yoritishga bag`ishlangan. Har bir mavzu matnidan so`ng takrorlash va munozara yuritish uchun savollar, topshiriqlar, testlar, intellektual trening berilgan.
-
Huquqshunoslik
H.H.Mahmudov, R.T.Berdiyarov,Mazkur darslik noyuridik oliy o'quv yurtlaruda o'tiladigan "Huquqshunoslik" fanining namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda mavzu rejalari asosidagi ma’ruzalar, tayanch so'z va iboralar, nazorat savollari har bir mavzuni mustahkamlash uchun test savollari va fanni chuqurroq o'rganish uchun foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan.
-
Kreativ fikrlash
I.S.Xotamov, M.K.Olimov,Ushbu o'quv qo'llanmada ta'limning asosiy vazifalaridan biri, ya'ni talabarda jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalar va zamonga mos fikrlashni shakllantirishga oid mavzular yoritilgan. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'ladigan muhim ko'nikmadir.
-
Umumiy pedagogika (1-qism)
Abdullayeva B.S,Mazkur darslik pedagogika oliy ta'lim muassasalarida umumiy pedagogika fanini o'qitishda eng muhim manba sifatida umumiy pedagogikaning birinchi qismi hisoblanib, unda pedagogika nazariyasi hamda pedagogika tarixi modullari haqida so'z yuritilgan, Pedagogika nazariyasi modulida pedagogika fanining konseptuai asoslari, pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy kategoriyalari, ta'lim nazariyasi, ta'limning metod, prinsip va qonuniyatlari, tarbiyaning metod va vositalari, tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati yoritilgan bo'lsa, pedagogika tarixi modulida eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar ta'lim-tarbiyaning rivojlanish bosqichlari davrlar nuqtai nazaridan o'rganilgan, rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi tahtil etilgan.
-
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
O'.Tolipov,Ushbu o`quv qo`llanmada pedagogik jarayonni loyihalash, ta'lim hamda tarbiya texnologiyalarining mohiyati, o`ziga xos jixatlari, shaxsga yo`naltirilgan ta'lim turlari, interfaol metodlar va ularni ta'lim-tarbiya jarayonida qo`llash, ta'lim texnologiyalarining magistrlar o`quv faoliyatini faollashtirishdagi o`rni masalalari xususida so`z yuritilgan.
-
Социология
Р.А.Убайдуллаев, М.Б.Бекмуроодов,Қўлингиздаги ўқув қўлланма давлат ва жамият қурилиши, ижтимоий жараёнлар ва жамоаларнинг шаклланиши, тадрижий ўзгариши тенденцияларини илмий тадқиқ этиш йўллари, бу борада фаолият юритаётган дунёдаги мавжуд социологик мактаблар, улуғ мутафаккирларимизнинг социологик қарашлари ҳамда шу масалаларнинг бугунги ҳолати ва ривожланиш хусусиятлари ҳақидаги билимларни ўзида ифодалаган.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
R.Mavlonova, N.Voxidova,Mazkur darslik mustaqillik mafkurasi g'oyalari asosida bayon etilgan. Darslik pedagogika universitetining. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Umumiy pedagogika I
N.S.Atayeva, F.Rasulova, M.Salayeva,Ushbu o'quv qo'llanmada pedagogika tarixi fanining umumiy asoslari, predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari va manbalari, bos hqa fanlar bilan aloqadorligi, sh uningdek, qadimgi Yunoniston, Rim, Xitoy, Hindiston, Turon, Movarounnahr, Turkiston va mustaqillik yillarida O'zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixi hamda jahonda rivojlangan mamlakatlar ta’lim-tarbiya tizimi bilan bog'liq pedagogik bilim asoslari batafsil yoritilgan.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism
S.O'.Sharfzoda, E.M.Xudarynazarov,Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 5110900 - ‘'Pedagogika va psixologiya" ta'lim yo`nalishi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani bo`yicha bo`lajak pedagoglar uchun mo`ljallangan bo`lib, ikki qismdan iborat qilib tayyorlandi. Mazkur “Pedagogika nazariyasi va tarixi” (I-qism) o`z ichiga pedagogikaning - pedagogika nazariyasi kursini qamrab olgan. Darslik pedagogika sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishi DTS, o`quv reja va o`quv dasturlari asosida tayyorlangan.
-
Yangi pedagogik texnologiyalar
N.Saidahmedov,Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika OTMning talabalari, uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ilmiy xodimlar, aspirantlar, tadqiqotchilar hamda pedagogik mahorat asoslari bilan qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. Mazkur o`quv qo`llanma bo`lajak o`qituvchilar sifatida talabalar tomonidan "Pedagogik mahorat" fani asoslarining puxta o`zlashtirilishida muhim amaliy manba bo`la oladi.
-
Umumiy psixologiya
P.I.Ivanov, M.E.Zufarova,Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, tuzilishi, tamoyillari, psixik rivojlanish qonuniyatlari, psixik jarayon va individual xususiyatlar, ularning asab tizimi, har bir psixik hayot sohasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Darslik oliy o‘quv yurti talabalari va shu sohaga qiziqishi bo‘lgan barcha kitobxonlarga moljallangan.
-
O'zbek tili o'qitish metodikasi
B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova,O'zbek tili o'qitish metodikasi uchun bakalavriat yo'nalishi bo'yicha yaratilgan mazkur o'quv qo'llanmasida "kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" , "Ona tili ta'limi konsepsiyasi","ona tilidan davlat ta'lim standarti" talablariga muvofiq talablar va o'quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish.