-
-
-
-
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Z.T.Nishaova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva,Ta'lim, -
Maktabgacha ta'limda badiiy matn bilan ishlash metodikasi
Q.Husanbayeva, M.Hazratqulov, G.Berdialiyeva,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
-
Texnologiya ta’limi praktikumi
Anarkulova G.M., Abduqodirov G’. , To’Iqinova X. , Luxmanov D.,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
Mashinasozlik chizmachiligi
Yodgorov J. Y.,Mazkur darslik "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" bakalavr ta'lim yo'nalishi o'quv dasturi asosida yozilgan bo' lib, chizmada dopusk va o'tqazishlar hamda detal sirti g'adir-budurligini belgilash; vint chiziq va vint sirtlar, ularni hosil qilish; rezba va mahkamlash detallari, birikmalar, ularning turlari va chizmasi; prujinalar, ularning turlari va chizmasi; uzatmalar, ularnlng turlari va chizmalarini bajarish; sxemalar, ularning turlari va chizmada tasvirlash; yig'ish chizmalarini bajarish, yig'ish chizmalarini detallarga ajratish mavzularini qamrab olgan.
-
Algebra va matematik analiz asoslari II
Abduhamidov A U, Nasimov H A, Husanov J H,O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan akademik litseylar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan va undan kasb hunar kollejlari o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Matematika o'qitish metodikasi
Alixonov S.,Ushbu darslik universitet va pedagogika universitetlarining matematika fakulteti talabalari uchun «Matematika o'qitish metodikasi» fanining dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda asosan umumiy metodikaga doir bo'lgan matematika o'qitish metodikasining maqsadi, mazmuni, formasi, metod va vositalari orasidagi munosabatlar pedagogik, psixologik va didaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan.
-
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Z.T.Nishaova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva,Darslikda rivojlanish va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo‘limlari, ta’lim, tarbiya va o'qituvchi psixologiyasi haqida so‘z yuritiladi. Unda chaqaloqlik davridan qarilik davrigacha shaxsning psixologik rivojlanish xususiyatlari aks ettirilgan. Ta’lim psixologiyasiga bag‘ishlangan bobda o‘quv faoliyatining psixologik mohiyati, bilimlarni o‘zlashtirishning psixologik komponentlari, ta’limning noan’anaviy usullari, mustaqil tafakkurni rivojlantirish, ta’lim jarayonini boshqarish haqida bayon etiladi.
-
Maktabgacha ta'limda badiiy matn bilan ishlash metodikasi
Q.Husanbayeva, M.Hazratqulov, G.Berdialiyeva,Mazkur Maktabgacha ta'limda badiiy matn bilan ishlash metodikasi nomli darslik oliy o'quv yurtlaridagi maktabgacha ta'lim fakultetlarining amaldagi o'quv rejasi asosida tuzilgan dastur mazmuniga muvofiq yaratilgan.
-
O'zbekiston tarixi
Q.Usmonov, M.Sodiqov, S. Burxonova,Darslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha o'tgan bir necha ming yillik tarixi oliy o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan «O‘zbekiston tarixi» o‘quv dasturi talablari doirasida yoritilgan. Mazkur darslik oliy o ‘quv yurtlarining barcha bakalavr yo'nalishlarida tahsil olayotgan (tarix yo‘nalishidan tashqari) talabalar uchun «Tarixiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha Respublika ekspert guruhi»ning 14.11.2006-yildagi 1451/1-2-538-sonli xulosasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Ўзбекистон тарихи (IV асрдан XVI аср бошларигача)
Муҳаммаджонов А.Р.,Ушбу дарслик Ватанимиз ва ўзбек халқининг ўрта асрларда бошидан кечирган ғоятда мураккаб ва машаққатли ҳаёт тарихига бағишланган. Унда меҳнатсевар халқимизнинг бунёдкорлик ишлари,юксак маданияти ҳамда она-Ватаннинг тинчлиги,осойишталиги ва мустақиллиги йўлида олиб борган фидокорона фаолияти тарихи даврма-давр ёритилган.
-
Ўзбек болалар адабиёти
М.Жумабоев,Дарсликда болалар китобхонлиги ва фольклори хамда ўзбек болалар адабиётининг шу давргача босиб ўтган тарихий йули, шунингдек, бир қатор болалар ёзувчиларининг хаёт ва ижодлари ўз ифодасини топган.
-
Maktabgacha pedagogika
Sh.Sodiqova,Mazkur darslik “Maktabgacha pedagogika” o‘quv fan dasturi asosida yozilgan bo‘lib, Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va uslubikasiga doir masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Shuningdek, darslikdan maktabgacha ta’lim muassasasi menejmenti, mudira va uslubchi faoliyati, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab va oila hamkorligi masalalariga ham to‘xtalgan.
-
Гармония
Сами Азиз ўғли,Мазкур дарслик умумий гармониянинг бошланғич қисми мавзуларини ўз ичига олади.Дарсликда наўарий мавзулар амалий машғулотлар билан бирга қўшиб баён қилинган бўлиб,улар талабалар ўрганиши лозим бўлган назарий мавзуларни фортепьянода чалиш учун берилган гармоник чизма ва секвенцияларни гармониялашга мўлжалланган куй ва гармоник таҳлил машқларидан иборатдир.
-
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
D.Yo.Yormatova, X.S.Xushvaqtova,Mazkur darslikda Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi, ekologik omillar, ekologik tizimlar, ekotizimlar, biosfera haqida ma'lumot va boshqa mavzular tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq kiritilgan.
-
Umumiy pedagogika
Mavlanova R.A., Rahmonqulova R.H.,Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta'lim yo'nalishlariga mo'ljallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni, chunonchi, tamoyil, shakl, metod va vositalari, ijtimoiy tarbiya turlari, ularning o`ziga xos jihatlari, samarali tashkil etish omillari, O`zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika maktabshunoslik xususida so`z yuritiladi.
-
Ish yuritish
N.Mahmudov, A.Rafiyrv, I.Yo'ldoshev,O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni o'zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta'minladi va uning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
-
Texnologiya ta’limi praktikumi
Anarkulova G.M., Abduqodirov G’. , To’Iqinova X. , Luxmanov D.,Mazkur darslik pedagogika oliygohlari "Mrhnat ta'limi" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, uni tayyorlashda xorijiy adabiyotlar mazmunidan foydalaniladi.
-
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
Z. T. Rajamuradov,Mazkur darslikda bolalar tug'ilganidan balog'at yoshiga yetguniga qadar bo`lgan davrlarda organizmda kuzatiladigan fiziologik. morfologik. immuologik va ayrim biokimyoviy jaravonlarni geteroxronik tarzda kechish mexanizmlari tushuntirib berilgan. Bundan tashqari. bolalarning jadal o'sish va rivojlanish davrlarida ular organizmining mo'tadil rivojlanishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni ta'minlashda har bir ota-ona, tarbiyachi va pedagog kadrlardan talab qilinadigan sanitariya va gigiyena qoidalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi
D.Sharipova,Darslik oldingi yaratilgan o'quv adabiyotlaridan mazmun mohiyatidan tubdan farq qiladi.Darslikda pedagogika, shuningdek, o'rta maxsus kasb ta'lim muassasalarining pedagog-xodimlari, talabalar hamda ilmiy izlanuvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi
D.Babayeva,Mazkur darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari va akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'qituvchilar, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarining uslubchilari va tarbiyachilariga mo'ljallangan.
-
Nutq madaniyati
L.Raupova,Mazkur darslik magistratura mutaxassisliklari uchun “Nutq madaniyati” fani bo'yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturi (2015-yil) asosida yaratildi.
-
Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash
N.A.Muslimov,Mazkur darslikda metallga, yog'ochga va gazlamaga ishiov berish texnologiyalari, pazandachilik va qishloq xo'jaligi asoslari yo'nalishlari bo'yicha o'qitish uchun pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirish bilan birga tanlagan ixtisosliklari bo'yicha ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo‘llari bayon qilingan.
-
Yosh fizologiyasi va gigiyenasi
Q. Sodiqov, S. H. Aripova, G. A. Shahmurova,Darslikda organizmning ulg'ayishidagi o'zgarishlar, bolalar va o'smirlarning o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, barcha tizimlarning o'ziga xos yosh xususiyatlari, organizmni o'rab turgan atrof muhitni sog‘lomlashtirish yo'llariga oid malumotlar berilgan.Darslik oliy o‘quv yurtlari barcha bakalavr yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan.