-
Yosh fizologiyasi va gigiyenasi
Q. Sodiqov, S. H. Aripova, G. A. Shahmurova,Darslikda organizmning ulg'ayishidagi o'zgarishlar, bolalar va o'smirlarning o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, barcha tizimlarning o'ziga xos yosh xususiyatlari, organizmni o'rab turgan atrof muhitni sog‘lomlashtirish yo'llariga oid malumotlar berilgan.Darslik oliy o‘quv yurtlari barcha bakalavr yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Фалсафа
Туленов Ж, Ғафуров З,Мазкур дарсликда фалсафа фанининг моҳияти ва ўзига хос хусусиятлари, унинг тараққиётига Марказий Осиё халқларининг қўшган ҳиссалари, фалсафанинг назарий асослари, қонун ва категориялари, билиш назарияси, уларнинг табиат ва жамиятни фалсафий англашдаги аҳамияти, жамият ва шахс ўртасидаги муносабатлар, маданият, қадриятлар, урф-одат ва анъаналар, уларнинг инсоннинг маънавий камол топишидаги ўрни, истиқлол ва унинг фалсафий жиҳатлари, жамиятни илмий билиш ва илмий бошқариш каби долзарб муаммолар ёритилган.
-
Materiallar qarshiligi
N.S.Bibutov, A.X.Hojiyev,Materiallar qarshiligi konstruksiyaelementlarini mustahkamlikka, birlikka va ustuvorlikka muhandischa hisoblash asoslarini tashkil etuvchi fandir.
-
Диншунослик
Йўлдошхўжаев Ҳ., Рахимжонов Д.,Бу қўлланма асл манбалар асосида тузилган бўлиб, бутунлай янгича услуб ва мазмуни билан илгари ёзилган маъруза матнларидан ажралиб туради. Шунга кўра мазкур қўлланма асосида назарий ва амалий машғулотлар ўтишдан аввал тавсия этилган манба ва адабиётлар билан имкон қадар кенгроқ танишиб чиқиш мақсадга мувофиқдир.
-
Ona tili
M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova,Mazkur darslik Nizomiy nomidagi TDPU professorlari D.A.Muhamedova va D.X.Shodmonqulovalar tomonidan tuzilgan “Ona tili” dasturi asosida yozildi. Bu darslik oliy o'quv yurtlarining boshlang'ich ta’lim metodikasi, defektologiya, pedagogika-psixologiya, maktabgacha ta’limi kabi nofilologik (ya’ni o‘zbek tilini chuqur o'rganishga ixtisoslashmagan) fakultetlar talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, umumiy tilshunoslikdan hamda ona tili fanining barcha bo'limlari bo'yicha shu mutaxassisliklar fan dasturlari hajmida ma’lumot beradi.
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
N.A.Shermuxammedova,Darslik majmuasidan barcha oliy о`quv yurtlarida magistratura mutaxassislari va umuman ilmiy tadqiqot va ijod muammolari bilan shug`ullanuvchi stajor tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, professor о`qituvchilarga mo'Ijallangan.
-
Bolalar adabiyoti va folklor
M.Jumaboyev,Darslikda o`zbek va bolalar adabiyotining ko`zga ko`ringan yozuvchilari saralab olingan. Qalamkashlar va ularning haqidagi materiallar ham juda ixcham va tushunarli berilgan.
-
Psixologiya
B.M.Umarov,Ushbu darslikda inson hayoti va faoliyatida psixologik bilimlarning o'rni, pedagogik faoliyat psixologiyasi, pedagog shaxsi psixologiyasi, interfaol ta'lim metodlarining psixologik asoslari, oliy ta'lim psixologiyasi, pedagogik baholash psixologiyasi, pedagogik jamoalarni boshqarish psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, ta'limlarining psixodiagnostik asosi, ijtimoiy jarayonlari oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi kabl dolzarb mavzular o'rin olgan
-
Ўзбек ва чет эл болалар адабиёти
М.Жумабоев,Хар томонлама баркамол янги авлодни вояга етказиш давлатимизнинг бугунги кундаги энг муҳим вазифаларидан биридир. Бу борада бадиий адабиёт, айниқса, болалар адабиёти катта роль уйнайди. М. Жумабоевнинг мазкур дарслиги “Кириш”, “Халқ, оғзаки ижоди ва болалар китобхонлиги”, “Узбек болалар адабиёти”, “Чет эл болалар адабиёти” деб номланувчи булимлардан иборат.
-
Ona tili didaktikasi
Roziqov O.R., M.Mahmudov, B.Adizov,Ushbu darslikda ona tili didaktikasining tamoyillari xususida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, ona tili ta 'limi metodlari, ona tili ta ’limining o'ziga xos xususiyatlari, lingvistik mashq va ularning tiplari, ona tilidan dars tiplari, ta 'lim texnologiyasi, ta 'limni optimallashtirish, shuningdek, ona tilini ta ’lim etaloni vositasida loyihalash kabi masalalari о ‘z ifodasini topgan. Mazkur darslik talabalar, magistrant, aspirant va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Умумий ва тиббий психология
Файзиев Я.М., Эшбоев Э.Ҳ.,Ушбу мавзуда биринчи марта яратилган дарсликда умумий ва тиббий психологияга оид маълумотлар умумлаштирилган. Унда шунингдек, мазкур фаннинг вазифалари, амалий аҳамияти, руҳий жараёнлар, тиббий ходимларнинг руҳий хасталикларга чалинган беморларга муносабати, этика ва деонтология масалаларига муносиб ўрин ажратилган.
-
Tilshunlikka kirish
Z.Xolmatova,Mazkur"Tilshunlikka kirish" darsligi respublikamiz oliy o`quv yurtlari xororijiy filologiya fakultetlari 1-kurs talabalari uchun mo`ljallangan. U amaldagi o`quv dasturi asosida yozilgan. Darslik tilshunoslik fanining mavzusi, fonetika va fonologiya, leksika, leksikologiya va grammatika, jahon tillarining geneologik va morfologik tasnifi kabi mavzularni qamrab olgan.
-
Ona tili o'qitish metodikasi
K.Qosimova, S.Matchanov, X.G'ulomova,Mazkur darslikda boshlang'ich sinf ona tili o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, bo‘limlari: savod o'rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikasi, fonetika, gragika, grammatika, so‘z yasalishi, imlo o'qitish metodikasi; va o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish metodikasi ta ’lim oldiga qo'yilgan zamonaviy talablar asosida bayon qilingan.
-
O'zbek xalq og'zaki ijodi
O.Safarov,Darslikda o'zbek folklorshunosligining XX asrdagi ilmiy yutuqlari milliy g'oya konsepsiyasiga muvofiqlashtirilgan holda bo'lajak filologlarga tushunarli qilib, sodda va ravon usulda bayon etildi.
-
Kasb psixologiyasi
F.R.Abduraxmonov, Z.E.Abduraxmonova,Ushbu darslik kasb psixologiyasining namunaviy dasturi bo'yicha olib boriladigan darslar uchun mo'ljallangan.
-
Adabiyot nazariyasi
I.Sulton,Atoqli adabiyotshunos olim, akademik Izzat Sulton-o'zbek tilidagi birinchi "Adabiyot nazariyasi" darsligining muallifi. 1939-yilda nashr etilgan mazkur darslik uzoq yillar mobaynida nafaqat O'zbekistonda balki O'rta Osiyodagi boshqa respublikalarda ham fanning shu sohasi bo'yicha birdan-bir o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat etadi.
-
Oila pedagogikasi
Hasanboyeva O.,Oila pedagogikasi darsligida oilaning bola tarbiyasidagi muhim o`rni, maqsad vazifalariga, e`tibor qaratilgan bo`lib, u o`z ichiga zamonaviy oila, uning o`ziga xos xususiyatlari, madaniy saviyasi, oilada bola tarbiyasidagi muammolar, ularning yechimi shakl va tamoyillarini olgan.
-
Umumiy psixologiya
N.A.Mirashirova, D.R.Sarimsakov,Mazkur uslubiy metodik qo'llanmada “Umumiy psixologiya’ fanining predmeti, metodlan, tamoyillari, shaxsning faoliyati, muloqoti, psixik jarayonlari, hissiy irodaviy sohasi va individual psixologik hususiyatlari haqida tushunchalar qisqacha yontilgan va shu bilan birgalikda mavzular bo'yicha tuzilgan nazorat topshiriqlaridan tashkil topgan bo‘lib, ulardan talabalar bilimini nazorat qilish, ulaming mustaqil ta’lirmni tashkil etishda foydalanish mumkin
-
Mehnat va uni o`qitish metodikasi
X.Sanaqulov, D.Xodiyeva, M.Satbayeva,Mazkur darslik pedagogika oliy o`quv yurtlarining 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavr ta’lim yo`nalishi talabalari uchun yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning o`quv va ishchi fan dasturidagi ma’ruza va amaliy mashg’ulot mavzular mazmuni ta’lim texnologiyasi asosida tayyorlangan.
-
Estetika
U.Doschanova,Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada ijtimoiy fanlarning eng navqironi estetika fani misolida ta'lim tarbiya jarayonini innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borishning namunaviy tajriba sinov loyihasi keltirilgan. O'quv-uslubiy qo'llanma barcha oliy hamda oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.