-
Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi
D.R.Babayeva,Mazkur darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlari va akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarining uslubchilari va tarbiyachilariga mo‘Ijallangan.
-
Pedagogika
J.Hasanboyev,Mazkur darslik pedagogik nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta`limning maqsadi vazifalari, mazmuni qonuniyatlari tamoyillari turlari haqida ma`lumotlar o`rin olgan.
-
Umumiy pedagogika
R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova,Darslikdan pedagogika, shuningdek, muayyan mavzulami o ‘rganishda nopedagogik yo‘naIishda faoliyat olib borayotgan oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari, talabalar hamda ilmiy izlanuvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Pedagogika
M.X.Toxtaxodjayeva,Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta'lim yo‘nalishlariga mo‘Ijallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni (chunonchi, tamoyil, shakl, metod va vositalari, ijtimoiy tarbiya turlari, ularning о‘ziga xos jihatlari, samarali tashkil etish omillari, О‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimi, ta'lim muassasasi menejmenti, shuningdek, korreksion (maxsus) pedagogikaning mohiyatlari) xususida so‘z yuritiladi.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi II-qism
Sharifzoda S. O`., Xudoynazarov E. M.,Mazkur darslik "Pedagogika nazariyasi va tarixi" (II-qism) o`z ichiga pedagogikaning - pedagogika nazariyasi kursini qamrab olgan. Darslikda pedagogika tarixi fani haqida, VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O`rta Osiyoda tarbiya, maktab, 1917-1945 yillarda hamda 1945-1990 yillarda O`zbekistonda ta'lim tizimi, Mustaqil O`zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi haqida batafsil yoritilgan.
-
Umumiy psixologiya
F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova,Umumiy psixologiya darsligi inson shaxsidagi psixologik xolatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi dastlabki bilimlar majmuasini berishga qaratilgan. Darslik psixologiyaga kirish, muloqot, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari shaxsning hissiy-irodaviy motivatsion sohasi, shaxsning individualpsixologik xususiyatlari nomli bo’limlardan iborat.
-
Umumiy psixologiya
Ivanov P.I., Zufarova M.E.,Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, bilish jarayonlari, hissiyot va iroda, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, ularning nerv-fiziologik mexanizmlari va psixik rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Darslik Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi va talabalariga mo'ljallangan.
-
Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari
D.A.Mamatkulov,Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari darsligi O‘zbekiston Davlat Standartlari tomonidan 2016.25.08-yil BR-51118002.05, Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2016.25.08 dagi 355-sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fan dasturi asosida tayyorlandi. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari darsligi bola tanasining umumiy tuzilishi, hujayra, to‘qima va a’zolarning funksiyalarini yoshga bog‘liq holda o‘rganadi. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar organizmining o‘ziga xos anatomik xususiyatlari, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari, organizmga tashqi muhitning ta’siri va organizmning bir butunligiga ta’siri to‘g‘risida chuqur bilim berilishi mo`ljallangan.
-
Falsafa
Ahmedova M. A.,Darsliktla falsafa asoslari yangi metoclologik yondashuvlar hisobga olingan hoida tizimli bayon etilgan. Darslik mazmuni dunyoda ko'p-chilik toinonidan tan olingan falsafiy bilim strukturasiga mos keladi. Unda falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi, shuningdek, G'arb va Sharq falsafasiga keng o'rin berilgan. Darslikda falsafadagi metodologiya va metod, ontologiya, gnoseologiya, fan falsafasi, tex-nika falsafasi, falsafiy antropologiya, ijtimoiy falsafa, din falsafasi, aksiologiya, tarix falsafasi, global muammolar falsafasi kabi masalalar o'z o'rnini topgan.
-
Pedagogika
J. Hasanboyev, X.A. To‘raqulov, I.Sh. Alqarov,Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilimiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari,turlari, ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan poydalanish yo'Ilari,shakllari va vositalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, ta'lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma’lumotlar o'rin olgan
-
Huquqshunoslik
H.H.Mahmudov, R.T.Berdiyarov,Mazkur darslik noyuridik oliy o'quv yurtlaruda o'tiladigan "Huquqshunoslik" fanining namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda mavzu rejalari asosidagi ma’ruzalar, tayanch so'z va iboralar, nazorat savollari har bir mavzuni mustahkamlash uchun test savollari va fanni chuqurroq o'rganish uchun foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan.
-
Umumiy pedagogika (1-qism)
Abdullayeva B.S,Mazkur darslik pedagogika oliy ta'lim muassasalarida umumiy pedagogika fanini o'qitishda eng muhim manba sifatida umumiy pedagogikaning birinchi qismi hisoblanib, unda pedagogika nazariyasi hamda pedagogika tarixi modullari haqida so'z yuritilgan, Pedagogika nazariyasi modulida pedagogika fanining konseptuai asoslari, pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy kategoriyalari, ta'lim nazariyasi, ta'limning metod, prinsip va qonuniyatlari, tarbiyaning metod va vositalari, tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati yoritilgan bo'lsa, pedagogika tarixi modulida eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar ta'lim-tarbiyaning rivojlanish bosqichlari davrlar nuqtai nazaridan o'rganilgan, rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi tahtil etilgan.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
R.Mavlonova, N.Voxidova,Mazkur darslik mustaqillik mafkurasi g'oyalari asosida bayon etilgan. Darslik pedagogika universitetining. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Umumiy pedagogika I
N.S.Atayeva, F.Rasulova, M.Salayeva,Ushbu o'quv qo'llanmada pedagogika tarixi fanining umumiy asoslari, predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari va manbalari, bos hqa fanlar bilan aloqadorligi, sh uningdek, qadimgi Yunoniston, Rim, Xitoy, Hindiston, Turon, Movarounnahr, Turkiston va mustaqillik yillarida O'zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixi hamda jahonda rivojlangan mamlakatlar ta’lim-tarbiya tizimi bilan bog'liq pedagogik bilim asoslari batafsil yoritilgan.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism
S.O'.Sharfzoda, E.M.Xudarynazarov,Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 5110900 - ‘'Pedagogika va psixologiya" ta'lim yo`nalishi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani bo`yicha bo`lajak pedagoglar uchun mo`ljallangan bo`lib, ikki qismdan iborat qilib tayyorlandi. Mazkur “Pedagogika nazariyasi va tarixi” (I-qism) o`z ichiga pedagogikaning - pedagogika nazariyasi kursini qamrab olgan. Darslik pedagogika sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishi DTS, o`quv reja va o`quv dasturlari asosida tayyorlangan.
-
Umumiy psixologiya
P.I.Ivanov, M.E.Zufarova,Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, tuzilishi, tamoyillari, psixik rivojlanish qonuniyatlari, psixik jarayon va individual xususiyatlar, ularning asab tizimi, har bir psixik hayot sohasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Darslik oliy o‘quv yurti talabalari va shu sohaga qiziqishi bo‘lgan barcha kitobxonlarga moljallangan.
-
PEDAGOGIKA TARIXI 2-qism
K.Hashimov, S.Nishonova,O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng asosiy e'tibor qadriyatlarga, an'analarga qaratilib, ta'lim-tarbiya masalasiga alohida e'tibor berila boshlandi. Bu o'zbek pedagogika tarixining yangi-yangi sahifalarining ochilishiga sabab bo'ldi. Mazkur "Pedagogika tarixi" kitobi mustaqillik g'oyasi mafkurasi, ma'naviyati va tarbiyasi talablaridan kelib chiqib yozilgan ilk darslik bo'lib pedagogika tarixi kursini o'rganuvchi studentlar, soha mutaxassislariga mo'ljallangan
-
O`zbekiston Respublikasining Ekologiya huquqi
A.Nig'matov,Ushbu o`quv adabiyoti oliy o`quv yurtlari uchun chop etilgan Ekologiya huquqiga doir o`quv qo`llanma va darsliklardan farqli ravishda lug`at, test savollari, manbalar ro`yxati, adabiyotlar, qaytarish savollari, mustaqil ta`lim mavzulari, rasmlar bilan boyitilgan, ya`ni ta`limning zamonaviy usullari qo`llanilgan.
-
Oliy maktab pedagogikasi
M.Ochilov, N.Ochilova,Darslik O‘zbekistonda Oliy ta’limni isloh qilish sohasidagi tajribalarga tayanib, milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlar asosida yaratildi. Kitob magistratura ta’limining pedagogik mutaxassislik talabalari uchun darslik sifatida tayyorlangan, ayni paytda undan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi amaliyotchi pedagoglari, pedagogika institutlari, pedagogik kollejlar, pedagogik xodimlar malakasini oshirish tizimida ham, shuningdek, oliy ta’lim pedagogikasi masalalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
Умумий психология
Э.Ғозиев,Мазкур дарслик умумий психология фанига бағишланган бўлиб,психологияга кириш,шахс ва унинг индивидуал-типология хусусиятлари тўғрисидаги материалларни ўзида мужассамлаштирган. Дарслик психолог мутахассисларни назарий ва амалий маълумотлар билан қуроллантириш.