-
-
-
-
-
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari
S.T.Turg'unov, L.A.Maqsudova,Ta'lim,
-
O`zbekiston madaniyati
U.Qoraboyev,O`quv qo`llanmada o`zbek madaniyatining nazariy asoslari, tarixi va Mustaqillik davridagi yutuqlari o`z ifodasini topgan. Unda madaniyat tushunchasi va uning mohiyati, turlari, funksiyalari, ma`naviy meros, sivilizatsiya masalalari, tariximizning turli davrlarida yaratilgan madaniy boyliklar va ulaming o`ziga xos xususiyatlari, tajribalari yangicha yondashuvlar asosida yoritilgan. Ayniqsa. Mustaqillik davri madaniyatiga, jumladan , madaniy islohotlar, milliy g`oya, a n `anaviy madaniyatning tiklanishi, o `zbekiston badiiy madaniyati yutuqlari, madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyatiga alohida e `tibor berilgan.
-
Ekologiya
Z.Abdalova,Mazkur o‘quv qo'llanmada Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi, ekologik omillar, ekologik tizimlar, populyatsiyalar ekologiyasi, biosfera haqida ma’lumot, sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof-muhitni tozalash usullari, atrof-muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq kiritilgan. Hozirgi zamon ekologiyasining atmosferani, tabiatni oqar suvni, tuproqni zaharli gazlar va chiqindilardan muhofaza qilish yoritilgan. O‘zbekistondagi ekologik holat bugungi kun ma’lumotlari bilan bog‘lab berilgan. O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining iqtisod, moliya, gumanitar, ekologiya va shu soha bo‘yicha ta’lim olayotgan boshqa yo‘nalish talabalari va atrof-muhit himoyasiga qiziqqan barcha mutaxassislarga mo‘ljallab yozilgan. Shuningdek, undan ekologiya fani o‘qitiladigan kollej talabalari, magistrlar, ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Zoologiya va zootoksinologiya asoslari
R.A.Eshchanov, X.U.Bekchanov,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekistonda, shuningdek, yer yuzining ayrim mintaqalarida tarqalgan zaharli hayvonlarning tabiatdagi va inson hayotidagi tutgan o'rni, ularning morfologiyasi, biologiyasi,ekologiyasi, tarqalishi,zaharning kimyoviy tarkibi va ta'sir mexanizimi, zaharlanganda birinchi yordam ko'rstish to'g'risida ayrim ma'lumotlar berilgan.
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Buriyev.S.S, Mahkamova.D.A,Mazkur o'quv qo'llanmada tabiat, jamiyat va inson, o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning tadrijiy rivojlanishi, ekologiya fanining tushunchasi, predmeti va vazifalari, O'zbekistondagi ekologik vaziyat, organizm va muhit, ekotizmlar va ularning xususiyatlari, biosfera, biologik xilma-xillik ijtimoiy ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atmosfera,suv va tuproq resurslarinimuhofaza qilish, ekologik xavfsizlik ta'minlashning tashkiliy-huquqiy va texnik asoslari, ekologiya va xalqaro hamkorlik, ta'lim-tarbiya va barqaror rivojlanishga oid masalalar yoritib berilgan.
-
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari
S.T.Turg'unov, L.A.Maqsudova,Mazkur qo'llanmada uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar, pedagogik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar, ta'lim jarayonlari samaradorligi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning funksiya va metodlari, shuningdek. ta'lim muassasasi oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda rahbarlar va professor-o'qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, pedagogik jarayon sub'yektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ulaming refleksiv faoliyatini tashkil etish asosida ta'lim samaradorligini oshirish yo'nalishidagi vazifalar yoritilgan.