-
Олий таълим муассасаларини халқаро аккредитациядан ўтказиш тартиби
Ш. Якубов, М. Хуррамов, -
Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug' , hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich, -
Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади
Миризиёев Шавкат Миромонович, -
Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз
Миризиёев Шавкат Миромонович, -
Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиянимизга берилган энг олий баҳодир
Миризиёев Шавкат Миромонович, -
-
-
-
-
Kurash turlari va uni o'qitish metotikasi (Kurash)
O.E.Xudayberganov, R.M.Masharipov, -
-
Gimnastika va uni o'qitish metodikasi
O'.L.Matnazarov, O.E.Xudayberganov, S.J.Muratov, -
Sport va harakatli o`yinlarni o`qitish metodikasi (Voleybol)
N.Sh.Safarboyev, M.Sh.Saparboyev, -
-
-
-
Олий таълим муассасаларини халқаро аккредитациядан ўтказиш тартиби
Ш. Якубов, М. Хуррамов,Мазкур методик қўлланма Олий таълимни ривожлантириш тад қиқот лари ва илғор технологияларни татбиқ этиш маркази томонидан олий таълим муассаса- ларига халқаро аккредитациядан ўтиш борасида методик ёрдам бериш мақсадида тайёрланди. Қўлланма халқаро аккредитация ва унинг турлари, таълим дастурла рини ак- кредитациялашнинг тартиб-таомиллари, институционал аккредитациядан ўтиш жараёнлари, халқаро аккредитация ташкилотлари нинг баҳолаш мезонлари ҳамда аккредитация комиссиясининг якуний қарорлари борасидаги масалаларга бағи- шланган. Ушбу методик қўлланма олий таълим муассасалари бошқарув хо димла ри ҳамда профессор-ўқитувчилари учун мўлжалланган.
-
Олий таълим муассасаларида таълим сифатини баҳолаш
Хуррамов М,Ушбу қўлланмада таълим сифатини таъминлаш бўйича халқаро стандарт ва кўрсатмалар, олий таълим муассасаларида таълим сифати ҳолатини ўрганиш бўйича ўтказилган онлайн сўровнома натижалари, профессор-ўқитувчиларнинг таълим сифатини ошириш борасидаги таклиф ва тавсиялари ҳамда олий таълим муассасаларининг таълим сифатини ошириш борасидаги илғор тажрибалари ўрин олган. Қўлланма олий таълим муассасалари профессор-ўқитувчилари ва ходимлари учун мўлжалланган.
-
ОЛИЙ ТАЪЛИМНИ КРЕДИТ-МОДУЛЬ АСОСИДА ТАШКИЛ ЭТИШ МЕТОДИКАСИ
Эсанов М,Ушбу методик қўлланма кредит-модуль асосида таълим жараёнини ташкил қилиш, талабалар таълим траекториясини шакллантириш ва ўқув режа ҳамда модулларни ишлаб чиқишда кафедра мудирлари, деканлар, профессор-ўқитувчилар ва талабаларга мўлжалланган
-
Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug' , hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining 3 - jildi uch bo'limdan iborat . Uchinchi bo'limidan esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari , tarixiy sanalar , turli xalqaro anjumanlar , tadbir va marosimlar munosabati bilan yo'llangan tabriklar o'rin olgan .
-
Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади
Миризиёев Шавкат Миромонович,Мазкур китобнинг учинчи бўлимида юртимизда кенг нишонланиб келаётган умумхалқ байрамлари, тарихий саналар, турли халқаро анжуманлар, тадбир ва маросимлар муносабати билан йўлланган табриклар ўрин олган.
-
Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз
Миризиёев Шавкат Миромонович,Мазкур китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2016 йил 1 ноябрдан 24 ноябрга қадар Қорақалпоғистон Республикаси вилоятлар ва Тошкент шаҳри сайловчилари вакиллари билан ўтказган сайловолди учрашувларида сўзлаган нутқлари ўрин олган
-
Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиянимизга берилган энг олий баҳодир
Миризиёев Шавкат Миромонович,Ўзбекистон Республикаси Президента Шавкат Мирзиёев асарларининг 2-жилди уч бўлимдан иборат бўлиб, унинг биринчи бўлимига мамлакатимиз сиёсий-ижтимоий ҳаётидаги энг муҳим воқеалар муносабати билан сўзланган нутқ ва маърузалар ҳамда давлатимиз раҳбарининг БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи киритилган. Китобнинг иккинчи бўлимидан хорижий давлатлар нкфузли халқаро ташкилотлар раҳбарлари билан учрашувлардаги нутқ ва маърузалар, ўрин олган.
-
Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkar Mirziyoyev asarlarining 4-jildi to'rt bo'limdan iborat bo'lib, uning birinchi bo'limiga mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so'zlangan nutq va ma'ruzalari kiritilgan.
-
Миллий тикланишдан - миллий юксалиш сари
Миризиёев Шавкат Миромонович,Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев асарларининг 4-жилди тўрт бўлимдан иборат бўлиб, унинг биринчи бўлимига мамлакатимиз сиёсий-ижтимоий ҳаётидаги енг муҳим воқеалар муносабати билан сўзланган нутқ ва маърузалар киритилган.
-
Mening Prezidentim
Rafiqov Qudratilla,Жамоат арбоби, сиёсатшунос Қудратилла Рафиқовнинг янги китоби «Менинг Президентам!» деб номланди. Ушбу ёндашув гарчи узида сиёсий маъно акс эттирса-да, аслида, муаллиф китобда ўз қахрамонининг нафақат сиёсий портретини «чизиш»га ҳаракат қилади, балки маънавий дунёсини очиб беришга кўпрок, эътибор қаратган. Зотан, тарихдаги барча буюк ишлар юртга, халққа, умуммаънода айтганда, инсониятга муҳаббат негизида дунёга келган.
-
Jismoniy madaniyatni o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
Bekmanova H.Sh,Ushbu uslubiy qo'llanma oliy o'quv yurti professor-o'qtuvchilari, magistrlari va talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Talabalar uchun eslatma
J.R.Yarmetov, Z.Adilov, S.Qutlimuratov,Ushbu uslubiy qo'llanma- Urganch davlat pedagogika instituti talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan ma'muriy-marifiy ishlar bo'yicha dekan movinlari, tyutorlar hamda professor o'qtuvchilar "Axborot soatlari" va "Mustaqillik darslari"ni o'tish jarayonlarida foydalanib, talabalarga institutning hozirgi kundagi faoliyati haqida to'laqonli ma'lumotlar berishi mumkin.
-
Kurash turlari va uni o'qitish metotikasi (Kurash)
O.E.Xudayberganov, R.M.Masharipov,Qollanma kurashning rivojlanish tarixi, kurash sport turi texnikasi va taqtikasi, kurash bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish, kurash turlari,kurash mashg'ulotining asosiyqoidalari yoritib berilgan.
-
Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi
N.M.Quchqorova, X.T.Siddikov,Mazkur darslik 60110100-Pedagogika va psixologiya (qo'shimcha fan tarbiya o'qtuvchisi) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi" fani mavzularini o'rganishlari uchun mo'ljallangan.
-
Gimnastika va uni o'qitish metodikasi
O'.L.Matnazarov, O.E.Xudayberganov, S.J.Muratov,Qo'llanmada gimnastikaninig rivojlanish tarixi, gimnastika atamalarining ahamiyati va qo'llanilishi, gimnastika turlari, gimnastika mashg'ulotlarining asosiy qoidalari, gimnastika mashqlarini o'rgatish metodlari yoritib berilgan. Qo'llanma Urganch davlat universitetining "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasida malaka talablar va "Gimnastika va uni o'qitish metodikasi" fanining namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlandi.
-
Sport va harakatli o`yinlarni o`qitish metodikasi (Voleybol)
N.Sh.Safarboyev, M.Sh.Saparboyev,O`quv qo`llanma muallifning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tajribalarga asoslanib, muayyan yo`nalishda olib borilgan izlanishlari asnosida yaratilgan. Ushbu o`quv qo`llanma jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, trenerlar, talabalar, magistrlar, doktorantlar hamda kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari auditoriyasiga mo`ljallangan bo`lib, voleybolning nazariy va uslubiy asoslarini o`rganishga qaratilgan.
-
Sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi (basketbol)
O'.L.Matnazarov,Ushbu darslikda sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi (basketbol) fanining maqsadi va vazifalari, basketbol sportining rivojlanish tarixi, basketbol texnikasi va taktikasiga о'rgatish uslubiyati, basketbol musobaqasini tashkil qilish va о‘tkazish asoslari yoritib berilgan. Darslik Urganch davlat universitetining "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasida malaka talablar va "Sport va harakatli о‘yinlarni о’qitish metodikasi" (basketbol) fanining namunaviy о'quv dasturi asosida tayyorlandi.
-
Suzish va uni o`qitish metodikasi
O'.L.Matnazarov,Darslikda "Suzish va uni o`qitish metodikasi" fanining maqsadi va vazifalari, suzish sportining rivojlanish tarixi, suzishning usullarini o`rgatish va o`zlashtirish bo`yicha tayyorlov mashqlari, suzish mashg`ulotlarida o`rgatish metodlari yoritib berilgan. Shuningdek, suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari, suzish texnikasiga o`rgatishning vosita va usullari, burilishlar texnikasini bajarishga o`rgatish, amaliy suzish kabi mavzular keng yoritilgan.
-
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
O'.L.Matnazarov,Mazkur o`quv qo`llanmada Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari, O`zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sport bo`yicha qabul qilingan hujjatlarning ahamiyati, jismoniy tarbiya jarayonida qo`llaniladigan vositalar, jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida qo`llaniladigan metodlar, jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash metodikasi yoritib berilgan.
-
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy madaniyat tarixi)
O'.L.Matnazarov,Mazkur qo'llanmada "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Jismoniy madaniyat tarixi)" fanining maqsadi va vazifalari, jismoniy madaniyat va sportning rivojlanish tarixi, jismoniy miashqlarning rivojlanish xususiyatlari yoritib berilgan. O'quv qo'llanma Urganch davlat universitetining "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasida malaka ta lab lar va "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Jismoniy madaniyat tarixi) fanining namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlandi.