-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Foydalanishdagi transport inshootlarining ishonchliligi (1-qism)
Ch.S.Raupov, A.A.Ashrabov,Ta'lim, -
-
Sotsiologiya tarixi
B.Normurodov, G.Normurodova,Ushbu o'quv qo'llanma talabalar uchun tayyorlangan bo'lib, sotsiologiya ta'lim yo'nalishi bakalavrlariga mo'ljallangan. Sotsiologiyadagi asosiy oqimlar, maktablar nazariyalarini va ular qo'llagan uslublarni ilmiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Qo'llanmada XIX-XX asr G'arbiy Evropa sotsiologlarning qarashlari o'z aksini topgan. Ushbu qo'llanma Sotsiologiya tarixi bo'yicha Davlat ta'lim andozalariga muvofiqdir.
-
Фаннинг фалсафий масалалари
И. Саифназаров, А. Мухторов, Г. Никитченко, Б. Қосимов,Ушбу ўкув қўлланма Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тасдиқлагаи намунавий ўқув дастурига мувофиқ ишлаб чиқилган. Ўқув қўлланмада фаннинг фалсафий муаммоларини муайян фанларнинг ривожланаётган билим тизими сифатида кўриб чиқишга асосий эътибор қаратилиб, фан амалиёти ва ривожланишининг манбалари, асосий фалсафий, методологик ва эпистемологик тамойиллари очиб берилган.
-
Хоразм тарихига бир нигоҳ
Машарипов О., Машарипов А.,Мазкур китобда қадимги Хоразмий қабилалари, уларнинг яшаш жойлари урф одатлари. дини маданияти, шунингдек қадимги ва ўрта асрлар Хоразм давлатчилиги ҳақида сўз боради. Китобда Хоразмнинг миллий қаҳрамони Хоразмшоҳ жалоладдин Мангубердининг мўғул босқинчларига қарши олиб борган кураши ҳақида қисқача сўз юритилади.
-
Хоразмнома. Тўртинчи китоб
Машарипов О.,Жахоннинг энг кадимий халкларидан бири бўлган Хоразм халки ўзининг узоқ ўтмиш тарихига эга. Халкимиз хурматли Президентамиз Ислом Абдуганиевич Каримов бошчилигида қўлга киритилган мустақиллик туфайли ўтмиш тарихимизга холисона қараш ва уни ҳар томонлама ҳаққоний ёритиш имконига эга бўлди.
-
Mashina va mexanizmlar nazariyasi
Karimov R. I., Karimov K. A., Begimov N.N.,Qo'llanmada fanning qisqacha rivojlanish tarixi,mexanizmlarning strukturaviy,kinematik,dinamik tahlillari va ularning sintez masalalari qamrab olingan..Mexanizm va mashinalarning kinematik sxemalari,dinamik modellari,ularning klassifikatsiyasi va zamonaviy sanoatningko'plab sohalarda texnologik jarayonlarni bajarishda ishlatilayorganturlari har xil konstruksiyalari rangli tasvirlarda keltirilgan.
-
Автомобилларда юк ташиш ва уни ташкил қилиш
Э.Каримов,Ушбу ўқув қўлланмада автомобилларда юк ташишни ташкил қилиш ва тижорат ишлари, ҳаракатланувчи таркибдан фойдаланишда йўл шароитлари, автомобил транспортида юклаш-тушириш ишларини ташкил қилиш ва механизатциялаш, бошқариш ва траспорт-экспедиция хизматларига оид масалалар, билимларни текшириш дастури ва меъёрий материаллар кенгроқ ёритилди.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan laboratoriya mashg'ulotlari
M.E.Jumayev,Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika institutlarining "Boshlag'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'jallangan.
-
Tasviriy san'at darslarida odam boshini tasvirlash
O.Samadov,Qo'llanma badiiy grafika va pedagogika fakultetlarining boshlang'ich ta'lim va san'at yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, inson bosh qismi qalam va mo'yqalamda tasvirlash bo'yicha qator muammolarni yoritishga doir metodik tavsiyalar.
-
Materialshunoslik
E.Umarov,O`quv qollanmada laboratoriya va amaliyot ishlarini bajarish uslublari texnologiyasi berilgan. Qo'llanma 300 000 - “Ishlab chiqarish tex-nika soha”, 600 000-“ Xizmatlar sohasi bilim sohasi yo'nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan. Boshqa bilim sohalari talabalari ham foydalanishi mumkin. O`quv qo`llanmani asosiy maqsadi talabalarni ma`ruzada va mustaqil ishda olgan bilimlarini mustahkamlash. Shuning uchun har bir ish yakunida o‘z - o'zini tekshirish savollari bor.
-
Teatr bezagi va ashyolar texnologiyasi
B.Ibrohimov,Ushbu qo`llanma san'at va madaniyat sohasida faoliyat olib boradigan mutaxassislarga mo`ljallangan bo`lib, unda sahna uchun zarur bo`lgan qattiq va yumshoq bezaklar haqida so`z yuritiladi. Ulami tayyorlash yuzasidan ko`rsatmalar va tavsiyalar beriladi.
-
Teatr butaforiyasi
B.Ibrohimov,Ushbu qo‘llanmada butaforiya ishlash usullari, ularga ishlov berish texnologiyasi haqida fikr yuritiladi. Butaforiyalar mato, yog‘och, metall kabi ashyolardan tayyorlanadi. Uslubiy qo‘llanma san’at va madaniyat kollejlari akademik litsey, o‘qituvchilari, o‘quvchilari hamda teatr san’ati bilan qiziqqan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
-
Rus tilini o'rganamiz
Ю.Панина, М.Каримова,Rus tilini mustqail o'rganishga yordam beruvchi mazkur qo'llanma o'g'il-qizlarning kundalik qiziqishlarini hisobga olgan holda zamonaviy metodlar asosida tayyorlangan.
-
Mutaxassislik. An’anaviy xonandalik: Orifxon Hotamovning bastakorlik ijodi
M.Norqo'ziyev,Ushbu o'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus talim muassasalarida xrestomatiya shaklida mutaxassislik fanidan foydalanishlari mumkin.
-
Chizmachilik. (Mashinasozlik chizmachiligi)
N.X.Gulomova,Ushbu o‘quv qo‘llanmada chizmachilik fanining eng asosiy, murakkab va o‘zlashtirilishi qiyinroq kechadigan “Mashinasozlik chizmachiligi” bo‘limi haqida to‘laroq ma’lumot beriladi.
-
Chizma geometriya
T.D.Azimov,O‘quv qo'llanmada chizma geometriya fanining amaliy mashg'ulotlari to‘plami o‘zbek tilida keltirilgan bo‘lib, unda nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik, ikki tekislik, to‘g‘ri chiziq va tekislik, sirtlar, tekisliklar bilan sirtlar kesishuvi, ikki sirt kesishuvi, proyeksiyalami qayta tuzish, burchaklami aniqlash, nazorat yozma ishga doir masalalarni yechish, shuningdek, olimpiada masalalaridan namunalar, mustaqil ta’lim uchun masalalar berilgan.
-
Arxitektura-qurilish chizmachiligidan topshiriqlar
E.I.Ro'ziyev, G.E.Ro'ziyev,Ushbu o'quv qo'llanma "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" bakalavriat yo'nalishining arxitektura-qurilish chizmachiligi fani bo'yicha amaldagi fan dasturi asosida tayyorlangan. Qo'llanmani tayyorlashda qurilish chizmachiligi bo'yicha standartlardagi oxirgi o'zgarishlar e'tiborga olingan bo'lib, qollanma metodologik jihatdan dars jarayoni talablariga toliq javob beradi.
-
Tasviriy san'at tarixi
O.N.Samadov,Mazkur o'quv qo'llanmada san'atning tur va janrlari, qadimgi dunyo san'ati, o'rta asrlar, uyg'onish davri, g'arbiy yevropa, sobiq ittifoq davri va O'zbekiston tasviriy san'ati haqida zarur ma'lumotlar bayon qilingan.
-
Xalq hunarmandchiligi
Madaminova Y, Egamova A, Qalandarova O`,Mazkur o`quv qo`llanmada "Xalq hunarmandchiligi" kursi bo`yicha amaliy ishlarni bajarish uchun uslubiy ko`rsatmalar berilgan. "Mehnat ta`limi" yo`nalishida tahsil olayotgan talabalarning "Xalq hunarmandchiligi" kursidan amaliy mashg`ulotlar mavzularini qamrab olgan. Xalq hunarmandchiligining turlari bo`yicha amaliy ishlarni bajarishga doir zarur materiallar va jihozlar moslama va asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar to`g`risida ma`lumotlar berilgan.
-
Foydalanishdagi transport inshootlarining ishonchliligi (1-qism)
Ch.S.Raupov, A.A.Ashrabov,O'quv qo'llanmada bino va inshootlar konstruksiyalari ishonchlilik nazariyasining asosiy qoidalari,elementlarni ishonchlilikka amaliy hisoblashda foydalanilgan asosiy terminologik tushuncha va ta'riflar berilgan.Qo'llanmaning hamma bo'limlarida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan,murakkabligi har xil darajadagi masalalarni yechish misollari keltirilgan.
-
Меҳнат таълими ўкитиш методикаси
Н.А. Муслимов, Ш.С Шарипов, В.Н. Сатторов,Мазкур ўқув қўлланмада талабаларининг умумий ўрта таълим мактаблари 5-9 синфларида «Мехнат таълими»ни фанида металлга, ёғочга ва газламага ишлов бериш технологиялари, пазандачилик ва қишлок хўжалиги асослари йўналишлари бўйича ўқитиш учун педагогика, психология ва махсус фанлардан олган билимларини мужассамлаштириш билан танлаган ихтисосликлари бўйича таълим-тарбия жараёнини ташкил қилиш ва амалга ошириш йўллари баён килинган.