-
-
-
-
-
-
-
-
-
Boshlang'ich sinflarda masala yechishga o'rgatish metodikasi
Xudoynazarov E.M, Qo'chqarov D.U,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Z.T.Nishaova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva,Ta'lim, -
Maktabgacha ta'limda badiiy matn bilan ishlash metodikasi
Q.Husanbayeva, M.Hazratqulov, G.Berdialiyeva,Ta'lim,
-
Turk adabiyotida zamonaviy nasr
V.S.Yelok, P.Kenjayeva,Mazkur darslik Turkiya Respublikasining Hoji Bayram Vali universiteti bilan Hamkorlikda tayyorlangan bo'lib, darslikda turk adabiyotida zamonaviy nasr xususida fikr yuritilib, yirik nasrlar hayoti va ijodi haqida ma'lumot beriladi.
-
Tili o'rganilayotgan malakat adabiyotlar tarixi
A.Ashirbaeva, O.Yusupov,This volume is an attempt to outline the historical development of the english language from ancient times to the Middle English period.
-
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish
Z.S.Teshaboyeva,Mazkur darslikda "Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish" fanining asosiy masalalari, uning nazariy-metodologik asoslari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatishning mazmun mohiyati, tamoyillari shakl va usullari nazariy jihatdan yoritib berilgan.
-
Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik
T.L.Xurvaliyeva,Mazkur darslikda "Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik" fanining asosiy masalalari, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy kompetentligi va kreativlikning nazariy-amaliy asoslari, muhim funksional kompetentlikning tarkibiy qismlari, kompetentlik darajalari.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
Sh.S.Shodmonova,Mazkur darslik pedagogika ta'lim sohasi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, u o'z ichiga pedagogikaning ikkita-pedagogika nazariyasi va pedagaogika tarixi kurslarini qamrab olgan.
-
O'zbek Folklori
O.Madayev, M.Jo'rayev, T.Sobitova,"O'zbek folklori" darsligi mazkur fanning o'quv va ishchi dasturi asosida yaratilgan. Ushbu darslikda o'zbek folklorining mohiyati, tadqiqi va tatbig'i, uning asosiy janrlari haqida ma'lumot beradi.
-
Boshlang'ich ta'limda ona tili
U.Shermatova, X.G'ulomova,"Boshlang'ich ta'limda ona tili" dasturi asosida yaratilgan mazkur darslik boshlang'ich ta'lim, defektologiya, pedagogika-psixologiya va maktabgacha ta'lim fakulteti (nofilologik yo'nalish) talabalari uchun mo'ljallangan
-
Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi
Husanbayeva Q.,Mazkur “Boshlang’ich sinflarda adabiyotni o’qitish metodikasi” darsligi uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichidagi adabiy ta’lim bo’yicha amaldagi o’quv rejasi asosida tuzilgan dastur mazmuniga muvofiq yaratilgan. Unda boshlang’ich sinflar o’qituvchilarini tayyorlashda quyi sinflar o’qish darslari misolida adabiyot o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari va eng dolzarb muommalari bugungi kun talablari nuqtai nazaridan yoritib berilgan.
-
Boshlang'ich sinflarda masala yechishga o'rgatish metodikasi
Xudoynazarov E.M, Qo'chqarov D.U,Mazkur darslik pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 5111700-"Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish" ta'lim yo'nalishi bo'yicha bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Matematika o'qitish metodikasi", "Masalalar yechish bo'yicha praktikum" fanlari bo'yicha foydalanishga tavsiya etiladi.
-
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi
S.F.Abdirasilov,Mazkur darslikda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi fanini maqsad va vazifalari, boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at ta’lim mazmuni va uni o'qitish metodikasi, boshlang'ich tasviriy san’at asoslari, natyurmort, rangshunoslik, badiiy bezak grafikasi, haykaltaroshlik, tasvirlarning metodik asoslari kabi masalalar o‘z aksini topgan.
-
Chizma geometriya
Sh.Murodov, L.Hakimov, A.Xolmurzayev,Darslikda nuqta,to‘g‘ri chiziq va tekisliklaming to‘g‘ri burchakli proyeksiyalarini yasashning nazariy asoslari,shuningdek,egri chiziq va sirtlarning hosil bo'lishi va chizmada tasvirlanish usullari bayon etilgan.Geometrik shakllaming o'zaro va proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyallari bilan bog'liq pozitsion va metrik masalalarni yechish,urinma tekisliklar o‘tkazish,sirtlarning yoyilmalarini yasashga oid nazariy va amaliy masalalar ko‘rilgan. Aksonometrik proyeksiyalar va ularni turli pozitsion masalalarni yechishda qo'llash keng yoritilgan
-
Chizmachilik
Gulimova N.X.,Mazkur darslik bo`lajak chizmachilik fani o`qituvchilarining mohir pedagog bo`lib yetishishlariga katta yordam beradi. Shuningdek, mazkur darslikdan chizmachilik fani o`qituvchilari, chizmachilik fani o`qitiladigan boshqa ta`lim yo`nalishlarining o`quvchi va talabalari amaliy foydalanish mumkin.
-
An'anaviy xonandalik
Xudayberganov S,"An'anaviy xonandalik" darsligi- so'z boshi, uchta bob: birinchi bob- An'anaviy xonandalik kuylash maktabi shakllari, mumtoz ashula, katta ashula, Xorazm maqomlari, suvora yo'llari, dutor maqomlari, ikkinchi bob-Xorazm ashulachilik maktabi namoyondalari, uchunchi bob- nazariy va laboratoriya mashg'ulotlarining mavzulari hamda ashulachilar ansamblida kuylash mahoratini shakllantirish uchun uslubiy tavsiyalar, ashula matni va ijro mahorati ustida ishlash, ashulachilar ansambli ijrochiligida nafas olish uslublari hamda kuylash uchun ashulalar notalar taqdim etilgan.
-
Muhandislik grafikasini o`qitish metodikasi
Ro`ziyev E., Ashirboyev А.,Ushbu darslik “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” bakalavriat yo`nalishi hamda “Muhandislik grafikasi va uni o`qitish metodikasi” fani bo`yicha amaldagi dastur asosida tayyorlandi. Darslik ikkita bobga bo‘lingan bo‘lib, birinchi bob muhandislik grafikasini o‘qitishning umumiy masalalariga, ikkinchi bob esa, chízmachilikning asosiy mavzularini o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan.
-
Qalamtasvir
B.Boymetov,Qalamtasvir nomli darsligining 1 -qismi pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tasviriy san’atning asosi hisoblangan qalamtasvir fani bo'yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Xususan, kitobdan qalamtasvirning nazariy asoslari, tasviriy san’atda perspektiva, kompozitsiya qonunlari, chiziqli konstruktiv qurilish, yorug‘-soya qonuniyatlari, odam bosh suyagi va muskullarining plastik anatomiyasi, badiiy ta’limda qalamchizgi bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqalar o‘rin olgan.
-
Mashinasozlik chizmachiligi
Yodgorov J. Y.,Mazkur darslik "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" bakalavr ta'lim yo'nalishi o'quv dasturi asosida yozilgan bo' lib, chizmada dopusk va o'tqazishlar hamda detal sirti g'adir-budurligini belgilash; vint chiziq va vint sirtlar, ularni hosil qilish; rezba va mahkamlash detallari, birikmalar, ularning turlari va chizmasi; prujinalar, ularning turlari va chizmasi; uzatmalar, ularnlng turlari va chizmalarini bajarish; sxemalar, ularning turlari va chizmada tasvirlash; yig'ish chizmalarini bajarish, yig'ish chizmalarini detallarga ajratish mavzularini qamrab olgan.
-
Algebra va matematik analiz asoslari II
Abduhamidov A U, Nasimov H A, Husanov J H,O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan akademik litseylar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan va undan kasb hunar kollejlari o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Matematika o'qitish metodikasi
Alixonov S.,Ushbu darslik universitet va pedagogika universitetlarining matematika fakulteti talabalari uchun «Matematika o'qitish metodikasi» fanining dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda asosan umumiy metodikaga doir bo'lgan matematika o'qitish metodikasining maqsadi, mazmuni, formasi, metod va vositalari orasidagi munosabatlar pedagogik, psixologik va didaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan.
-
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Z.T.Nishaova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva,Darslikda rivojlanish va pedagogik psixologiyaning predmeti, metodlari, bo‘limlari, ta’lim, tarbiya va o'qituvchi psixologiyasi haqida so‘z yuritiladi. Unda chaqaloqlik davridan qarilik davrigacha shaxsning psixologik rivojlanish xususiyatlari aks ettirilgan. Ta’lim psixologiyasiga bag‘ishlangan bobda o‘quv faoliyatining psixologik mohiyati, bilimlarni o‘zlashtirishning psixologik komponentlari, ta’limning noan’anaviy usullari, mustaqil tafakkurni rivojlantirish, ta’lim jarayonini boshqarish haqida bayon etiladi.
-
Maktabgacha ta'limda badiiy matn bilan ishlash metodikasi
Q.Husanbayeva, M.Hazratqulov, G.Berdialiyeva,Mazkur Maktabgacha ta'limda badiiy matn bilan ishlash metodikasi nomli darslik oliy o'quv yurtlaridagi maktabgacha ta'lim fakultetlarining amaldagi o'quv rejasi asosida tuzilgan dastur mazmuniga muvofiq yaratilgan.