-
-
-
-
O'qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish
S.T.Turg'unov, B.X.Daniyarov, M.A.Umaraliyeva,Ta'lim, -
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Эшитишда муаммолари бўлган болаларга она тили ўқитиш методикаси
У.Файзиева,Қўлланма эшитмайдиган болаларга она тилини ўргатиш ва она тилини ўқитиш методикаси масалаларини ёритишга бағишланади.
-
Psixologik maslahat
Nishanova Z, Asomuddinova Sh,O'quv qo'llanmada psixologik maslahatni tashkil etish texnikasi, bosqichlari, texnologiyasi kabi maslahatning qiziqarli jarayonlari aks etgan. Mazkur faoliyat psixolog mutaxassisdan maxsus, juda chuqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. O'quv qo'llanmada psixolog-maslahatchi uchun juda muhim masalalar ustida kengroq to'xtalib o'tilgan. Qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari pedagogika-psixologiya yo'nalishi (5140800) bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, umuman, shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.
-
Maxsus pedagogika
M.U.Xamidova,Ushbu o'quv qo'llanma defektologiya yo'nalishi 1-bosqich talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, muallif talabalarni alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalar toifalari, ularni o'qitish, tarbiyalash, ijtimoiy mehnatga moslashuvi masalalari bilan tanishtiradi.
-
Pedagogika nazariyasi
Sharifzoda S.O'., Xudaynazarov E.M.,Mazkur o'quv qo'llanma universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 5110900-"Pedagogika va psixologiya" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Pedagogika nazariyasi va tarixi" fani bo'yicha bo'lajak pedagoglar uchun mo'ljallangan bo'lib, foydalanishga tavsiya etiladi.
-
O'qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish
S.T.Turg'unov, B.X.Daniyarov, M.A.Umaraliyeva,Mazkur qo'llanmada ta'lim muassasasi o'qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uning komponentlari,pedagogik kompetetlilik ko'rsatkichlari va baholash mezonlari, o'qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish jarayonlari, metod, vositalari, kasbiy mahorat va kompetentlikni rivojlantirish jarayonida motivlashtirish, uzluksiz malaka oshirish jarayoni modeli kabi masalalalaryuzasidan so'z yuritiladi.
-
Matematika o`qitish metodikasi
Xudoynazarov E. M.,Mazkur o`quv qo`llanmada boshlang`ich sinflar o`qituvchilarining metodik-matematik tayyorgarligi va vazifalari, boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi, o`quvchilarni matematika o`qitish metodikasi o`quv predmeti, o`quvchilarning faollik darajasiga ko`ra farqlanuvchi metodlari, o`quvchilarni mustaqil ishlari, ta'lim jarayonida og`zaki mashqlardan foydalanishdagi didaktik sharoitlar haqida bayon qilingan.
-
Ҳозирги ўзбек адабий тили
Жамолхохонов Ҳ.,Ушбу қўлланма мустақил равишда тайёрланиб олий ўқув юртларига кирувчилар учун мўлжалланган бўлиб, унда умумтаьлим мактаблари, касб ҳунар коллежлари ўқув дастурлари она тили фани бўйича ўзлаштирилиши лозим бўлган масалалар ҳақида фикр юритилади.
-
Notiqlik san'ati (Nutq madaniyati va ifodali o'qish sirlari)
Bekmirzayev N.,Kitobda nutq madaniyatining tarixiy ildizlari, notiqlik san'ati, muomala madaniyati, ifodali o'qish sirlari, odob-axloq masalalari hayotiy misollar asosida yoritilgan. Mazkur qo'llanma Respublikamizdagi ijod maktablari, litsey va maktab o'quvchilarini, oliy o'quv yurtlari talabalarini nutqiy kamchiliklarsiz ona tilida mustaqil, ravon va lo'nda fikrlashga yordam beradi.
-
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish
Abdullajonova D.R.,Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 5111800- "Maktabgacha ta’lim’ yo`nalishi, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga orgatish" fani o`quv rejasi asosida tayyorlangan. Ushbu o`quv qo`llanmada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid masalalar ochib berilgan bo`lib, bunda bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish shakillari, bolalarni sahnalashtirish mashg`ulotlari keng yoritib berilgan.
-
Umumiy psixologiya
A.K.Shamshetova, R.N.Melibayeva, X.E.Usmanova,О‘quv qo‘llanmada psixologiyaga kirish, shaxs to‘g‘risida tushuncha, uning tuzilmasi, nazariyalari, asosiy metodlari, bilish jarayonlari, shaxs ehtiyojlari, motivatsiyasi, emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti hamda ularning jahon psixologiyasi fanida о‘rganilishi masalalari о‘z ifodasini topgan.
-
Оила этикаси ва психологияси
Т.Максудов,Ушбу қўлланма «Оила этикаси ва психологияси» курсининг программаси бўйича психолог олимлар, илмий ходимлар томонидан ёзилган. Унда умумий таълим мактабларида мазкур курсни уқитиш тажрибаси асос қилиб олинган. Ёшларни оилавий ҳаётга тайёрлаш системаси баён қилинган.
-
Muloqot psixologiyasi
M.Maxsudova,Ushbu o'quv qo'llanma Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari asosida pedagogika-psixologiya bo‘limi talabalari uchun, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining o'quvchilari, pedagog, psixologlar, ota-onalar uchun mo‘ljallangan.
-
Jurnalistika psixologiyasi
N.Q.Toshpolatova,“Jurnalistika psixologiyasi” fani ommaviy axborot vositalari zimmasidagi psixologik vazifalarni, ularning jamoatchilikka psixologik ta ’siri masalalarini, ushbu jarayonlarda jurnalistlar faoliyatining takomillashib, dunyoqarashining o'zgaribborishini, jamoatchilik hilan munosabat o'rnata bilish, axborot olish, uni qayta ishlash va tarqatishda bo'lajak jurnalistning ruhiy tayyorgarligini tadqiq qiladi.
-
Psixologiya fanlarni o'qitish metodikasi
F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova,Mazkur o‘quv qo'llanmada psixologiya fanlarini o'qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘qitish shakllari, dars tiplari, o'qitish uslublari, psixologiya sohalarini o‘qitishda interfaol usullar, shuningdek, nazariy va amaliy psixologiyani o‘qitishning metodik xususiyatlari borasidagi nazariy materiallami qamrab olgan. Shuningdek, o‘quv qoilanma o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq jihatlarni, qamrab olmasdan, balki talabalar o‘quv faoliyati, uning tuzilishi, ular bilan olib boriladigan mustaqil ishlami boshqarish, sirtqi ta’lim o‘quv faoliyati va ulami adabiyotlar bilan ishlash masalalariga doir mulohazalar yoritib berilgan.
-
Umumiy pedogogika 1-qism
Musurmanova A., Ibragimov X., Jamoldinova O,Mazkur o`quv qo`llanma umumiy pedogogika fani mazmuniga bag`ishlangan bo`lib, oliy o`quv yurtlarining umumiy pedagogika dasturida ko`zda tutilgan talablar asosida tuzilgan. Kitobda jahon pedogogika fanlari sohasida qo`lga kiritilgan so`nggi ilmiy-nazariy ma'lumotlar, ilmiy izlanishlar, xorij pedogog olimlarning qarashlari va nazariyalaridan milliy mentalitetimizga moslashtirilgan holda foydalanilgan.
-
Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash
Z.M.Jo'rayev,«Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash» faniga bag'ishlab tuzilgan ushbu o'quv qo'llanma «Arxivshunoslik» yo'nalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada fanning predmeti, maqsad va vazifalari, tariximizning turli davr va turli yozuvlarida bitilgan hujjatchilik, ish yuritishga doir tarixiy va zamonaviy ma’lumotlar, ish yuritish haqidagi dastlabki tushunchalar, ma’lumot tusidagi axborot hujjatlari kabi xususiyatlar qayd etilgan.
-
Олий мактаб психологияси
З.Т.Нишанова, П.С.Эргашев,Ушбу ўқув қўлланмада талабаларнинг психологик хусусиятлари ва фаолиятлари, таълим тарбия жараёнининг самарадорлигини ошириш йўллари ва шарт-шароитлари, ўқитувчи фаолиятининг психологик хусусиятлари, кафедра жамоаси, олий ўқув юртини бошқаришнинг психологик асослари ҳақида фикр юритилади.
-
Болалар адабиёти
Суюмов А., Жумабоев М.,Болалар адабиёти деганда ёзувчилар адабиёти ҳақида томонидан уларга мўлжаллаб ёзилган махсус асарларни тушунамиз. Шунингдек, катталарга аталган, бироқ болалар маънавиятини бойитадиган, уларга маърифий-эстетик завқ бериши мумкин бўлган айрим асарлар хам болалар китобхонлигини ташкил этади.
-
O'zbek bolalar adabiyoti
Jamilova B,O'zbek bolalar adabiyoti o’quv qo'llanmasida bolalar adabiyoti tushunchasi haqida ma’lumot, uning tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, bolalar folklori va umumadabiyot bilan mushtarak hamda farqli xususiyatlari, bolalar kitobxonligining kо'rinishlari va adresliligi, o'zbek va jahon bolalar adabiyotining o'zaro ta’sir aloqalari, shuningdek, o'zbek bolalar ijodkorlari asarlarining badiiykompozitsion, janriy, psixologik tahlili, tasnifi, mavzuviy-shakliy rang-barangligi kabilar zamonaviy innovation ta'lim talablari asosida yoritilgan.
-
Саломатлик психологияси
В. Каримова,Ушбу рисола 2005 йилнинг "Сиҳат-саломатлик йили" деб аталиши ва шу муносабат билан ҳукумат тамонидан қабул қилинган давлат дастурида саломатликнинг фалсафий мезонларини ишлаб чиқиш вазифасини амалга ошириш мақсадида нашрга тайёрланди.