-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ботаникадан ўқитувчилар учун қўллланма (ўсимликлар, бактериялар, замбуруғлар ва лишайниклар)
А.Ҳамидов, А.Тўхтаев,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ma'naviyat asoslari
Karimov B., Ziyayev F,Ma’naviyat haqida ko‘p gapirish, yozish mumkin. Ammo, ma’naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab, qonun-qoidasini tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi sifatida qadrlanishingiz mumkin, lekin, bular sizni ma’naviy barkamol ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana siz o‘ta iste’dodli bo‘lishingiz, Vatan, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin.
-
Notiqlik san'ati.
M.I.Israil,Ushbu o'quv qoʻllanma notiqlik san'ati, notiqlik mahoratini egallash sirlari, nutq madaniyati va notiqlikda lisoniy, nolisoniy omillardan foydalanish, nutqning ta'sirchanligini ta'minlovchi vositalar va ularning jurnalistika ta'limdagi ahamiyati, nutqning milliy mafkurani shakllantirishdagi ahamiyatini oʻrganishga bag'ishlangan.
-
Мактабгача педагогика
О. Хасанбоев, Ф.Қодирова,Мазкур қўлланма педагогика олий ўқув юртларининг мактабгача ва оилавий тарбия ихтисослиги буйича таълим олаётган талабалари учун мўлжалланган. Унда мактабгача тарбия педагогикасига оид муаммолар бугунги кун талабларини ҳисобга олган холда баён этилади.
-
Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar
O'.Asqarova,Qo'llanma maktab o'qituvchilari, bo'lajak pedagoglarning kelgusi ish faoliyatida uchraydigan pedagogik muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qo'llanma bakalavriatnung pedagogik yo'nalishiga mo'ljallangan bo'lib,pedagogika fanidan amaliy mashg`ulot va laboratoriya mashg`ulotlari sifatida tavsiya etiladi. Shuningdek, barcha pedagogik bilimlarning, malaka va ko'nikmalarning yanada oshishiga yordam beradi.
-
Kasbiy pedagogika
A.I.Avazboyev, Y.U.Ismadiyarov,Mazkur o`quv qollanmada O`zbekiston Respublikasining '' Talim to`g`risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talabiari asosida ta`lim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogikaning o`rni va vazifalari; o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi kadirlar tayyorlash jarayonidagi kasbiy-malakaviy o`zgarishlar; ta`lim muassasalarini boshqarish va shu kabi masalalar yoritilgan.
-
Umumiy pedagogika II-qism
Musurmanova A., Jumaniyozova М. T, Isaqulova N. J,Mazkur о ’quv qo llanma umumiy pedagogika fani mazmuniga bag ’ishlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlarining umumiy pedagogika dasturida ko'zda tutilgan talablar asosida tuzilgan. Kitobda jahon pedagogika fanlari sohasida qo ’Iga kiritilgan so 'nggi ilmiy-nazariy ma'lumotlar, ilmiy izlanishlar, xorij pedagog olimlarning qarashlari va nazariyalaridan milliy mentalitetimizga moslashtirilgan holda foydalanildi.
-
Valeologiya asoslari
F.Sh.Inog'omjonova,Ushbu qo`llanmaning asosiy maqsadi talabalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularni o`z salomatligiga bo`lgan munosabatni yanada takomillashtirish va salomatligini muhofaza qilish, mustahkam salomatlik, kasalliklarni oldini olish, zararli odatlardan voz kechish, faol umrni uzaytirish, jismoniy tarbiya va sportning ruhan tetik, jismonan barkamol insonni shakllantirishdagi beqiyos ahamiyati kabi muhim mavzularni qamrab olgan.
-
Xalq pedagogikasi
M.J.Mutalipova,O'quv qo'llanmada xalq pedagogikasining nazariy asoslari, o'zbek xalqining milliy, ma'rifiy va madaniy meroslarining barkamol shaxsini tarbiyalashda tutgan o'rni, bo'lg'usi pedagog kadrlarni ta'lim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi manbalaridan o'z o'rnida samarali foydalanish yo'llari yoritilgan.
-
Ботаникадан ўқитувчилар учун қўллланма (ўсимликлар, бактериялар, замбуруғлар ва лишайниклар)
А.Ҳамидов, А.Тўхтаев,Ботаника ўқитувчиларига мўлжалланган мазкур қўлланмада ўсимликларнинг ички ва ташқи тузилиши, ўсимлик тўқималарига, илдизи, барги, меваси, озиқланиши, очиқ уруғлилар, ёпиқ уруғлилар ҳамда бир паллали ва икки паллали ўсимликлар синфи маҳаллий материаллар асосида баён этилган. Ушбу қўлланма ўқувчиларга ҳам ботаникадан назарий ва амалий билим олишларида ёрдам беради
-
Педагогикадан амалий машқлар
Засобина Г.А,Қўлланмада тўпланган ва системага солинган вазифалар ҳамда масалалардан педагогика билим юртларининг ўқувчилари педагогика дарсларида, педагогикадан амалий ва семинар машғулотлари.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
N.X.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova,Tavsiya qilinayotgan qo'llanma pedagogikaning asosiy vazifalari, Xalq ta'limi boshqaruv tizimi, tarbiya nazariyasi, ta'lim nazariyasining yangi ko'rinishlarni o'z ichiga olgan. Ta'limning individualizatsiyasi. o'rganilayotgan muammoga qiziqishni ortirish imkoniyati va o`zlashtirish sifatini ta'minlovchi vazifa turadi.
-
Oila psixologiyasi
D.Abdullaeva,Ushbu o'quv qo'llanma asosan "Oila psixologiyasi" fanini o'qitishda qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'zida mujassamlashtirgan. O'quv qo'llanmada ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini o'qitishning ta'lim texnologiyalari aks ettirilgan.
-
Psixodiagnostika va eksperemental psixologiya
Z.Nishanova, Z.Qurbonova,O'quv qo‘llanmada maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan. Diqqat, xotira, tafakkur, nutq, xayol va shaxs xususiyatlarini o'rganishga oid xorijiy testlar, metodikalar o‘zbek bolalariga moslashtirilgan holda berilgan. Psixologlar, o'qituvchilar hamda pedagogika-psixologiya ta'lim yo‘nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Ijtimoiy psixologiya
N.Ismoilova, D.Abdullayeva,Ushbu o'quv qo'llanmada shaxs va jamiyat munosabatlariga oid muammolarning boshqa adabiyotIarda yoritilmagan jihatIari kengroq yoritilgan. Har bir bo'lajak psixologiya va pedagogika yo'nalishidagi mutaxassis talabalar uchun bu kabi muammolarga doir bilimlarni chuqur egallash o'z mutaxassisligini chuqur egallashga xizmat qilibgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatIarida ham o'ziga xos zaruriyat kasb etadi.
-
Umumiy pedagogika II kitob
Atayeva N., Salayeva M. , Hasanov S.,Mazkur o`quv qo`llanmaning II kitobi pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari, milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkuraning pedagogik-metodologik asoslari, ta`lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti asoslarini yoritishga bag`ishlangan. Har bir mavzu matnidan so`ng takrorlash va munozara yuritish uchun savollar, topshiriqlar, testlar, intellektual trening berilgan.
-
Kreativ fikrlash
I.S.Xotamov, M.K.Olimov,Ushbu o'quv qo'llanmada ta'limning asosiy vazifalaridan biri, ya'ni talabarda jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalar va zamonga mos fikrlashni shakllantirishga oid mavzular yoritilgan. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'ladigan muhim ko'nikmadir.
-
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
O'.Tolipov,Ushbu o`quv qo`llanmada pedagogik jarayonni loyihalash, ta'lim hamda tarbiya texnologiyalarining mohiyati, o`ziga xos jixatlari, shaxsga yo`naltirilgan ta'lim turlari, interfaol metodlar va ularni ta'lim-tarbiya jarayonida qo`llash, ta'lim texnologiyalarining magistrlar o`quv faoliyatini faollashtirishdagi o`rni masalalari xususida so`z yuritilgan.
-
Социология
Р.А.Убайдуллаев, М.Б.Бекмуроодов,Қўлингиздаги ўқув қўлланма давлат ва жамият қурилиши, ижтимоий жараёнлар ва жамоаларнинг шаклланиши, тадрижий ўзгариши тенденцияларини илмий тадқиқ этиш йўллари, бу борада фаолият юритаётган дунёдаги мавжуд социологик мактаблар, улуғ мутафаккирларимизнинг социологик қарашлари ҳамда шу масалаларнинг бугунги ҳолати ва ривожланиш хусусиятлари ҳақидаги билимларни ўзида ифодалаган.
-
Yangi pedagogik texnologiyalar
N.Saidahmedov,Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika OTMning talabalari, uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ilmiy xodimlar, aspirantlar, tadqiqotchilar hamda pedagogik mahorat asoslari bilan qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. Mazkur o`quv qo`llanma bo`lajak o`qituvchilar sifatida talabalar tomonidan "Pedagogik mahorat" fani asoslarining puxta o`zlashtirilishida muhim amaliy manba bo`la oladi.
-
O'zbek tili o'qitish metodikasi
B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova,O'zbek tili o'qitish metodikasi uchun bakalavriat yo'nalishi bo'yicha yaratilgan mazkur o'quv qo'llanmasida "kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" , "Ona tili ta'limi konsepsiyasi","ona tilidan davlat ta'lim standarti" talablariga muvofiq talablar va o'quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish.