-
Qiz bolaga tosh otmang
To`xtaboyev Xudoyberdi,Ushbu kitobdan sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning so'nggi yillarda yozgan ikki romani o‘rin olgan.Undagi asar qahramonlari mustaqillik davrining farzandlari. Ular mustaqillik yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib, fermer xo'jaligi tashkil etadilar. Jumladan, «Qiz talashgan o'smirlar» romanida ishbilarmon Yo‘ldoshxonning, «Qiz bolaga tosh otmang» teleromanida esa tadbirkor qiz Xurshidaning o‘z ishini yuritish, kengaytirish yo'lidagi mashaqqatlari, iztiroblari, yutuqlari, quvonchlari yozuvchi tomonidan qiziqarli voqealar asosida yoritib berilgan.
-
Qizil va qora
Stendal,Jahon adabiyotining mumtoz asari sanalgan "Qizil va qora" romani har bir zamonga zamondoshdir. Ushbu asarda yosh o'smir yigitning muhabbati orqali kuchli ehtiros, ongsiz hissiyot, shuhratga chanqoqlik va ular o'rtasidagi kuchli to'qnashuvlar mahorat bilan tasvirlangan.
-
Qiyomat
Chingiz Aytmatov,Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlik, haqiqat va yolg‘onning, adolat va jaholatning о‘zaro kurashi - inson va tabiat; tabiat va insoniyatning о‘zaro uyg‘unligi esa bo‘rilar Akbara bilan Toshchaynar orqali tasvirlanadi.
-
Qora ko`zlar. Roman
P. Qodirov,Qora ko`zlar olis qishloq va undagi orqada qolgan xo'jalik hayotini roman ko`zgusiga solib ko`rsatdi. Asar boshdan oyoq oddiy, zahmatkash mehnat ahliga, har qanday mushkul vaziyatlarda ham insoniy fazilatlarni saqlab qololgan asl insonlarga chuqur hurmat, hamdardlik ruhi bilan sug`orilgan. Yozuvchi xuddi o`sha qora ko`zlar jafokash kishilar boshiga tushgan kulfatlar uchun chin dildan
-
Quvg'indagi keksa qirol
Arno Gayger,Taniqli avstriyalik yoziivchi Arno Gaygerning ushbu-„Quvg‘indagi keksa qirol" qissasi markazida muallifning otasi turadi. Asar o'quvchida otaga muhabbat, uni boricha sevish, qadriga yetish kabi tuyg'ulami uyg'otishi bilan ahamiyallidir.Hurmatli kitobxonlar ushbu asarni to`liq bilmoqchi bo`lsangiz kutubxonamizga tashrif buyurib o`qishingiz mumkin.
-
Кафансиз кўмилганлар
Шукрулло,Ушбу асар ёзувчининг қатоғон йилларидаги инсон бошига тушган надомат ва ташвишлар хақида сўз юритилиб қуйидаги воқеалар баён этилган: Тинтув пайтида гувоҳлик учун чақирилган қўшни аёл гўдакнинг ўз отаси тақдиридан бехабарлигиданми ёки менга ачинганиданми уни бағрига босиб ҳўнграб йиғлаб юборди.
-
Kecha va kunduz
Cho'lpon,Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga 80 yil to‘lgan bo‘lsa-da, u hamon insonlar tomonidan sevib mutola qilinadi . Mazkur asar ikki qismdan iborat bo‘lib, dastlabkisi – “Kecha” deb nomlangani. “kunduz” deb atalgan ikkinchi qismi haqida esa ma’lumotlar yo‘q. Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar uz ichiga olgan. xudbinlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z in’ikosini topgan. Bu kabi sifatlar va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi.
-
Qadimgi zamon zamindorlari
Nikolay Gogol,Stepanshoh zamonida ikki botir yashagan edi. Ivan bilan Petro. Ular qiyomatli do'st tutunib, bir mayiz topsalar ikkiga bo'lishga ahd qiladilar.
-
Qora ot kechalari o'ldiradi
Yatsek Roy,Detektiv xarakterdagi asarlar o'zining tarang sujet tizimi, sirliligi, qiziqarli va ommabopligi bilan kitobxonni o'ziga jalb etadi. Shu bois bunday kitoblarning o'z muhlislari bor.
-
Kapitan qizi
Aleksandr Pushkin,Pushkinning rus madaniyati taqdiridagi o'rni benihoya buyuk.U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining shakllanishiga ulkan hissa qo'shdi.
-
Quyoshga yaqin maskan
Dilrabo Norqulova,O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ijod" jamoat fondi tomonidan bir guruh yosh shoir, yozuvchi, publisist va adabiyotshunoslarning ilk kitoblari nashr etilgani va barcha ta`lim muassasalariga bepul tarqatilganidan yurtdoshlarimiz yaxshi xabardor. Ezgu an`anaga aylanib ulgurgan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida bu yil ham badiiy adabiyotning turli yo`nalishlarida ijod qilib kelayotgan iste`dodli yoshlarning ilk kitoblari nashrga tayyorlandi. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu ijodkorlar "Do`rmon" ijod uyida o`tkazilgan seminarlarda tanlab-saralab olindi, qo`lyozmalar o`sha joyning o`zida-usoz va shogirdlik an`anasi asosida qiyomiga yetkazildi. Qo`lingizdagi mana shu kitob ham o`sha mahsaqqatli va serzavq mehnatning mevasi, umidli yosh ijodkorning dastlabki qadamdir.
-
Qishloqdagi buvijonim
Rahimova D,Ushbu kitob O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar bilan ishlash bo'limi tomonidan nashrga tavsiya etilib, "Ijod fondi tomonidan moliyalshtirilgan. Kitob Respublika ta'lim muassasalari kutubxonalariga bepul tarqatilinadi.
-
Қадамлар лойиҳаси
Аслонов М,Ушбу китоб ELMADAD фаолияти доирасидаги лойҳалар ҳамда ташкилотга мурожаат қилаётган фуқароларнинг муаммолари, тадбиркорликка оид долзарб масалалар мажмуини қамраб олган. Шунингдек, турли соҳадаги ютуқ ва камчиликлар асосида тайёрланган
-
Yulduzli tunlar
P.Qodirov,Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo‘r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.
-
Авесто
Н.Жўраев, Н.Халилов, М.Бўронов,Авесто энг қадимий дунёвий динлардан бири зардуштийликнинг муқаддас китоби. У жаҳон цивилизациясига ўзига хос таъсир этганлиги билан қимматлидир. Аждодларимиздан мерос қолган бу бебаҳо қадимий ёдгорлик, нодир асарлар жамланмаси.
-
Askar bola
Chingiz Aytmatov,Chingiz Aytmatov ushbu to'plamiga "Askar bola", "Baydamtol sohillarida", "Raqiblar", "Oq yomg'ir", "Qizil olma", "Hayot-mamot", "O'tar qish nolasi" kabi hikoyalarini jamlagan. "Askar bola" hikoyasida To'xtasin ismli qishloq yigitini urushda halok bo'lganligi, uning o'g'li Avvalbekning va onasi Jiyangul qismatlari bayon qilinadi.
-
Bu - oshiq so'zim
Mirvohid Rustam,Muhtaram Yurtboshimizning «Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» nomli risolasida «Iste’dodlarni izlab topish va ulaming iqtidorini ro'yobga chiqarishda chuqwr o’ylangan usullar, ya’ni aniq mexanizm zarurligini bugun adabiyotimiz manfaatlari talab etmoqda», degan fikr asosiy maqsad-muddaolardan biri sifatida alo- hida ta’kidlangani bejiz emas.
-
Avlodlar dovoni
Qodirov Pirimqul,Ulug‘ adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning «Avlodlar dovoni» romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma’naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashrning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so‘z hamda iboralar yanada tushunarli bo‘lmog‘i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan
-
Танланган асарлар
Абдулла Орипов,Ўзбекистон Қахрамони, Халқ шоири Абдулла Орипов "Танланган асарлар"ининг саккизинчи жилди кейинги икки ярим йилда ёзилган руҳият ва чуқур фалсафийлик омихта булган янги шеърларидан жамланди.Зукко шеърхонлар улкан шоир ижоди янги мавзулар, янги ифода воситалари билан бойиганига, давр ва халқ, шахс ва жамият, инсон ва унинг қалби, нур ва зиё, мухаббат ва нафрат, яхшилик ва ёвузлик, самимият ва ҳасад, меҳр ва қабохат сингари ўлмас ва азалий мавзулар янги ифода воситалари орқали очиб берилганига ишонч хосил қилиб, янги шоирона нигохдан завқ оладилар, деб умид қиламиз.
-
Артур, Конан Дойл энг сара асарлари
Артур Конан Дойл,Детектив жанрида ёзилган «Шерлок Холмс саргузаштлари» асари Артур Конан Дойлнинг энг машҳур асарларидан бири бўлиб, унда бир-биридан қизиқ ва китобхонни чулғаб олувчи воқеа-ҳодисалар ва саргузашт-хикоялар жой олган. Китобдан «Баскервилейнинг ити» асари ҳам бўлиб, унда Шерлок Холмс саргузаштлари давом этади. Ушбу китобдан сиз «Йўқолган дунё» асаридан ҳам баҳраманд бўлишингиз мумкин, бу илмий-фантастик роман 1912 йилда дунё юзини кўрган бўлсада китобхонларнинг қизиқишини йўқотмасдан, энг сара асарлар қаторидан жой олиб келмоқда. Умид қиламизки ушбу китоб албатта сизнинг китоб жавонингиздан ўз ўрнини топади.