-
-
-
-
-
-
-
Болалар боғчасида лой ва пластиндан ўйинчоқлар ясаш
Н.Б.Халезова, Курочкина Н. А., Пантюхина Г. В., -
-
-
-
-
O'ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI BO'YICHA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH
Nabiyev Elyor Baxtiyorovich., -
-
-
-
-
-
Inklyuziv ta'lim. Gospital pedagogika
D.SH.NAFASOV, G.F.AXMEDOVA, F.X.YSUPOVA, M.B.SAIDMURODOVA,Ta'lim,
-
BOSHLANG'ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI
F.A.Raximova, K.R.Karimova, B.B.Maxmudov,Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy o'quv yurtlari 60110500- «Boshlang'ich ta'lim>> bakalavr yo'nalishi talabalari uchun o'quv dasturlari talablari asosida tayyorlangan bo'lib, nazariy va amaliy mashg'ulotlarga mo'ljallangan ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma universitet va pedagogika oliygohlarining Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari uchun «Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi» fanining xususiyatidan kelib chiqib, unda asosan matematika haqida boshlang'ich ma`lumotlar, ta'limda e'tibor qaratish zarur bo'lgan jihatlar va metodik tavsiyalar, metod va vositalar kiritilgan. Fanning mazmuni psixologik va didaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan. O'quv qo'llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalarining boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari, aspirantlar, matematika va boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari hamda mazkur yo'nalishda ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borayotgan barcha xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
GEOMETRIYANI MUSTAQIL O'RGANISH UCHUN QO'LLANMA
K.Karimova,Ushbu o'quv qo'llanmaga geometriyaning planimetriya qismini mustaqil o'rganuvchilar uchun o'quv jarayonida zarur bo'lgan masalalar kiritildi. Uslubiy qo'llanmada keltirilgan masalalar tizimli ravishda osonlik va murakkablık darajasi boʻyicha tuzilgan. Shu nuqtai nazardan o'quvchining matematikaga qiziqishini oshirish, geometrik masalalarni yechish orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat yaratish uslubiy qoʻllanmani asosiy maqsadi hisoblanadi. Ikkinchidan, o'quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bu maqsadlarga erishishda tanlangan tizimli masalalar alohida o'rin egallaydi. Ushbu uslubiy qo'llanmadan oliy ta'lim muassasalari talabalari, pedagoglar va geometriyani mustaqil oʻrganuvchilar foydalanishi mumkin
-
-
NUTQ O'STIRISH METODIKASI
G. Eshchanova,Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari va akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining uslubchilari va tarbiyachilariga mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o'stirish shakllari, metodlari va vositalari yoritilgan.
-
Болаларни чаққон, эпчил ва бақувват қилиб тарбиялаш
А. АТАЕВ,Бу китобча Бухоро шаҳар тажриба ўрта мактабида саф машқлари, жисмоний машқлар ва миллий ўйинларни жисмоний тарбия дарсларига киритиш ва амалий машғулот ўтказишнинг беш йиллик тажрибаси натижаларидир. Булар асосан ўқувчиларда чаққонлик, эпчиллик ва кучни ўстириш мақсадида ўтказилди. Бу иш жисмоний тарбия ўқитувчилари ва Ўзбекистан ССР болалар спорт мактабларининг тренерларига тавсия этилади.
-
Ишлаб чиқариш асослари. касбга танлаш курси методикаси
муалифлар жамоси,Мамлакатимизда амалга оширилаётган умумий таълим ва ҳунар мактаби ислоҳоти муносабати билан 7-8-синфларда янги «Ишлаб чиқариш асослари. Касб танлаш» ўқув курси жорий этилди. Бу курс касбга йўналтириш бўйича ўқувчилар билан олиб бориладиган барча ишларнинг таркибий қисми сифатида улар-ни социалистик ишлаб чиқаришнинг политехник асослари, фан-техника тараққиёти даврида саноат ва қишлоқ хўжалигининг ривожланиш истиқболлари, ишчи ва хизматчиларнинг меҳнат фаолияти мазмунидаги тегишли ўзгаришлар билан таништири-ши ҳамда ана шу масалаларни мактабнинг ишлаб чиқариш муҳитидаги корхоналар мисолида конкретлаштириши лозим
-
Эстетика асослари
Умаров Э., Каримов Р., Мирсаидова М., Айходжаева Г.,Республикамизда олий ва ўрта махсус ўқув юртларида ўқитилаётган ижтимоий фанлар қаторида эстетика фани ҳам алоҳида ўрин тутади. Унда эстетика фанининг умумий тамойиллари, шунингдек миллий эстетиканинг ўзига хос хусусиятлари ёритилган.
-
Болалар боғчасида лой ва пластиндан ўйинчоқлар ясаш
Н.Б.Халезова, Курочкина Н. А., Пантюхина Г. В.,Мактабда муваффақиятли ўқиш учун зарур хусусиятлар- кўриб идрок этишни, хотирани, образли фикрлашни ривожлантиршга, қўл мехнати кўникма ва малакаларини хосил қилишга ёрдам беради.
-
касбга йўналтириш ўкув-методика кабинети
С.Н.Чистякова,Мазкур қўлланманинг мақсади касбга йўналтириш бўйича мактаб ўқув-методика кабинетлари ташкил этиш ва жиҳозлашда мактабларнинг педа-гогик коллективларига ёрдам кўрсатишдир. Қўлланма мактабларнинг касбга йўналтириш ўқув-методика кабинет-лари раҳбарларига, мактаб директорлари ва педагогларига мўлжалланган
-
тикув машиналарининг тузилиши, созланиши ва ремонти
В.В.Исаев, В.Я.Франц,тикув машиналарининг тузилиши, созланиши ва ремонти
-
Болалар боғчасида математика
Метлина Л. С.,Математикадан машғулот ўтказишнинг биз тавсия қилаётган системасига А.М. Леушина ишлаб чиққан элементар математик тасаввурларни шакллантириш методикаси ва, шунингдек Л.А. Венгер, В.В. Давидов, П.Я. Галперии, А.А. Любинская, Н.И. Непомняшая ва бошқалар раҳбарлигида турли вақтларда илмий ходимлар коллективлари томонидан олиб борилган илмий текширишларнинг материаллари асос қилиб олинган. Бундан ташқари, М.И.Моро, М.А.Бантова, Г.В.Бельтюкова, А.М.Пишкалоларнинг 1-синф ўқитувчилари учун методик тавсиялар ҳам ҳисобга олинган.
-
-
TUTASHMALAR
E.I.RO'ZIYEV,Ushbu qo'llanma tasviriy san''at va muhandislik gafikasi amaliy san'at hamda kasbiy ta'lim bakalavriyat yo'nalishlari uchun chizmachilik fani bo'yicha amaldagi dasturga muvofiq tayorlangan bo'lib chizmachilikdan tutashmalarni bajarishga doir metodikko'rsatma.
-
O'ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI BO'YICHA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH
Nabiyev Elyor Baxtiyorovich.,O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan nomutaxassislik kunduzgi ta'lim yo'nalishlari uchun mustaqil ta'limni tashkil etish bo'yicha o'quv qoʻllanma 2021-yil 28-avgustda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan tuzilgan tasdiqlangan "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fani namunaviy dasturi asosida ishlab chiqildi.
-
SPORT MAHORATINI OSHIRISH (sport o'yinlari)
L.L. Abdirahmonov,O'quv qo'llanmada basketbol, voleybol, gandbol va futbol sport turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Bundan tashqari o'quv qo'llamada shu sport turlarining o'quv mashg'ulot jarayonlarini rejalashtirish, o'yin mashqlari texnikasi va taktikasini o'rgatish usullarini takomillashtirish, tayyorgarlik turlarini ahamiyati ko'rsatib berilgan.
-
ROBOTATEXNIKA ASOSLARI
H.O'. Tayirov., J.E. Pardabayev,Ushbu O'quv qo'llanma 60112300-Texnologik ta'lim talabalari uchun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va universitet Kengashining 2023 yil 29 avgustdagi 1/32-sonli qarori bilan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, bakalavriat yo'nalishi talabalari "Robototexnika asoslari" fani mavzularini o'rganish uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada "Robototexnika asoslari" fanining maqsadi va vazifalari, robotlar bo'yicha umumiy tushunchalar, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishda robotlarning ro'li, robotlarning mexanik tizimi, robotlarning yuritmalari, sanoat robotlarini boshqarish tizimlari, robototexnik tizimlar va komplekslar, robototexnik komplekslarda robotlarning qo'llanilishi, yig'uv robototexnik komplekslari, mexanik ishlov berish robototexnik komplekslari, mobil robototexnik tizimlar. mobil robototexnik tizimlarning sinflanishi, robotlarning ishlab chiqarishda qo'llanishi, robotlarni sozlash, ishga tushirish, robotlarni ishga tushirish va texnik xarakteristikalarini tekshirish, intellektual robototexnik tizimlar, sanoat robotlarini ishlatishda mehnat xavfsizligi, mexatronika-hozirgi zamon fan va texnikasining yangi yo'nalishlariga oid ma'lumotlar keltirilgan va yoritib berilgan.
-
OILA PEDAGOGIKASI
Sh.E. Yakubova, N.Y. Sobirova, N.B. Karimova, G.Sh. Atayeva,Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogika sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi DTS, o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida pedagogika universiteti va institutlarining bakalavr: 60110100-Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Oila pedagogikasi” fani bo‘yicha bo‘lajak pedagoglarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda oila pedagogikasining nazariy asoslari: oilaviy hayot haqida bilim berish va oilada bolalarni tarbiyalash mazmuni, fanning rivojlanish tarixi, oila pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy asoslari, oilaning vazifalari, turlari, zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari, oila tarbiyasining mazmuni, metod va vositalaridan samarali foydalanish yo‘llari yoritib berilgan.
-
Ижтимоий психология ва ижтимоий амалиёт
В.М.Каримова,Қўлланма университетлар, педагогика институтлари талабаларига, ижтимоий-гуманитар йўналишда таҳсил олаётган талабаларга, малака ошириш институтларининг тингловчиларига ҳамда кенг жамоатчиликка мўлжалланган.
-
Болалар боғчасида табиат бурчаги
Марковская М. М.,Китобда болалар боғчасида ўсимлик ва ҳайвонларни сақлашга доир тасиялар берилган. Турли ёш гуруҳидаги болаларни табиат бурчагида доимий ва мавсумий яшовчи жониворлар билан таништириш методикаси ёритилган; болалар билан ишлаш дастурининг таҳминий мазмуни, усуллари берилган. Мактабгача тарбия муассасаларда болаларни табиат билан, йилнинг турли фаслларида унда рўй бериб турадиган ўзгаришлар билан таништириб борилади.
-
Inklyuziv ta'lim. Gospital pedagogika
D.SH.NAFASOV, G.F.AXMEDOVA, F.X.YSUPOVA, M.B.SAIDMURODOVA,Mazkur o'quv qo'llanma 60110200-maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalarni Inklyuziv ta'lim. Gospital pedagogika fani mavzularini o'rganishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv qo'llanmada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim sharoitida o'qitishning mohiyati, inklyuziv ta'limni tashkil etishning huquqiy-me'yoriy asoslari hamda pedagogik-psixologik aspektlari yoritib berilgan.