XIX-XX ASR BOSHLARIDA XIVA MADRASALARI

Kitob mualliflari Yusupov. H.S.,

Monografiyada XIX-XX asr boshlarida Xiva madrasalari tarixi eng yangi manbalar asosida jahon ilm-fan va madaniy taraqqiyoti omillari aspektida ochib berilgan. Kitobda Xiva madrasalari haqidagi ma’lumotlarning yozma manbalarda aks etishi, tarixshunoslik tahlili, madrasalarning ijtimoiy holati, ta’minot tizimi va boshqaruvi, ta’lim tizimi va ta’lim jarayoni, mudarrislar va kutubxonalar faoliyati, vaqf institutining tugatilishi va ta’lim tizimiga ta’siri, madrasa ta’lim tizimining tugatilishi va uning oqibatlari masalasi yozma manbalar, respublika va Xiva Ichan-Qal’a arxiv fondlarida saqlanayotgan vaqfnomalar va vaqfga oid hujjatlar, hamda saroy tarixchilari asarlari, xorijiy elchilarning hisobotlari, mahalliy va xorijiy adabiyotlar hamda davriy matbuot materiallari orqali ochib berilgan. Monografiyada qayd qilingan ma’lumotlar O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davri madaniyatini yoritish va keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Monografiya talabalar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 28-752(575.171)(091)+727(575.171)(091)
Kitob nashriyoti nomi: Durdona
Kitob nashr qilingan shahar: Buxoro
ISBN: 978-9910-634-69-7
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 164
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 2.47 MB
Turi: Monografiya
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH