O'g'ri

Kitob mualliflari Abdulla Qahhor,

Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. Qobil boboning qo‘shnisi - burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi: – Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi!

Bilimlar sohasi: |
UDK 449
Kitob nashriyoti nomi: Oltin qalam
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-726-51-4
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 128
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Badiiy kitoblar
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH