MENING DOG'ISTONIM

Kitob mualliflari Dasul Hamzatov,

Til, millat, xalq, qadriyat, Vatan mehri, davr ruhi, sevgi sehri, haqiqat va yolg'on, yaxshilik va yomonlik, tinchlik va urush mavzulari hassosona yoritilgan «Mening Dog'istonim»day asar jahon adabiyotida kam topiladi. Ayniqsa, asar mazmun-mohiyatiga singib ketgan shoirning dilbar she'rlari, purma'no hikmat-hikoyatlari, o'zi ko'rgan ibratli voqealar haqidagi yodnomalari o'quvchilarda o'chmas taassurot qoldiradi. 1971-yilda dunyo yuzini ko'rgan bu asar o'tgan yarim asr davomida yuzdan ortiq tillarga tarjima qilindi, millionlab nusxada chop etildi. Biroq hamon savdo rastalarida kam topiladigan noyob kitoblar qatorida tilga olinadi. Mazkur kitobning ona tilimizda ko'p nusxada chop etilishi shoirning qadrdon muxlislari qo'llariga bir tuhfaday yetib borish imkonini beradi. Ishonchimiz komil, dunyoga mashhur bu kitob o'zining yangi-yangi muxlislarini topadi va ularning ham sevimli ma'naviy mulkiga aylanadi.

Bilimlar sohasi: |
UDK 371
Kitob nashriyoti nomi:
Kitob nashr qilingan shahar:
ISBN: 978-9943-8594-5-6
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 480
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Badiiy kitoblar
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH