| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | Badiiy kitoblar |
| Nashr tili: | O‘zbekcha |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | YOPIQ KIRISH |
Sarob
"O'tmishdan ertaklar" - o'zbek adabiyotining zabardast vakili bo'lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o'rin tutadi. Bu asar milliy yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o'tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so'z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi. To'plamning qismi bo'lgan hikoyalar ham o'zbek adabiyotining ma'naviy boyligidir. Yozuvchining birinchi hikoyalar to'plami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bo'lgan davr mobaynida o'zbek adabiyotida, hikoyanavislikda juda ko'p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e'tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o'quvchilar hukmiga havola qilindi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig'irig'ini pisand etmay, hamon sevib o'qiladi. Adib qahramonlari o'quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg'uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o'tirasiz. Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 821 |
| Kitob nashriyoti nomi: | Global books |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Tashkent |
| ISBN: | 978-9943-6755-6-8 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2024 Yil |
| Betlar Soni: | 336 |