-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
-
SANOAT VA FUQARO BINOLARI ARXITEKTURASI
Ushbu darslikning maqsadi - talabalar binolarni loyihalash asoslari va qurish metodikasi hamda jamoat binolarining turli xil turlarini ishlab chiqishda vujudga keladigan asosiy masalalarning me’yoriy talablari va ularni loyihalash metodlari bilan tanishtirishdan iborat. Darslik zilzilaviy hududlarda jamoat binolarini qurishda ishlatiladigan konstruktiv tizim va elementlarning tiplashtirilgan seriyalariga asoslangan materiallardan tuzilgan boʻlib, unda gʻisht devorli, yirik panelli, karkas panelli va hajm-blokli binolarning loyihalash qoidalari koʻrib chiqilgan.
-
SANOAT KORXONALARINING ELEKTR TA'MINOTI
Sanoat korxonalarining elektr ta'minoti» darsligi o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Mazkur darslik xorijiy adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar asosida va xorijning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida mazkur fanni o'qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar asosida takomillashtirilib qayta nashrga tayyorlandi. Darslikda sanoat korxonalarida elektr ta'minotini tashkil etish va loyihalash to'g'risida batafsil to'xtalib o'tilgan. Sanoat korxonalarida energiya nazorati va hisobini amalga oshirish va avtomatlashtirilgan tizimlarni qurish orqali energiyadan ratsional foydalanish usullari keltirib o'tilgan. Bu tizimlarning O'zbekiston sharoitida qo'llanilish istiqbollari va bu boradagi chet el mamlakatlarining tajribasi misol tariqasida keltirib o'tilgan.
-
Форс тили
Сабоқликнинг мақсади талабаларни форс тилининг грамматик қурилиши, луғат фонди билан таништириш ва форсча матнларни ўқиш, ёзишни ўргатишдан иборат.
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari 2-kitob
Darslik elektr magnit zanjirlar asosida qurilmalar nazariyasi transformatorlar, asinxron mashinalar, sinxron mashinalar o'zgarmas tok mashinalar boblarida yoritib berilgan
-
QURILISHDA ORGANIK VA FIZIKAVIY KIMYO
Mazkur darslik Davlat ta’lirn standartlari asosida tuzilgan namunaviy va ishchi dasturlarga muvofiq ravishda yozilgan bo'lib, arxitektura qurilish ta’lim sohasidagi “Qurilish materallari, buyumlari va konstruksiyalarm ishlab chiqarish” bakalavriat ta’lim yo'nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Болалар адабиёти
Болалар адабиёти ёшларни имон-эътиқодли кишилар сифатида ва ватанга муҳаббат руҳида тарбиялашда қудратли қуролдир. Фақат чинакам бадиий асарларгина болаларга кучли таъсир кўрсатиб, ана шу юксак талабларга жавоб бера олади. Шу сабабли бундай китоблар педагогик нуқтаи назаридан ҳам алоҳида аҳамият касб этади.
-
ФИЗИКА КУРСИ
Мазкур дарслик хозирги кунда мавжуд бўлган, эски дастур асосида ёзилган ва нашр қилинган физика дарсликларидан фарқли ўлароқ , Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги томонидан тасдиқланган янги ўқув дастури асосида ёзилган бўлиб, унда муаллифларнинг олийгохларда узоқ йиллар ўқиган маьрузалари ҳамда тўплаган тажрибаларидан кенг фойдаланилган.
-
Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди
"Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди" дарслигини яратишда ўзбек фольклоршунослиги эришган ютуқлар билан бирга қардош халқлар, хусусан, илғор рус фанининг бой тажрибаларига, унинг назарий ва методологик хулосаларига суянадилар. Шунингдек, 1980 йилда нашр этилган шу номдаги ўқув қўлланмаси тажрибалари, у ҳақидаги илмий жамоатчилик билдирган фикр ва мулоҳазалар ҳам ҳисобга олинган.
-
Меҳнат муҳофазаси
Дарсликда табиатни муҳофаза қилиш, атмосфера ҳавосини ва сувларини ифлосланишдан сақлаш, ўсимлик, ҳайвонот оламини муҳофаза қилиш масалалари ёритилган. Ундан тикувчилик ва пойабзал корхоналарида меҳнатни муҳофаза қилишнинг умумий ва махсус масалалари, ҳуқуқий ва ташкилий масалалари, меҳнат гигенаси ва саноат санитарияси, хавфсизлик техникаси, ёнғинга қарши кураш ва ёнғин пайтида ишчиларни хавфсиз жойга кўчириш тадбирлари ўрин олган.
-
ORGANIK SINTEZ MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI
Darslikda organik sintez mahsulotlari kimyosi vа ulami olish texnologiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Organik sintez mahsulotlari olish uchun xomashyo hisobIangan parafinlar, olefinlar, aromatik ugleyodorodlar, atsetilen, uglerod oksidi vа sintez-gaz olish texnologiyasi, galogenlash, gidroliz, gidratatsiya, eterifikatsiya, alkillash, sulfatlash, sulfirlash, oksidlash, degidrirlash vа gidrirlash jarayonlari asosida organik birikmalar, efirlar, karbon kislotalar vа ularning hosilalari, Yinil monomerlari, kaprolaktam, spirt vа fenollar, aldegid vа ketonlar, atsetallar, sirt-faol birikmalar, nitrobirikmalar, ftal, malein vа boshqa yopiq zanjirli angidridlar, etilenoksid, stirol, butadien vа izopren ishlab chiqarish texnologiyasi vа nazariy asoslari haqidagi mа'lumotlar keltirilgan.
-
Эдебиет (8-сынып)
Бұл оқулық - Өзбекистан Республикасы Халыққа Білім беру министрлігі жоспарлаған іргелі істердін алғашқы. Оқулықты құрастыруда өздерінің сүбелі еңбектерін қосқан авторларға, сондай-ақ, Қазақ мәдени орталығына, Республика "Білім" орталығына және "О`zbekiston" баспа-полиграфия шығармашылық үйі қызметкерлеріне шексіз алғысымызды білдіреміз.
-
Jahon tarixi (7-sinf)
Siz 7-sinf "Jahon tarixi" darsligi orqali dunyo xalqlarining ming yildan ortiq tarixidan xabardor bo`lasiz. Chunonchi, V asrdan XVI asrgacha hukm surgan kishilik jamiyatining nomini, o`ziga xos xususiyatlarini bilib olasiz. VII asrda vujudga kelgan muqaddas din - islomning rivojlanishi, uning jahon dinlaridan biriga aylanishi tarixi bilan tanishasiz. Bundan tashqari, o`rta asrlarda paydo bo`lgan Vizantiya, Faranglar kabi imperiyalar, ularning parchalanib ketish sabablari haqida ma`lumotga ega bo`lasiz.
-
KICHIK GIDROELEKTRSTANSIYALAR
Darslikda O'zbekiston Respublikasida kichik gidroelektrstansiyalarning barpo etilishining qisqacha tarixi, ulardan foydalanishning jahonda va Respublikadagi liozirgi holati, rivojlanish istiqbollari to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Kichik GESIarda suv energiyasidan foydalanish inshootlari, asosiy texnologik jihozlari, ularning turlari. tuzilishi masalalari hamda jihozlar va inshootlar parametrlarini aniqlash usullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kichik GESlarning clektro-energetika tarmoqlaridagi ish rejimlarini, ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning zamonaviy usullari berilgan.
-
Histoire de la literature Francaise
Мазкур "Француз адабиёти тарихи" дарслиги таълим соҳасидаги ислоҳотлар асосида университет ва Олий ўқув юртлари француз тили факультетлари талабаларига мўлжаллаб ёзилди. Дарсликдан кўзда тутилган мақсад талабалар ва кенг китобхонлар оммаси француз халқининг бой адабий мероси билан яқиндан таништиришдан иборат.
-
Matematika o`qitish metodikasi
Ushbu darslik universitet va pedagogika universitetlarining matematika fakulteti talabalari uchun "Matematika o`qitish metodikasi" fanining dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda asosan umumiy metodikaga doir bo`lgan matematika o`qitish metodikasining maqsadi, mazmuni, formasi, metod va vositalari orasidagi munosabatlar pedagogik, psixologik va diaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan.
-
Odam anatomiyasi
Odam anatomiyasi darsligini yozishda tibbiyot institutlarining fakultetlari o`ziga xos xususiyatlari, odam anatomiyasi faniga ajratilgan mashg`ulot soatlari va dastur talablari e`tiborga olindi. Unda O`zbekiston tibbiyot olimlarining odam anatomiyasini o`zlashtirishga yordam beradigan rangli rasmlaridan foydalanildi..