-
-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Неорганическая химия
В химических явлениях и процессах проявляются закон материалистической философии например такие как закон единства и борьба противоположностей отрицания переходы количественных вещество.
-
Олий математикадан масалалар ечиш
Дарслик Олий техника университети ва техника институтлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан сиртқи бўлим талабалари ҳам фойдаланишлари мумкин. Ушбу дарслик 8 бобдан иборат бўлиб, 7 та боби биринчи курсда амалий машғулот дарсларида ўтиладиган «Олий математика» курсини тўлиқ ўз ичига олади.
-
MOLIYA BOZORI
Mazkur darslikda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliya bozorini tutgan o'rni va tarkibiy qismlari, ularni ishlash tartibi, fond birjasi va uning faoliyati, qimmatli qog'ozlar kotirovkasi, konyukturasi, aksiyadorlik jamiyatlari va ularning faoliyati, investitsiya muassasalarining mohiyati keltirilgan. Shuningdek, moliya bozorini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, raqobatbardoshlik muhitini yaxshilash, mamlakat iqtisodiyotida moliya bozori mavqeini oshirishni nazariy asoslari yoritilgan bo'lib, u 5230600 Moliya, 5230700 - Bank ishi va boshqa bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalariga "Moliya bozori" fanidan darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Зоология беспозвоночных
В третье издание учебника внесены существенные изменения и дополнения, отражающие современное состояние науки: уточнена классификация.
-
Chizma geometriya
Darslik quyidagi mavzularni qamrab olgan : kirish, nuqta, to`g`ri chiziq, tekislikning ortogonal proyeksiyalari, tasvirni almashtirish usullari, ko`pyoqlik tekislik va to`g`ri chiziq bilan hamda o`zaro kesishuvi.
-
Chizma geometriya
Darslikni yaratishda O`zbekiston Respublikasi Оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 5140900-kasb ta`limi sohasi bakalavriat yonalishlari uchun tuzilgan "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" namunaviy dasturi asos qilib olindi. Darslik chizma gometriya fanini ta`limning evristik usulida tashkil etish sharoitlari uchun tayyorlangan bo`lib, u o`quv rejalarida mazkur fanning ma`ruzalari uchun 36 soat va amaliy mashg`ulotlari uchun ham 36 soat hajmda vaqt ajratilgan qurilishga oid bo`lmagan ta`lim yo`nalishlari bakalavrlari uchun mo`ljallangan.
-
Чизма геометрия курси
Бу дарслик техника олий ўқув юртларининг барча ихтисосликлари учун мўлжалланган. Дарсликни қайта нашрга тайёрлашда ҳозир фойдаланилаётган дастурлар асос қилиб олинган. Китоб инженерлар, лойиҳачилар ва архитекторлар учун ҳам амалий қўлланма бўла олади.
-
Дифференциал геометрия
Бу дарслик унивсрситетларнинг математика, механика, тадбиқий математика ва информатика йўналишлари учун мўлжалланган бўлиб, амалдаги янги бакалаврлар дастури асосида ёзилган. Дарслик туртта қисмдан иборат бўлиб, унда умумий топология элементлари, чизиқлар ва сиртлар назарияси, тензор аиапиз элементлари ёритилган.
-
ELASTIKLIK NAZARIYASI
Darslikda kuchlanish va deformatsiyalar nazariyasi, elastiklik nazariyasining asosiy munosabatlari, tamoyillari va teoremalari, elastiklik nazariyasi masalalarini shakllantirish va yechish usullari, dekart va qutb koordinatalarida elastiklik nazari-yasiga oid tekis masala, yupqa plastinalarni egilish nazariyasi (to'rtburchak va doiraviy), elastiklik nazariyasi masalalarini yechishning taqribiy usullari (variatsion usullar, chekli ayirmalar usuli, chekli elementlar usuli). Har bir bobning oxirida o'z-o'zini tekshirish uchun savollar va o'qitish uchun masalalar mavjud, ularning ba'zilarini yechimlarni keltirilgan.
-
Shahar qurilishi va xo`jaligini tashkil qilish, rejalashtirish hamda boshqarish
Ushbu o`quv qo`llanmada qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari, loyihalash va qidiruv ishlarini uyushtirish, qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash bosqichlari hamda vazifalari yoritilgan. Qurilish ishlab chiqarishini andozalash, qurilish maydonida qurilishning bosh tarhi va unda vaqtinchalik moslamalarni loyihalash, qurilishning moddiy-texnik bazasi, shahar xo`jaligida mehnatni tashkil qilish va uy-joy kommunal xo`jaligini boshqarish uslublari va tamoyillari berilgan.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Darslikka yashash muhiti va inson faoliyatiga taaluqli hamma masalalar, jumladan, mehnat qilishda aqliy va jismoniy mehnat asoslari, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaganda mehnat faoliyati muammolari, ob-havo sharoiti va uning mehnat qilishga va hayot faoliyatiga ta`sir darajasi, shuningdek, sanoat sanitariyasi, xavfsizlikni ta`minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr xavfsizligi masalalari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong`in xavfsizligi masalalari kiritilgan.
-
MINTAQAVIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI
Mamlakatda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar jarayonida iqtisodiyotni markazdan boshqarish darajasidan hududiy va tarmoq darajasida boshqarishga bosqichma-bosqich o'tkazish, hudud-larda tegishli dasturlarni amalga oshirish, hududiy organlar huquqlarini kengaytirish, ularning maqom va mas'uliyatini oshirish birinchi navbatdagi vazifalardan hisoblanadi
-
Nemis tili
Darslikda fonetika-orfoepiyaga kirish kursi uchun 9 dars, asosiy kurs uchun 20 dars, grammatikadan qisqacha ma`lumot, nemischa-o`zbekcha lug`at berildi. Darslik o`quv dasturlarini nazarda tutgan muhim mavzularni o`z ichiga oladi. Ko`pgina matnlar talabalar hayoti va turmushiga bag`ishlanadi. Mavzular mumkin qadar ko`rgazmali bo`lishini nazarda tutib, darslikning ayrim matnlari rasmlar bilan ta`minlanadi.
-
MEHNAT BOZORI IQTISODIYOTI
Ushbu darslikda «mehnat bozori» tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, elementlari, segmentlari, shakllanishi, tartibga solinishi, rivojlanishi batafsil bayon qilingan; mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishini tahlil etish va istiqbollashtirishda qo'llaniladigan zamo-naviy balans, marketing, sotsiologiya va ekonometrika usullari aks ettirilgan.
-
Qog`oz texnologiyasining asoslari
Ushbu darslikda qog`oz olish texnologiyasining asoslari yoritilgan: xomashyo, qog`oz massasini tayyorlash, qog`oz polotnosini shakllash, uni quritish, ishlov berish, olingan mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari hamda qog`oz olishda qo`llaniladigan suvning turlarini tayyorlash, suv sarfini kamaytirish usullari, oqova suvlarni tozalash yo`llari keltirilgan. Kimyo texnologiyalari bo`yicha tahsil olayotgan talabalarga va selluloza-qog`oz olish korxonalarida xizmat qilayotgan muhandis-texnik xodimlariga mo`ljallangan.
-
Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya
Ushbu darslik fanning qisqacha an`anaviy mavzular, kartaning mohiyati, uning matematik asosi, generalizatsiya jarayoni, kartografik usullar, karta va atlaslarning tasnifi, iqtisodiy kartalar turlari va boshqa ma`lumotlar, karta tuzish mazmuni va mundarijasi bilan oliy o`quv yurtlarida o`qitilayotgan "Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya" fanining o`quv dasturiga muvofiq bayon etilgan.