-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Mamlakatlar va hududlarni kompleks o‘rganish
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Matematikadan qo‘llanma
Ushbu o‘quv qo‘llanma mualliflarning 2006-yilda nashr etilgan «Matematikadan qo‘llanma» kitobining II qismi bo‘lib, geometriya fani bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun tasdiqlangan dasturlar asosida yozilgan. Qo‘llanma 10 bobdan iborat bo‘lib, geometriyaning planimetriya va stereometriya bo‘limlari bo‘yicha asosiy mavzularni o‘z ichiga oladi. Unda geometrik tushunchalar, ta’riflar va teoremalar masalalarni yechish namunalari bilan bayon qilingan, shuningdek, har bir bob oxirida mustaqil yechish uchun testlar javoblari bilan keltirilgan.
-
Matematikadan qo'llanma
Mazkur qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tasdiqlagan dasturlar asosida yozilgan bo'lib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma matematika fani bo'yicha o'quv dasturidagi algebra va analiz asoslari bo'yicha 15 bobdan iborat bo'lib, nazariy ma'lumotlar, masala va misollarning yechilish namunalari hamda har bir bob oxirida mustaqil yechish uchun test topshiriqlarini o'z ichiga oladi.
-
Matematika
Ushbu o‘quv qo‘llanma universitet va pedagogika institutlarining «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi», «Musiqa ta’limi», «Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat» yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u dastur asosida yozilgan. Qo‘llanmaning asosiy vazifasi matematikadan tushunchalar berishdan iborat bo‘lib, unda to‘plamlar va mantiqiy mulohazalar, vektorlar va chiziqli algebra elementlari, analitik geometriya elementlari, differensial va integral hisobi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari bayon etilgan. Nazariy materiallar qisqa va aniq bayon qilinib, mavzular bo‘yicha misollar va mustaqil yechish uchun savollar keltirilgan.
-
Matematik analizdan mustaqil ishlar
Qo‘llanma matematik analiz fanini chuqur o‘rganiladigan universitetlarning talabalari tomonidan mustaqil ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u bakalavriatning «Matematika», «Tatbiqiy matematika va informatika» va «Mexanika» yo‘nalishlari Davlat ta‘lim standartlariga mos keladi. Qo‘llanma ketma-ketlik va funksiya limiti, bir o‘zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning limiti, uzluksizligi va differensial hisobi, sonli qatorlar, funksional ketma-ketlik va qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog‘liq xos hamda xosmas integrallar, karrali integrallar, egri chiziqli va sirt integrallari, maydonlar nazariyasi elementlari va Furye qatorlari mavzularini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada 8 ta mustaqil ish, 2667 ta misol va masalalar keltirilgan bo‘lib, ulardan 127 tasi batafsil yechim bilan ta‘minlangan.
-
Matematik analizdan misol va masalalar
Ushbu o'quv qo'llanma matematik analizning sonli qatorlar, funksional qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog'liq bo'lgan integrallar bo'limlari bo'yicha talabalarda misol va masalalarni mustaqil yechish ko'nikmasini hosil qilishga mo'ljallangan bo'lib, har bir paragrafda mavzuning nazariy qismidan qisqacha ma'lumot, tipik misol va masalalar batafsil yechimlari bilan keltirilgan.
-
Matematik analiz
Mazkur o'quv qo'llanma universitetlar, pedagogika universiteti va institutlari fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, unda matematik analiz kursi bo'yicha bakalavriat bosqichida o'qitiladigan o'quv materiallari bayon qilingan. Qo'llanma mavjud adabiyotlardan farqli o'laroq talabalar uchun sodda tilda yozilgan. Qo'llanmadan iqtisodiyot, texnika va harbiy oliy ta'lim muassasalari talabalari, shuningdek, matematik analiz kursini mustaqil o'rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
MAKRO-MIKRO IQTISODIYOT ASOSLARI
Ushbu o'quv qo'llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, bakalavrlar hamda iqtisodiyot bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda respublikamizda amalga oshirilayotgan makro-mikro iqtisodiyot elementlari batafsil yoritilgan, bozor iqtisodiyoti tushunchalari, ishlab chiqarish tizimlari hamda iqtisodiyotning asosiy qonuniyatlari bayon etilgan.
-
MADANIYATSHUNOSLIK ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda madaniyatshunoslik fanining nazariy asoslari, madaniyatning mohiyati, vazifalari, tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari, shaxsning ma'naviy shakllanishi va sivilizatsiya jarayonlari yoritilgan. Qo'llanma talabalarning dunyoqarashini boyitish, ularda milliy istiqlol g'oyalari ruhida erkin fikrlash va ma'naviy-ma'rifiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
-
Logistika
Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Logistika» o'quv dasturi asosida o'zbek tilida yaratilgan bo'lib, unda logistika nazariy asoslariga oid masalalar yoritib berilgan. Mualliflar xorijiy mamlakatlar tajribasini sharhlabgina qolmasdan, bevosita mamlakatimiz rivojlanishiga xos bo'lgan ayrim masalalarga yondashish asoslarini atroflicha ochib bergan. Qo'llanma oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, aspirantlar, korxona va tashkilotlardagi logistika xizmati bo'limlari mutaxassislari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda kasb-hunar mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan.
-
Les poètes et les écrivains ouzbeks
Ce manuel présente un recueil de portraits littéraires des représentants éminents de la littérature ouzbek. L'ouvrage vise à faire découvrir aux étudiants des facultés de philologie et aux lecteurs francophones la richesse du patrimoine culturel et spirituel de l'Ouzbékistan, en mettant en lumière les figures historiques et littéraires majeures qui ont contribué au développement de la civilisation mondiale. À travers des notices biographiques et des extraits d'œuvres, le livre permet d'explorer l'héritage intellectuel des savants et poètes ouzbeks, de l'Antiquité jusqu'à l'époque moderne.
-
La France (Histoire, culture, art)
La France est destinée aux étudiants des Instituts pédagogiques, qui se spécialisent en français. Le livre a pour but de faire connaître à nos étudiants les aspects essentiels de la civilisation française (événements historiques, vie sociale, littérature, arts), dès son origine jusqu'à la fin du XIXe siècle. Le présent ouvrage peut être utilisé aux cours de la civilisation et en même temps pour l'étude pratique de la langue française, car il présente de nombreux sujets de composition et de narration orale. Le commentaire détaillé à la fin du livre fournit des notes historiques et des explications philologiques, qui vont aider à une meilleure compréhension des textes. Les textes sont choisis de manière à donner une vue d'ensemble du mouvement littéraire à chaque époque.
-
Kompyuter lingvistikasi
Mazkur o'quv qo'llanma «Kompyuter lingvistikasi» kursi bo'yicha tuzilgan dastur asosida yaratilgan bo'lib, unda matematik va kompyuter lingvistikasiga oid dastlabki masalalar yoritilgan. Qo'llanmada fanning asosiy tushuncha va terminlari, mashina tarjimasi, lingvistik ma'lumotlar bazasini yaratish hamda kompyuter lingvistikasining nazariy va amaliy jihatlari o'z aksini topgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
-
Kompyuter lingvistikasi asoslari
Mazkur qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 5220100-filologiya (o'zbek filologiyasi) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich bakalavr talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar va o'qituvchilarga mo'ljallangan. Unda kompyuter lingvistikasining asosiy masalalari tahlil va talqin etilgan, shuningdek, kitob so'ngida kompyuter lingvistikasining tayanch terminlari lug'ati (glossariy) keltirilgan.
-
Kombinatorika va graflar nazariyasi
O‘quv qo‘llanmada to‘plamlar nazariyasining asosiy tushunchalari, kombinatorikada qo‘llaniladigan usul va qoidalar, asosiy kombinatsiyalar, Paskal uchburchagi, Nyuton binomi, Fibonachchi sonlari, bo‘laklashlar, hosil qiluvchi funksiyalar, graflar nazariyasi elementlari, jumladan, grafning berilish usullari, graflar ustida amallar, marshrutlar va zanjirlar, Eyler va Gamilton graflari, daraxtlar, tarmoqlar, maksimal oqim haqidagi masala keltirilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun misollar va topshiriqlar bilan boyitilgan.
-
Основы философии
В учебном пособии дается системное, с учетом новых методологических подходов, изложение основ философии. Содержание пособия соответствует широко принятой в мире структуре философского знания. Значительное внимание уделяется истории философии, особенно философской мысли народов Узбекистана.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu o'quv qo'llanma jahon adiblari haqida adabiy ocherklar, sharhlardan iborat bo'lib, unda adiblarni guruhlashda ularning qaysi adabiy metodga mansubligiga tayanildi, ulkan jahon adabiyoti ummonining eng muhim bosqichlari to'g'risida umumiy tasavvur berishga va uning yirik namoyandalari hayoti hamda ijodi bilan muxtasar tanishtirishga harakat qilindi. Mazkur qo'llanma Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun mo'ljallangan.