-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (Gandbol)
O‘quv qo‘llanma davlat ta’lim standartlari hamda amaldagi fan dasturlariga ko‘ra ishlab chiqilgan.
-
Olmos kamar
Olmos kamar haqida romanda Alvor va Sheroziyning maftunkor, kashf qilishga undovchi xarakterlari tasvir etilgan, ular qadim zamonlarda, 1950-yillarning boshida Toshkentda zamonaviy hayotning o‘tish davri paytida uchrashadilar. Sheroziy, murakkab munosabatlarning ustasi, Avstraliyaga ko‘chib ketish paytida, uni Harm ko‘chalari orqali amalga oshirishni maqsad qiladi. Alvor esa tuprog‘i serunum bo‘lgan Toshkentni tark etishni xayolidan ham o‘tkazmaydi. Bu ikki obrazning shaxsiy xohishlari, madaniy tabaqasizligi va bu tarixiy davrga yangi zehniyatni olib kelishida ularning roli oshkor bo‘lgan. Ularning qiziqarli hikoyalari o‘quvchilarni qiziqtirib qo‘yadi va Toshkentdagi o‘sha davr hayotini o‘ziga xos ko‘rinishda aks ettiradi
-
-
Nur borki, soya bor
"Nur borki, soya bor" romanida adib inson taqdiri, uning hayot va mamot oʻrtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirgan tuyg'ularini yorqin boʻyoqlarda tasvirlab bergan. Tiriklik atalmish daryo oʻzanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi? Mana shunday savollarga javob topish mumkin boʻlgan, koʻngilga yaqin bu asar sizni oʻylashga, fikrlashga chorlaydi.
-
Ватан ва миллат муқаддасдир:
Халқимизнниг ардоқли шоири Абдулла Орипов илк шеърларидан бирини «Мен нёчун севаман Ўзбекистонни?» деб номлаган эди.
-
Noma'lum ayol maktubi
Avstriya yozuvchisi Stefan Sveygning asarlari ayol qalbining nozik kechinmalarini haqqoniy va bor murakkabligicha tasvirlab berishi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat, ayniqsa, uning Murabbiya», Nomalum ayol maktubi, Bir ayol hayotidan yigirma to'rt soat kabi novellalarida yaqqol koʻrinadi. E'tiboringizga havola etilayotgan kitobga ham biz adibning eng sara asarlarini jamladik. Ishonchimiz komil, bu asarlarni oʻqiganingizda qalbingizda avvallari hech qachon tuymagan noaniq bir tuygʻuni his etasiz. Bu tuygʻu sabab odamlar olomoni ichida aslida sizning kim ekanligingiz, maqomingiz qanday - shu kabi savollarga voqealar silsilasi, qahramonlar ichki olami bilan tanishish asnosida yechim topasiz.
-
-
-
Mening dog'istonim
Til, millat, xalq, qadriyat, Vatan mehri, davr ruhi, sevgi sehri, haqiqat va yolg'on, yaxshilik va yomonlik, tinchlik va urush mavzulari hassosona yoritilgan «Mening Dog'istonim»day asar jahon adabiyotida kam topiladi. Ayniqsa, asar mazmun-mohiyatiga singib ketgan shoirning dilbar she'rlari, purma'no hikmat-hikoyatlari, o'zi ko'rgan ibratli voqealar haqidagi yodnomalari o'quvchilarda o'chmas taassurot qoldiradi. 1971-yilda dunyo yuzini ko'rgan bu asaroʻtgan yarim asr davomida yuzdan ortiq tillarga tarjima qilindi, millionlab nusxada chop etildi. Biroq hamon savdo rastalarida kam topiladigan noyob kitoblar qatorida tilga olinadi. Mazkur kitobning ona tilimizda ko'p nusxada chop etilishi shoirning qadrdon muxlislari qoʻ'llariga bir tuhfaday yetib borish imkonini beradi. Ishonchimiz komil, dunyoga mashhur bu kitob o'zining yangi-yangi muxlislarini topadi va ularning ham sevimli ma'naviy mulkiga aylanadi.
-
Лидерлар китоби
Ўқувчилар эътиборига ҳавола килинаётган ушбу китоб давлат хизматчилари, хусусий сектор вакиллари, ёш олимлар, талаба ва бўлажак Лидерлар ҳаёт йулида кўмакчи бўлади, деб ўйлаймиз.
-
Лидерлар китоби
Ўқувчилар эътиборига ҳавола килинаётган ушбу китоб давлат хизматчилари, хусусий сектор вакиллари, ёш олимлар, талаба ва бўлажак Лидерлар ҳаёт йулида кўмакчи бўлади, деб ўйлаймиз.
-
Marjon shodasi
Gi de Mopassan fransuz novellachiligini yuqori pog'onalarga ko'tarilishiga zamin yaratgan yozuvchilardan biridir. Mamlakatning koʻzga koʻringan tanqidchilari uning ijodi borasida yakdil fikrda edilar. Emil Zolyaning e'tiroficha, u hissiyotlarni noziklik ila jo'sh urdirdi, muloyim mutoyiba va quvlik bilmas surur vositasida omma e'tibori va hurmatini qozondi. Jorj Lemetr Mopassanni klassik yozuvchi deb atadi. Mopassan qisqa umri davomida sof muhabbatni kuyladi, ma'naviy yuksak oddiy kishilarni qadrlab, vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etdi. Mopassan ma'naviy qashshoq, munofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan kam sonli ijodkorlardan biridir. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu to'plamdan turmush qa'riga uloqtirilgan notavonlar hayoti, oddiy kishilar qismati yuksak mahorat bilan tasvirlangan hikoyalar o'rin olgan.
-
Мезон буржи: қиссалар
Биз ёзувчи Асад Дилмуродни илк бор 1978 йили чоп этилган ва “Осмоннинг бир парчаси” номи остида босилган ҳикоялар тўплами орқали таниймиз. Ўша пайтдан буён адиб босқичма-босқич ижодий камол топди, ўзининг бетакрор услуби ва теран фикрлари билан адабиёт майдонида мустаҳкам ўрин эгаллади. Ушбу тўпламга киритилган қиссаларда муаллиф ўқувчини олис тарих сари бошлайди. Ёзувчи эзгулик ва ёвузлик ўртасидаги азалий ва абадий тўқнашувларни қаламга олган ҳолда, инсон табиати, ахлоқий танловлар ва руҳий курашлар моҳиятини ўзига хос бадиий маҳорат билан очиб беради. Эътиборга молик жиҳатлардан яна бири — ҳар бир асарда ўзига хос, ёрқин ва эсда қоладиган бадиий образлар галереясининг яратилиши, ўқувчи қалбида чуқур таъсир қолдиради. Бу жиҳатлар китобни нафақат бадиий, балки маънавий жиҳатдан ҳам қимматли асарлар қаторига қўшади.
-
Ko'hna dunyo
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov oʻzining tarixiy romanlari bilan nafaqat oʻzbek kitobxonlari, balki chet ellik kitobxonlarning ham mehrini qozongan. Adib,Koʻhna dunyo" romanida ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha boʻlgan davrni jonli va rangli boʻyoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Har ikki ulug' ajdodimizning hayoti va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasini badiiy obrazlarda aks ettirgan ushbu asar bugungi kun oʻquvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
-
-
Kecha va kunduz, Birinchi kitob – КЕСНА
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Cho'lpon (1898-1938) – shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, va jamoat arbobi. «Sadoi Turkiston», «Daгxon», «Yangi Sharq», «Ishtirokiyun», «Buxoro axbori» gazetalari va «Mushtum», «Guliston» kabi jurnallarda faoliyat yuritgan.