-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Analizning xromatografik usullari.
O‘quv qo‘llanma analizning xromatografik usulilaridan biri bo‘lgan suyuqlik xromatografiyasining barcha turlarining nazariy asoslarini qamrab olgan bo‘lib, har bir turning o‘ziga xosligi, nazariy asoslari , ishlash texnikasi , sifatiy va miqdoriy analiz usullarini qanday amalga oshirish yo‘llari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma namunaviy va ishchi o‘quv dastur asosida yozilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan kimyo mutaxassisligi bo‘ycha ta’lim olayotgan talabalar hamda magistrantlar va analiz jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari, laborantlar va texnik xodimlar foydalanishlari mumkin.
-
Oliy matematikadan mustaqil ishlar
O‘quv qo‘llanmada analitik geometriya, limitlar nazariyasi, bir o‘zgaruvchi funksiyalarning differensial va integral hisobi va ularning tatbiqlari bo‘limlari qaralgan. Har bir mavzu uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar, namunaviy misol va masalalar to‘liq echimi bilan keltirilgan, mustaqil o‘zlashtirish uchun berilgan misol va masalalarning javoblari berilgan. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Kimyo
Mazkur o`quv qo`llanma 650 00 - Harbiy bo`lim (Yong`in havfsizligi, texnosfera xavfsizligi) mutaxasislari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda organik kimyoning rivojlanishga katta hissa qo`shgan jahon hamda O`zbekiston kimyogarlarining ishlari aks ettirilgan va organik birikmalarning O`zbekistondagi asosiy tabiiy manbalari, ularni qayta ishlash hamda moddalarni yonish va fizik hossalari bayon qilingan.
-
Острый панкреатит
Изложены основы патофизиологии острого панкреатита, современные взгляды на механизмы развития и роль синдрома системного воспалительного ответа и полиорганной недостаточности в патогенезе заболевания. Представлены классификация острого панкреатита и его осложнений, принципы диагностики и дифференциальной диагностики заболевания. Большое внимание уделено проблемным вопросам оценки тяжести и прогнозирования течения заболевания, патогенетическому обоснованию интенсивной терапии тяжелого острого панкреатита, определению показаний и выбору рациональной тактики оперативного лечения некротического панкреатита и его гнойных осложнений.
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Turkiy tillarning grammatik tizimi, umumturkiy taraqqiyot davri va hozirgi rivojlanish boqsqichidagi fonetik-fonologik, leksik-semantik, struktur-grammatik xusussiyatlari haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan.Qo'llanma o'zbek tili, qardosh turkiy tillar va rus tilidagi mavjud adabiyotlar asosida tuzilgan bo'lib, fanning asosiy masalalarini qamrab oladi.
-
Amaliy suyuqlik mexanikasi
O'quv qo'llanmada suyuqlikning fizik hossalari, gidrostatik bosimini aniqlash va ixtiyoriy sirtga ta'sir etuvchi kuchini topish, uzluksiz va D.Bemulli tenglamalari, yo'qoIgan damlar, qo'ndirg'ichlardan suyuqlikning oqib chiqishi, oddiy va murakkab bo'lgan quvurlarni gidravlik hisoblash gidravlik zarba, o'zan va kanallarda suvning tekis va notekis harakatlari, suv oqib tushirgichlardagi suvning harakatlari, yer osti suvlarining sizilish harakatlari ko'rib chiqilgan.
-
Методы защиты от коррозии подвижного состава и металлоконструкций железнодорожного транспорта
Изложены вопросы организации контроля технического состояния и учета потерь от коррозии металлов на железнодорожном транспорте, влияния коррозии на несущую способность, надежность и долговечность подвижного состава и транспортных металлоконструкций. Приведены способы эффективной зашиты от коррозии: применение коррозионно-стойких конструкционных материалов, металлических и органических защитных покрытий, ингибиторов коррозии, пленкообразующих ингибированных нефтяных составов, ингибированных консервированных смазок, ограничение блуждающих токов. Описана технология подготовки поверхности к окраске с использованием модификаторов ржавчины.
-
Axborot xavsizligi
Kompyuter tarmoqlari va tizimlariga tahdid xillari hamda lokal va korparativ tarmoqlarini Internet hujumlardan himoyalash usullari va vositalari muhokama etiladi. Elektron biznes va elektron tijoratda axborot xavsizligini ta'minlash muammosiga alohida e'tibor beriladi. Axborot xavsizligi konsepsiyasi ta'riflanadi va tarmoqlarda xavsizlik siyosati aniqlanadi.
-
Острый панкреатит
В учебном пособии рассматриваются основные вопросы этиологии, патогенеза, классификации, клиники, диагностики и лечения острого панкреатита с учетом современных позиций. Учебное пособие предназначено для студентов медицинских вузов, врачей-интернов, клинических ординаторов хирургического профиля, начинающим хирургам, а также может быть полезно опытным коллегам.
-
Sport psixologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Sport psixologiyasi”fanidan yaratilgan bo‘lib, sport psixologiyasi fanining nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib fanning predmeti, rivojlanish tarixi, sportchilarda milliy mafkuraviy bilim va malakalarni shakllantirish uslublari, sportchi shaxsini bilish jarayonlari, irodaviy emotsional holatlari, individual xususiyatlari, emotsional zo‘riqishlari, emotsiyalarni boshqarish uslublari, sportchining imkoniyatlari, sport faoliyatining psixologik xususiyatlari, sport musobaqalarining psixologik tahlili kabi dolzarb mavzular haqida fikr yuritiladi. O‘quv materiallarida jadvallar, o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi nazorat qilishlari uchun savollar, psixodiagnostik metodlar, psixokorreksion ko‘rsatmalar berilgan. Mazkur qo‘llanmada keltirilgan barcha nazariy va amaliy mavzulaming mazmuni sport psixologiyasi fanining amaldagi dasturiga to‘la mos keladi. Qo‘llanmada mavzu bo‘yicha nazorat savollari ham keltirilgan. Ushbu qo‘llanma universitetning 5210203–Psixologiya (amaliy psixologiya)bakalavr yo`nalishidagi talabalari, sport maktablari murabbiy va talabalari uchun tavsiya etilgan.
-
Тижорат банкларининг ресурсларини бошқариш
Ушбу ўқув қўлланмада тижорат банкларининг актив ва пассивларини бошқариш фанининг предмети, методи, банк ресурсларининг ташкил топиш манбалари, актив ва пассивларни самарали бошқариш усулларига оид масалалар батафсил ёритилган. Ўқув қўлланма намунавий ўқув дастури асосида тайёрланган бўлиб, олий ўқув юртлари талабалари ва ўқитувчилари, илмий ходимлар, раҳбар ва мутахассислар батафсил ёритилган.
-
Mehnat gigiyenasi
Mehnat gigiyenasining o'rganish ob'ektlari bo'lib ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyati, jihozlar va ishlov beruvchi materiallar, mehnatning sanitar sharoitlari, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil qilinishi,ishchilar organizmida ish bajarish ta'sirida kelib chiqadigan fiziologik funksiyalarni o'zgarishlarni,sanitar-texnik, moslamalarning, shahsiy himoya vositalarining gigienik samaradorligi va boshqalar hisoblanadi.
-
O'zbek tili va men
O'zbek tilini boshqa tilda so'zlashuvchilarga qulay usullar yordamida o'rganish uchun yordam beradi.
-
Ekologik jarayonlarni modellashtirish.
O`quv qo`llanma ekologik jarayonlarni modellashtirish dasturi asosida yozilgan bo`lib ekologiya va atrof-muhitmuhofazasi bo`yicha barcha ma`lumotlar keng yoritib berilgan barcha bakalavriat yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Mexanika. Materiallar qarshiligi
Darslik О‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan na’munaviy dasturlar asosida yozilgan bo‘lib, 5320300 - texnologik mashinalar va jihozlar, 5320200 -mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, 5313600 -metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari ta’lim yo'nalishlari bo'yicha ta’lim oladigan oliy texnika o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Axborot tizimlari
Oʻquv qoʻllanmada fanni oʻqitishdagi maqsad va vazifalar, har bir mutaxassis egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakaga qoʻyiladigan talablar, fanning nazariy va amaliy mashgʻulotlari mazmuni va unga doir tavsiyalar, mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni, foydalanilgan asosiy darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar roʻyxati keltirilgan.