-
Qurilish. Arxitektura
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
O'zbek tili (2)
Mazkur o'quv qo'llanma akademik litseylarning rus guruhlari o'quvchilarning o'zbek tilida og'zaki va yozma nutqini boyitish, o'zbek adabiyoti namunalaridan bahramand qilish maqsadida tayyorlangan. Qo'llanma ta'lim jarayoniga tatbiq etilgan O'zbek tili namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
Beton va temirbeton texnologiyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada beton va temirbeton texnologiyasi bo‘yicha asosiy ma'lumotlar, O‘zbekiston Respublikasida beton va temirbeton buyumlarini ishlab chiqarish o‘rni va beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi holati, beton haqida asosiy ma'lumotlar, beton uchun ishlatiladigan materiallar ya'ni bog‘lovchi moddalar, beton uchun yirik to‘ldiruvchilar, beton uchun mayda to‘ldiruvchilar, beton uchun ishlatiladigan suv, beton xossalarini yaxshilash uchun qo‘shimchalar haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, beton va temir beton ishlab chiqarish zavodlari va to‘ldiruvchilar ombori, sement saqlash ombori, beton qorish sexi, armatura sexi, qoliplash sexi, temirbeton buyumlarga issiq ishlov berish kamerasi, texnologik jarayonni tashkil qilish asoslari, zamonaviy qoliplash usulini tashkil qilish bo‘yicha ma'lumotlar berilgan.
-
Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash II qism
"O‘quv qo‘llanmada avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, markazlashgan texnik xizmat ko‘rsatish bazalari, servis markazlari, avtovokzal va avtostansiyalar, yonilg‘i quyish stansiyalari, logistik markazlar, tashxislash markazlari va avtosaqlash joylarining tasnifi, tarkibi, turlari va vazifalari, ularni texnologik loyihalashning uslubiyati, me’yorlari, ularni rejalashtirish bo‘yicha namunalar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga mos keladi va 5310600 – “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan"
-
Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash I qism
O‘quv qo‘llanmada avtotransport tarmog‘i korxonalarining tasnifi, tarkibi va vazifalari, ishlab chiqarish texnika bazasini rivojlantirishning shakl va yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, avtotransport korxonalarini texnologik loyihalashning uslubiyati, me’yorlari, avtotransport korxonalarining texnologik hisobi va ularni rejalashtirish bo‘yicha namunalar keltirib o‘tilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga mos keladi va 5310600 – “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan.
-
Qurilish ekologiyasi
Mazkur o’quv qo’llanmada fanining maqsadi, asosiy vazifalari, mazmuni, O‘zbekistan respublikasida ekologik vaziyat va siyosat, atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va xuquqiy asoslari, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardai samarali foydalanish, tuproqlarni muhofaza qilish va uning ifloslanishi, qurilish ekologiyasi, shaharsozlik ekologiyasiniig asoslari, bino va inshootlar qurilishida energiya va resurs tejamkorlik masalalari to’liq yoritilgan.
-
Sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish
Ushbu o’quv qo’llanma 5112000- Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib unda sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish fanida yakkakurash sport turlari, sport o’yinlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish jarayonida talabalarni nazariy bilim amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish masalalari yoritilgan
-
Sotsial psixologik trening
Ushbu o'quv qo'llanmada zamonaviy psixologiyaning muhim sohalaridan biri bo'lgan treninglarni tashkil etish va o'tkazishga doir muhim mavzular keng doirada yoritilgan. O'quv qo'llanmada psixologik trening turlari, trener shaxsiga qo'yiladigan talablar, psixologik treningni tashkil etish jarayoni, psixologik trening o'tish texnikasi kabi mavzular keng doirada qamrab olingan.
-
Qurilishda menejment
Mazkur o‘quv qo‘llanmada xo‘jalik ishlab chiqarishi negizida menejmentning asosiy tamoyillari, xususiyatlari, shuningdek, uning funktsiyalari va tarkibi, tashkiliy shakllari, usullari, qurilish menejmentida qo‘llaniladigan axborot-texnik vositalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, so‘nggi tsivilizatsiya natijalari sanalgan ilmiy-texnika taraqqiyoti tizimiqali menejmentda faoliyatni ilmiy tashkil etish, eng asosiysi, xodimlar menejmenti va unga ta’sir vositasi sanalgan menejment faoliyatida motivlashtirish jarayonlari keltirilgan.
-
Марказий осиё-буюк ипак йўли тизимида
Мазкур ўқув кўлланма ёш авлод онгига ватанимиз тарихида ўчмас из қолдирган Буюк Ипак йулининг тарихий ахамиятини сингдириш, унинг қадим-қадимдан ёнма-ён яшаб келган халклар маданий хаётидаги муҳим ўрнини англаб олишларига кўмаклашиш, ушбу ўқув кўлланманинг олдига қўйилган асосий мақсаддир.
-
Avtomobillar maxsus kursi.
Ushbu o’quv qo’llanma transport vositalari konstruktsiyalarini tajriba natijalari bilan tasdiqlangan qonunlarini nazariy keltirib chiqarishni o’z ichiga oladi. O’quv qo’llanmada avtomobil tasnifi, avtomobillar konstruktsiyasiga qo’yiladigan talablar, transport vositalari kuch uzatmasi, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, differentsial va yarim o’qlar konstruktsiyalari, ularga tushadigan yuklanishlar hisobi, rama va yurish qismi tasnifi, ularga qo’yiladigan talablar, rul boshqarmasi va tormoz tizimini hisoblash rejimlari mukammal bayon qilingan. Bundan tashqari bob bo’yicha nazorat savollari, tayanch so’zlar to’plami ham berilgan bo’lib, talablarning fanni mukammal o’zlashtirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
-
Инвестиционный потенциал региона: Теория. Проблема. Практика.
В книге доктора экономических наук Ф. С. Тумусова рассматриваются теоретические и практические вопросы формирования и оценки инвестиционного потенциала региона, пути повышения эффективности экономики Республики Саха, алмаза-бриллиантового комплекса. Особое внимание уделено выбора научно обоснованных приоритетов инвестирования.
-
Высшая математика
Представлены конспекты лекций и задачи по курсу «Высшая математика», содержащие основные понятия дифференциального исчисления функции нескольких переменных, интегрального исчисления, теории дифференциальных уравнений, теории рядов и теории вероятностей. Предназначено студентам экономических специальностей, изучающих курс «Высшая математика» во втором семестре.
-
Struktur tilshunoslik: Ildizlari va yo'nalishi
XX asrning oxirgi choragi va XXI asr boshlaridagi o‘zbek tilshunosligi ham ana shunday jarayonni o‘z boshidan kechira boshladi. Ayyub G‘ulom asos solgan o‘zbek ilmiy tilshunosligi yutuqlarini e’tirof etgan va unga tayangan holda, o'zbek tilining ichki struktur belgilarini yoritishga yordam beradigan yangi tadqiqot metodlarini qo‘llashga intilish kuchaydi. Bunga shu davrda ro‘y bergan sotsiolingvistik jarayon qulay imkoniyat yaratdi. Sobiq sovet imperiyasining kuchsizlanishi va bu imperiya tarkibiga zo‘rlik bilan birlashtirilgan respublikalarda milliy o‘z-o‘zini anglash hissining kuchayishi har bir respublikada davlat tili uchun kurashish harakatining boshlanishiga, ayni paytda, tilshunoslik fanida ham shu kungacha amalda bo‘lgan tadqiqot metodlariga shubha bilan qarash kayfiyatining tug‘ilishiga sababchi bo'ldi.
-
Цифровая экономика и электронная коммерция
В учебном методологическом пособии раскрыты теоретико- методологические основы цифровой экономики. В пособие дается ряд слайдов по цифровой экономике и электронной коммерции.
-
Avtomobillar ekologik xavfsizligi
O’quv qo’llаnmаdа trаnspоrt vоsitаlаrining tехnik hоlаti, ishlаsh qоbiliyati, qism vа birikmаlаrning hаr хil оmillаr tа’siridа eskirishi, yеyilishi hаqidа tushunchа bеrilgаn bo’lib, ulаrning ekologik xavsizligi bаyon etilgаn hаmdа Biоsfеrаning hаqiqiy hоlаti to’g’risidаgi mа’lumоtlаrgaz аsоslаnib insоnlаrning hаyoti vа fаоliyatigaz jiddiy tа’sir ko’rsаtuvchi sаnоаt vа trаnspоrt оb’еktlаri tоmоnidаn аjrаlib chiqаyotgan zararli chiqindilаridаn ulаrning himоya qilishning usullаri yoritilgаn.
-
Texnologik yondashuv asosida pedagogika kolleji o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish
Mazkur o'quv qo'llanmada pedagogika kollejlari o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish dolzarb muammo ekanligi, pedagogika kolleji o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish mazmuni, texnologik yondashuv asosida pedagogika kollejlari o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari hamda pedagogika kolleji o'quvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish texnologiyasi yoritib berilgan.