-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Tarixiy o'lkashunoslik fanini o'qitishda mahalliy materiallardan foydalanish
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, ,,Ta'lim markazi '' tomonidan tasdiqlangan dasturga asoslanib tuzildi.
-
Moyli ekin urug`larini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Moyli ekin urug`larini saqlash va qayta ishlash, o`simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi borasidagi mahalliy va chet eldagi ilg`or tajribalarini hisobga oigan holda, moy xom fshyo turlari va ularni sifatiga qo`yiladigan talablar, moyli xom ashyo saqlash, tozalash va quritish, moyli urug`larni qayta ishlashga tayyorlashjarayonlari batavsil yoritilgan.
-
Mehnat sotsiologiyasi
O`quv qo`llahmada inson va jamiyat faoliyatining negizi bo`lgan mexnat to`g`risida tasavvur beradigan mexnat sohasidagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalarningnazariy mazmuni tahlil qilinib, ish bilan bandlik va mexnat bozorining mohiyati ochib berilgan.
-
Demografik tahlil
Ushbu o`quv qo`llanmada demografik tahlil usullari, ko`ndalang va bo`ylama tahlil, demografik koeffitsientlar va ehtimolliklar, Leksis setkasi, doimiy aholisi sonini baholash, demografik balans, demografik koeffitsentlarni standartlashtirish usullari, nikohlar va ajralishlar tahlili, shartli va real avlod uchun yoritilgan.
-
Ekologiya
Mazkur oʻquv qoʻllanmada ekologiya, uning asosiy tushunchalari, organizmlar oʻrtasidagi munosabatlarning asosiy xillari va muhim jihatlari boʻyicha batafsil ma’lumot va tushunchalar keltirilgan.Oʻquv qoʻllanma oliy ta’lim muassasalarining «5140100-Biologiya” ta’lim yoʻnalishi talabalariga moʻljallangan.
-
Лойиҳалаш
Ушбу укув кулланма Амалий санъат асарларини таъмирлаш йўналишида таҳсил олувчи 1 курс талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда талабаларга 1 курсдаги мавзулар юзасидан қўлланмалар ишлаб чиқарилган. Чет эл хорижий адабиётларидан фойдаланган ҳолда сирланган ва сирланмаган сопол буюмларни лойиҳалаш асосида таъмирлаш жараёнлари кўрсатилган.
-
Jahon adabiyoti terminlarining izohli lug‘ati
Jahon adabiyoti asarlari umumiy o‘rta ta’lim (maktab), o‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey va kollej)larning o‘quv dasturidan o‘rin olgan. Universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakultetlarida “Jahon adabiyoti tarixi” fani o`tiladi. Hozirgi kunda o‘zbek tilida qo‘llanayotgan adabiyotshunoslik terminlari ko‘lami benihoya keng. Ularning kattagina qismini jahon adabiyotiga aloqador terminlar tashkil etadi. Mazkur qo`llanma fan dasturlari asosida hozirga qadar tuzilgan adabiyotshunoslik lug`atlariga tayangan holda tuzildi. Unda hozirgi o‘quvchi-yoshlar va talabalarga milliy adabiyot bilan bir qatorda jahon adabiyoti durdonalarini ham o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Qollanma umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik listey o‘quvchilari, filolog talabalar hamda o‘qituvchilarga mo`ljallangan.
-
Geosiyosat asoslari
Ushbu o‘quv qo'llanmada «Geosiyosat asoslari» fanining predmeti, maqsad va vazifalari, geosiyosat tushunchasi va uning tarixiy shakllanish bosqichlari, geosiyosat borasidagi klassik maktablar hamda zamonaviy konsepsiyalar, hozirgi zamon globallashuv sharoitida kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlaming geosiyosiy tahlili, mintaqaviy xavfsizlik va milliy manfaat tushunchalari atroflicha yoritilgan.
-
Ekologiyaning nazariy asoslari
Umumiy ekologiya yoki ekologiya asoslari yo'nalishida chop etilgan o'quv adabiyotlaridan farqli ravishda, falsafaning fan va fanlar metodologiyasida barcha fanlar uchun qo'yiladigan talablardan kelib chiqqan tarzda bayon etilgan. Qo'llanma takrorlash uchun savollar va topshiriqlar, glossariy hamda jadval rasmlar bilan boyitilgan.
-
Korporativ boshqaruv jarayonlarini iqtisodiy matematik modellashtirish
Korporativ boshqaruv jarayonlarini iqtisodiy matematik modellashtirish fani jamiyatning iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida kompaniyalar faolbyatida korporativ boshqaruvning mohiyati,iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida monopolistik faoliyatni cheklashning ahamiyati,korporatsiyalar raqobatdoshligini oshirishda davlatning monopoliyaga qarshi siyosati,korporatsiyalarda sog`lom raqobat muhitini shakillantirish.
-
Falsafa tarixi ("antik davr falsafasi" qismi)
O'quv qo'llanmada falsafiy tafakkur tarixining Qadimgi Sharq va G'arbdagi asosiy ta'limotlari, stixiyali tarzda shakllangan oqimlari, yo'nalishlari, o'z davrida mashhurlikka erishgan allomalarning qarashlari bayon qilingan. Unda Qadimgi dunyo mifologiyasi, old falsafa va falsafaning shakllanishi va rivojlanishiga oid ma'lumotlar va ularning hozirgi davr fani va falsafasi bilan bog'liq jihatlariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Фермер хўжалиги иқтисоди
Ушбу қўлланмада аграр соҳада ишлаб чиқаришни ташкил этишнинг илғор шаклларидан бири ҳисобланган фермер хўжаликларининг илмий-назарий асослари, мавжуд манбалардан оқилона фойдаланиш ҳамда уларни муваффақиятли бошқариш билан боғлиқ бўлган масалалар атрофлича ёритилган. Бундан ташқари, бошқаришнинг асосий кураги ҳисобланган бизнес режа ва уни тузиб чиқишнинг услубий асосларига алоҳида аҳамият берилган
-
Tarix falsafasi va metodologiyasi.
O'quv qo‘llanma «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizasiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rgatadi.
-
Iqtisodiy sistemologiya
Ushbu o`quv qo`llanmada respublikamiz milliy iqtisodiyotda murakkab, dinamik o`zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida taxlil qilinib, raqobat muxiti va bozor sharoitlarini o`rganib, ularning mohiyati va qonuniyatlarini chuqur taxlil qilishda iqtisodiy- matematik usullar va modellardan foydalanish, iqtisodiy ko`rsatkichlarni prognjzlashni yoritib beradi.
-
Sharq mamlakatlarining bog'-park san'ati
Ushbu qo'llanmada Yaqin, O'rta va Uzoq Sharq mamlakatlari: Misr, Ossuriya, Bobil, Eron, Turkiya, Movarounnahr, Shimoliy Hindiston Pokiston, Xitoy va Yaponiyaning qadirngi va o'rta asrlardagi, shuningdek, zamonaviy bog'-park san'ati keng bayon etilgan, O'rta Osiyoning Amir Temur va temuriylar davri bog'-saroylari Shimoliy Hindistondagi Bobur va boburiylar davri bog'-parklari bilan qiyoslangan. «Chorbog'» usIubidagi O'rta Sharq mamlakatlari va O'rta Osiyo bog'Jariga keng tavsif berilgan.
-
Vokal va zamonaviy musiqa
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining musiqa va san’at fakultetlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda talabalarning badiiy-ijrochilik tomonlarini puxla o'zlashtirilishiga, ulaming qo‘shiqlari repertuarini xilma-xil shakl va xarakterdagi rang-barang asarlar bilan boyitib borishga alohida e’tibor berilib unga o‘zbek kompozitorlarining yangi asarlari, musiqali dramalardan parchalar, romanslar, ariyalar, xalq qo‘shiqlari kiritilgan.