-
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
San’at. San’atshunoslik
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Qoralama va xomaki chizgila
Ushbu uslubiy-qo`llanmada tezchizgi qoralama va xomaki chizgilarning borliqni estetik anglashdagi roli ochib berilgan. Misol tariqasida mashxur zamonaviy va o‘tmishdagi rassom mualliflarning qoralama va xomaki chizgilari tahlil qilinadi. Qoralamalarning harakterli va tipik bajarilish usullari, tezchizgilarning psixologik mexanizmi yoritilgan. Kitobdagi asosiy diqqat qoralama va xomaki chizgilarning bajarilish usul va uslublariga qaratilgan. Ularni bajarishda qaysi ashyolardan qanday foydalanish yo`llari misollar bilan tushuntirilgan. Turli ob’ektlar, maishiy predmetlar, meva-sabzavotlar, manzara, jonzotlar, inson qomati va borliq haqiqiyligining ko`rsatilishi amaliy namunalar yordamida ochib berilgan.
-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий мажлисга Мурожаатномаси
Ушбу услубий кўрсатмада Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий мажлисга Мурожаатномасида сўзлаган нутқи баён этилган. 2019 йилда мамлакатимизни ривожлантиришнинг энг муҳим устувор вазифалари тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг Парламентга Мурожаатномасини баён этилган. Бугун биз шиддат билан ўзгариб бораётган замонда яшамоқдамиз. Дунё миқёсида манфаатлар кураши, рақобат тобора авж олиб, халқаро вазият кескинлашиб бормоқда. Биз келгуси йил учун амалий режалар тузар эканмиз, халқаро майдондаги ана шундай мураккаб вазиятни ҳисобга олган ҳолда, тараққиётимизнинг устувор йўналишларини аниқ-равшан белгилаб олишимиз зарур.
-
Ландшафтшунослик асослари
Мазкур ўқув-услубий қўлланма ландшафт ҳақида тушунча, ландшафт хосил қилувчи омиллар, ландшафт компонентлари, геотизимлар тўғрисидаги маълумотлар, ландшафтлар морфологияси ва динамикаси, ривожланиш қонуниятлари, махсус фаолияти, ландшафтлар таснифи ва районлаштариш масалалари, антропоген ландшафтлар ва уларни вужудга келтирувчи кучлар, ландшафтлардан фойдаланиш ва муҳофаза қилишга оид мавзулар ўз ифодасини топган.
-
Ҳалқимизнинг оташқалб фарзанди
Шароф Рашидов қобилиятли рахбар бўлиш билан бирга, ўз даврининг кузга куринган ёзувчиси ҳам эди. Адабиётшунос олимларимиз маколаларида «Ғолиблар», «Бурондан кучли», «Кудратли тулқин», «Кашмир қушиғи» каби асарлари тадқиқ этилган.
-
Ўзбекистон вилоятлари топонимлари
Мамлакатлар ўртасида ва мамлакат ичида иқтисодий, тижорий, таълимий ва туристик алокалар авж олган сари хариталарга, географик объектларнинг сифатларини сир саклаган топонимларга, уларнинг таркибидаги термин -сузлар маъносига кизикиш тобора ортиб бормокда. Лекин, Республикамиз айрим вилоятларининг топонимлари шаклан ва мантикан маълум даражада бошқаларникидан фарқ қилади. Шуни эътиборга олган ҳолда ҳар бир вилоят ва Қоракалпоғистон топонимлари айрим-айрим тартибда изоҳланди.
-
Тафаккур эркинлиги
Ушбу китоб тафаккур эркинлиги масаласига бағишланган. Унда тафаккур эркинлиги нима унга қандай эришилади деган саволларга жавоб изланади тафаккурнинг тарихий шакллари ва тафаккурга таъсир кўрсатувчи омиллар хақида сўз юритилади.
-
Tarix fanlaridan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish usullari
Tarix o'qitish metodikasi yo‘nalishi o'quv rejasiga kiritilgan “Tarix o'qitish jarayonini loyihalash”, “Arxeologiya” va “Tarix o'qitish nazariyasi va metodikasi” fanlaridan laboratoriya maslig'ulotlarini bajarish mobaynida talabalar, tarix fanlarini o'qitishni zamonaviy asosda tashkil etish uchun lozim bo ‘Igan uslubiy jarayonlarni o'zlashtirishlari talab etiladi.
-
O`simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi
"O`simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi" fanidan "Oziq-ovqat texnologiyasi"yo`nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish bo`yicha uslubiy qo`llanma sifatida foydalanishga mo`ljallangan bo`lib, unda moyli urug`larni analiz qilish, moyli urug`lardagi namlik, iflos va moyli aralashmalarning massa ulishini aniqlash, paxta chigitining analiz qilish usuli va boshqa ma'lumotlar to`g`risida bayon qilingan.
-
Ёшлар тарбиясида илмий меросимизнинг ўрни
Мазкур рисолада Ўрта Осиё халқларининг таълим-тарбияга оид илмий меросимизнинг етук, баркамол инсонларни тарбиялашдаги аҳамияти ёритилган Рисола мактаб ўқувчилари, олий ва ўрта махсус таълим талабалари, аспирантлар, ўқитувчилар ҳамда мазкур масала билан қизиқувчи китобхонларга мўлжалланган.
-
Biologiya o'qitish metodikasi
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining biologiya o'qituvchilari shuningdek, pedagogika oliy o'quv yurti talabalari va magstrantlariga mo'ljallangan bo'lib, unda biologiyani o'qitishning umumiy masalalari biologik ta'lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish usullari, ta'lim mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish biologiya darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo'llari ishlab chiqilgan
-
Chiziqli algebradan teoremalar va masalalar
Mazkur qo'llanmaning asosiy maqsadi talabalarda chiziqli algebra faniga oid bilim va ko'nikmalarini oshirishdan iborat. Qo'llanmada har bir mavzuga oid nazariy ma'lumotlar barafsil keltirilgan bo'lib, mavzuga oid ko'plab misollar yechib ko'rsatilgan hamda mustaqil yechish uchun topshiriqlar keltirilgan.
-
Mehnat resurslarini boshqarish
Ushbu o'quv qo'llanmada mehnat resurslarini boshqarishning nazariy asoslari, mehnat resurslarining takror barpo bo'lishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, mehnat bozorini tartibga solish va boshqarish, mehnat resurslari balansini tuzish uslubiyoti, korxonalarda xodimlarni boshqarishstrategiyasi va taktikasining mohiyati, mazmuni va xususiyatlari, yuqori malakali kadrlarni shakllantirish va xodimlarni boshqarishning mezonlari, o'lchovlari va ko'rsatkichlari, xodimlarni professional tanlash, o'qitish, malakasini oshirish va lavozimlarga biriktirish va ko'tarish masalalari, xodimlarni ishga qabul qilish va undan bo'shatish hamda xodimlarni boshqarishning hududiy -me'yoriy asoslari, mehnat resurslarini boshqarish bo'yicha ish yuritish asoslari va zaruriy hujjatlarni to'g'ri va tez rasmiylashtirish, xodimlarni boshqarish samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo'llari yoritilgan.
-
Гражданские и промышленные здания. Курсовое проектирование
Изложены основные сведения о проектировании малоэтажных гражданских зданий со стенами из мелкоразмерных элементов в объеме, необходимом для выполнения курсового проекта. Рассматриваются этапы проектирования с учетом использования современных строительных материалов и конструкций, приведены примеры выполнения архитектурно-строительных чертежей. В приложении имеются справочные материалы, примеры заполнения таблиц, конструктивного решения основных узлов, ведомости жилых и общественных зданий и сооружений. Даны указания по составлению пояснительной записки в соответствии с требованиями ЕСКД и СПДС.
-
Tanovar raqsi jilolari
Mazkur kitob "Tanovar" raqs jamoasi faoliyatiga bag'shlangan. "Tanovar" raqs teatri ijodiy jamoasining vujudga kelishi va o'zbek san'atida o'z o'rniga ega bo'lishi bu juda muhim voqeadir. O'zbek xalq raqsi san'ati juda ham boy, ammo, afsuski, ko'p raqslar unitilgan. "Tanovar" raqs jamoasi hamda uning rahbari Yulduz Ismatovaning beqiyos xizmati shundaki, ular ko'xna raqslarni tiklab, yangilari bilan boyitishgan. Ushbu qo'llanma raqs bilim yurti talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Бошқарув ҳисоби фанидан масалалар туплами
Мазкур услубий қўлланма “Бошцарув хисоби" фани буйича ўтиладиган назарий мавзуларни амалий жиҳатдан мустаҳкамлаш ва ўзлаштириб олишда асосий манба бўлиб хизмат қилади. Услубий қўлланма 5230900- “Бухгалтерия х,исоби ва аудит” таълим йуналиши ўқув режаси ва дастури асосида тайёрланган бўлиб, у харажатларни бюджетлаштириш, истиқболда хужалик субъектлари тараққиётини белгиловчи лойиҳалар таҳили, сегментлар буйича ҳисобот тузиш, самарали трансферт баҳоларини шакллантириш, боиқаришда самарали қарорларни қабул қилишнинг назарий-услубий ҳамда ташкилий асосларини ўрганиш буйича талабаларда тушунча ва кўникма ҳосил қилишга мўлжалланган.
-
Dunyo mamlakatlari
Ushbu dunyo mamalakatlari ensiklopediyasi avvalo 7-9-sinflar o'quvchilari, abituriyentlar va geografiya fani bilan qiziqadigan barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. Kitobxon ushbu kitobdan dunyoning xohlagan mamlakati, qit`asi haqida to'liq malumot olishi mumkin. Ensiklopediyadagi maqolalar Yevropa, Osiyo, Afrika,Amerika yoki Avstraliya va Okeaniya dunyoning qaysi qit`asiga tegishliligiga qarab guruhlashtirilgan va alohida boblarga(bo'limlarga) ajratilgan.