-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Xalq tibbiyoti
Darslikda xalq tibbiyotining umumiy va xususiy masalalari yoritilgan, uning klassik va zamonaviy shakllari berilgan, shuningdek, kitob asosiy vaqt ekstremal holatlarda amaliy ko‘nikmalarni qo'llashni shakllantirish masalalariga ham bag'ishlangan va tibbiyot institutlari talabalari uchun xalq tibbiyoti bo'yicha dasturga muvofiq yaratilgan.
-
VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Darslik mazkur fan bo‘yicha tasdiqlangan zamonaviy dastur talablari asosida yozilgan bo‘lib, talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda jismoniy tarbiya instituti malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va oliy pedagogika o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulteti uchun mo‘ljallangan bo‘lib, voleybol o‘yini texnikasi, taktikasi, psixologik tayyorgarlik va musobaqalar tashkil etish asoslarini qamrab oladi.
-
Umumiy psixologiya
Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, bilish jarayonlari, hissiyot va iroda, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, ularning nerv-fiziologik mexanizmlari va psixik rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Darslik Oliy ta’lim muassasalarining o'qituvchi va talabalariga mo'ljallangan va O'zbekiston Respublikasining Ta’lim to'g'risidagi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida qayta ishlanib, Sharq mutafakkirlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlari bilan boyitilgan.
-
Umumiy ekologiya
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlari tabiatshunoslik fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ekologiya fanining asosiy qonuniyatlari, inson va tabiat munosabatlari, biosfera, ekotizimlar hamda atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq dolzarb muammolar kompleks yoritilgan. Kitobda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda zamonaviy ekologik tadqiqot usullari, biologik xilma-xillik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari ham o‘z ifodasini topgan.
-
Tilshunoslikka kirish
Darslikda til va uning ijtimoiy hodisa sifatidagi o'rni, tilning barcha egallagan bilimlarimizning asosi ekanligi va u orqali tariximiz, o‘tmishimiz haqida tasavvurga ega bo'lishimiz, xullas, uning barcha xususiyatlari, ahamiyati hamda boshqa jihatlar haqida so‘z boradi. Kitob filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Tibbiyot psixologiyasi
Ushbu darslik tibbiyot institutlarining barcha fakultetlarida tibbiyot psixologiyasini o‘qitish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslik klassik va zamonaviy tibbiyotning hamda psixologiya ilmining yetuk namoyondalari ma’lumotlariga asoslanib va O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda tayyorlangan. Darslik 21 bobdan iborat bo'lib, unda tibbiyot psixologiyasining tarixi, miya va ruhiy jarayonlar, neyropsixologiya asoslari, Freyd nazariyasi, psixogigiyena, psixoprofilaktika va deontologiya, psixosomatik tibbiyot, bemorlar psixologiyasidagi o‘zgarishlar, psixodiagnostika va psixoterapiya usullari yoritilgan.
-
Теоретическая фонетика немецкого языка
Учебник отражает основные понятия теоретической фонетики немецкого языка: вопросы общей фонетики, методы фонетических исследований, сведения из истории фонетики, истории письма, о региональных вариантах немецкого языка. В книге подробно анализируется интонация немецкого языка, интонационные средства оформления речи, фонетическая интерференция в звуковой и интонационной системе. Учебник предназначен для студентов-германистов, но может быть использован также аспирантами и преподавателями немецкого языка.
-
Texnologiya
Ushbu darslik 2-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, rangli qog'ozdan turli xil gullar, maketlar, tabriknomalar, o'yinchoqlar, parranda va jonivorlar shaklini yasash, gazlamalardan buyumlar tayyorlash, applikatsiya va mozaika usullari hamda boshqa turli qo'l ishlarini bajarish jarayonlarini o'rgatadi, shuningdek, xavfsizlik qoidalari va turli kasb egalari haqida ma'lumotlar beradi.
-
Texnologiya
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda texnologiya fanidan boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalar, karton va rangli qog‘oz bilan ishlash, tabiiy materiallardan foydalanish, badiiy qurish-yasash, texnik modellashtirish hamda dars jarayonida xavfsiz mehnat usullari va o‘quv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari yoritilgan.
-
Tasviriy san'at
Ushbu darslik 1-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, tasviriy san'atning asosiy turlari, rangtasvir, haykaltaroshlik va ijodiy topshiriqlar orqali bolalarning badiiy dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Tasviriy san'at
Ushbu darslik umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, tasviriy san'at asoslarini, ranglar dunyosini, tabiat manzaralarini tasvirlash va badiiy ijodiy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qiziqarli mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi.
-
Tasviriy san’at
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tasviriy va amaliy san’at asoslarini o‘rgatadi. Kitobda yoz va kuz manzaralarini chizish, kontrast ranglardan foydalanish, naturaga qarab rasm ishlash, naqshlar yaratish, shuningdek, haykaltaroshlik va relyef san’ati haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan. Darslik o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga, san’at ustalari ijodi bilan tanishishga va estetik didni shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Tarix - munavvar ko‘zgu
Ushbu darslik Vatanimiz tarixini, ajdodlarimizning turmush tarzi, ma'naviy-ruhiy kechinmalari hamda tarixiy voqea-hodisalarni o'rganish, yoshlarda tarixiy ongni shakllantirish hamda o'z o'tmishidan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan qadam qo'yishga chorlovchi o'quv qo'llanmasidir.
-
Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi
Ushbu darslik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan bakalavr bosqichi davlat ta’lim standartiga kiritilgan «Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi» predmeti yuzasidan tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Mazkur kurs o‘qitishdan maqsad-tabiiy fanlar g‘oyasi asosida tabiat, atrof-muhit, nabotot olami, hayotning dunyosi va konol bir butunligi, mutanosib gormoniyada ekanligini ko‘rsatishdan iborat.
-
Tabiatshunoslik
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tabiat, jonsiz va jonli tabiat tarkibiy qismlari, tabiat hodisalari hamda insonning tabiat bilan o‘zaro munosabati haqidagi boshlang‘ich bilimlar yoritilgan.
-
Sud va huquqni muhofaza qilish organlari
Darslikda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilikka, Oliy sud Plenum qarorlariga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish faoliyatining tushunchalari, uning belgilari, funksiyalari, sud hokimiyatining mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga tavsif beriladi. Odil sudlovning tamoyillarini izohlash, sudlarning tashkiliy va moddiy-texnik ta’minoti masalalariga, yuridik yordam ko‘rsatishni tashkil qilishga alohida e’tibor berilgan. Bundan tashqari jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish tushunchasi, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlari tizimiga to‘xtalib o‘tilgan.