-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish metodikasi
Ushbu darslik oliy ta’lim tizimi Chaqiriqqacha harbiy ta’lim bakalavriyat yo‘nalishdagi talabalari uchun darslik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarda va talabalarida vatanparvarlik, harbiy burchni anglash, harbiyamaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mukammal bilim manbai hisoblanadi. Darslikda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etishning nazariy asoslari, amaliy mashg‘ulotlar uslublari, harbiy xizmatga tayyorgarlik qoidalari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalari keng yoritilgan.
-
Yarimoʻtkazgichlarda kinetik jarayonlar
Ushbu darslik talabalarga yarimo‘tkazgich materiallarini o‘rganishning mavjud usullarini o‘zlashtirish, shuningdek, nazariy bilimlarni diplom va magistrlik dissertatsiyalarini yozishda, amaliy masalalarni yechishda qo‘llashda yordam berishga mo‘ljallangan. O‘quvchilar hukmiga havоla etilayotgan ushbu darslik оliy ta’limning fizika, qattiq jismlar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika mutaxassisligi, magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan. Ushbu adabiyotni yozishda, INTERNET оrqali оlingan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chоp etilgan materiallardan ijodiy fоydalanilgan bo‘lib, u kamchiliklardan hоli emas. Shu sababli uning mazmunini, ma’nоsini bоyitish maqsadida berilgan fikr-mulоhazalarni mualliflar minnatdоrchilik bilan e’tiborga olishadi.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, shuningdek, o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilar, professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy lingvodidaktik va kommunikativ yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan. Darslik davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda o‘zbek tilining leksik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan nazariy ma’lumotlar hamda amaliy topshiriqlar tizimi o‘rin olgan.
-
Ona tili o‘qitish texnologiyasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining Maxsus pedagogika magistr, bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, oliy ta’lim professoro‘qituvchilari, maxsus maktab-internati o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda “Ona tili o‘qitish texnologiyasi” fanidan o‘quv dasturida berilgan mavzular va o‘quv rejada ajratilgan mavzulariga mos holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Har bir mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, talabalar foydalanishlari uchun testlar, darslarda foydalanish uchun ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zaruriy adabiyotlar va glossariy berilgan.
-
Falsafiy antropologiya.
Mazkur darslikda falsafiy antropologiya fanining falsafiy-tarixiy va nazariy asoslari, inson muammosini falsafiy jihatdan o‘rganish masalalari hamda hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotining inson va jamiyat rivojlanishiga ta’siri haqida yoritish maqsadida yozilgan. Darslik davlat standarti asosida, Farg‘ona davlat universitetining “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi namunaviy o‘quv rejasiga mos ravishda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi falsafa mutaxassisligi talabalari uchun tayyorlangan. Darslikdan ta’limning barcha yo‘nalish talabalari, magistrlar, tadqiqotchi va fan o‘qituvchilari hamda falsafiy antropologiyani mustaqil ravishda o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda “Falsafiy antropologiya” faniga oid asosiy masalalar, asosiy tushunchalar, nazariy matn, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish uchun savolnoma, testlar, glossariy, shuningdek, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
-
Dasturlash 1,2
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, C++ dasturlash tilining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini о‘z ichiga oladi. C++ dasturlash tili о‘zining universal imkoniyatlari, yuqori samaradorligi va keng qо‘llanilish doirasi bilan ajralib turadi. Bu til tizimli dasturlash, kompyuter о‘yinlari yaratish, ilmiy hisob-kitoblar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash kabi turli sohalarda keng qо‘llaniladi.
-
Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
Mazkur darslik chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash o‘quv rejasiga binoan tuzilgan bo‘lib, unda zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan tendensiyalar, zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar, kompyuterli o‘qitish, muammoli o‘qitish, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar, ijodiy namunalar xususida mulohaza yuritilgan.
-
Turizmda marketing
Mazkur darslik “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarb hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan amaldagi o‘quv dasturlari asosida tayyorlangan. Shuningdek, talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulot topshiriqlari, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
-
Cross-Cultural Communication
Mazkur darslik “ Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalariga “Madaniyatlararo muloqot etiketi” fanidan turli madaniyatlar doirasida muloqot qilish qoidalarini o‘rgatishga mo’ljallangan maqsadli adabiyotdir. Darslikning asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga qo‘yiladigan malaka talablarining amaliyotga tadbiq etilish, oliy ta’lim muassasalardagi chet tillar ta’limi sifatini oshirishni ta’minlashga xizmat qilish, talabalarda ijtimoiy lingvistik kompetensiyani rivojlantirish, xususan, madaniyatlararo nutq madaniyati qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ommaviy nutq jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bilan tanishtirish va ularning samarali yechimlari hamda oldini olish usullari haqida ma’lumot berish, shu bilan birga, nutq jarayonida ishlatiladigan qo‘shimcha materiallarni tanlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
-
Korporativ moliya
Mazkur darslikda korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va tashkiliy xususiyatlari, korporativ tizimlarda moliyaviy menejning roli va boshqalar yoritib berilgan.
-
Bojxona işi
Bojxona ishi darsligida bojxona tizimi, bojxona organlari, bojxona tölovlari, tarif va notarif tartirbga solish kabi ma'lumotlar berilgan.
-
O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari (Nazariy fonetika va leksikologiya modullari).
Mazkur “O‘rganilayotgan tilning nazariy aspektlari (Fonetika va leksikologiya moduli)” nomli darslik filologiya vatillarni o‘qitish(ingliz tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tilshunoslikning muhim nazariy bo‘limlari – fonetika va leksikologiya fanlarining asosiy tushuncha, tamoyil va qonuniyatlarini tizimli ravishda yoritishga qaratilgan. Darslik nafaqat fonetika va leksikologiya fanlari bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki keyingi bosqichlarda o‘qitiladigan tilshunoslik fanlari, tarjima nazariyasi hamda amaliy til ko‘nikmalarini chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Darslikdan oliy ta’lim muassasalari professoro‘qituvchilari, magistrantlar va tilshunoslikka qiziquvchi keng kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Davlat moliyasi
Ushbu darslik davlat ta'lim standartlari, namunaviy rejalari va fan dasturlari asosida tayyorlangan.
-
Moliyaviy risklarni boshqarish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat va xöjalik boshqaruvi organalri tomonidan olib boriladigan moliyaviy faoliyatda ma'lum uzilishlar, turli darajadagi xavflar yuz beradi.
-
Moliya huquqi
Mazkur darslik Yurisprudensiya (barcha ta’lim shakllar uchun) tа’lim yо‘nаlishidа tаhsil оlаyоtgаn tаlаbаlаr hаmdа fаоliyаt yuritаyоtgаn prоfеssоrо‘qituvchilаrgа mо‘ljаllаngаn bо‘lib, Moliya (iqtisodiy) huquqi fаnidаn nаzаriy vа аmаliy jihаtdаn fоydаlаnishlаri mumkin. Ushbu darslik Оliy tа’lim muаssаsаsi tоmоnidаn tаsdiqlаngаn аmаldаgi dаsturlаr аsоsidа tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida foydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.
-
Moliya
Darslik "Moliya" fani dasturiga muvofiq yozilgan bölib, unda moliyaning mohiyati va funsiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy tizimga oid masalalar öz aksini topgan.