-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
Kafansiz ko'milganlar
Boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarini, to'g'rirog'i, xo'rlikla-rini eslash insonni yana bir karra og'ir azobga ro'baro' qiladi. Uni yozish esa... Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining xalq dushmani deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik... bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning Kafansiz ko'milganlarida yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati uning mazkur mavzudagi yagona asarligida. Ushbu xotira-roman o'quvchiga qatag'on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.
-
Özbek XARAKTERI
O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev o'zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir. Yozuvchi hayotiy voqealarni qalamga oladi. Paxtaga chiqqan kursdoshlar bir odamning qo'yini o'g'irlab, so'yib yeydilar. Yana qo'yning egasini ham o'g'irlangan qo'yning go'shti bilan mehmon qiladilar. Bunday hangomalar faqat talabalikda, bizning yurtda bo'lishi mumkin. Ushbu to'plamdan o'rin olgan hikoyalar har bir o'quvchini o'ylashga, fikrlarshga undaydi
-
SINCHALAK
Abdulla Qahhor ijodi o'zbek adabiyoti uchun mustahkam qoya, ayni damda yo'lchi yulduz vazifasini bajaruvchi mahorat maktabidir. Yozuvchining qay bir asarini olmang, unda dard, iztirob, alam, odamzodning barcha quvonch-u shodligi yangicha bo'y ko'rsatadi. Asarning nihoyasiga yetmaguningizcha uning oxiri nima bilan yakun topishini bashorat qilolmaysiz, kutilmagan voqelik bilan yuzma-yuz kelasiz. Abdulla Qahhor asarlari qahramonlari ham oramizdagi odamlar bo'lsa-da, yozuvchi ularni ko'pchilikka namoyon boʻlmagan xislatlari orqali bizga tanishtiradi. Ularning qalbini tinglashga, ularga hamdard bo'lishga chaqiradi, Aziz kitobxon, Global books nashriyoti adib Abdulla Qahhor asarlarning ana shunday go'zal namunalarini qayta nashrga tayyorladi. Bu ham ko'pchilikning talab va istaklari mahsulidir. O'qing, bahra oling
-
Chol va Dengiz
Ushbu kitobda dunyo miqyosidagi mashhur adib - Er-nest Xemingueyning Chol va dengiz qissasi hamda yangi tarjima qilingan eng sara hikoyalari jamlandi. Xemingueyning aksariyat asarlarida bosh qahramon orqali insonning ulug'ligi kuylanadi. Odam, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qarordan og'ishmaslik, sobit-lik, hayot uchun kurash o'zgacha talqinda aks ettiriladi. Yozuvchi «Chol va dengiz qissasi uchun «Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan
-
Етти мажлис
Жалолиддин Румийнинг илмий ва адабий мероси гоят катта. Ғазал, маснавий ва рубоийларни ўз ичига оладиган "Девони кабир" ("Улуғ девон"), фалсафий-сўфиёна мушоҳадалар, руҳият диалекти касини кашф этиб, инсон ақлини лол қолдирадиган теранлик би лан ёзилган "Маснавий-маънавий", "Мактубот", "Фиҳи мо фихий" ("Ичиндаги ичиндадир") номли асарларини бутун дунё севиб ўқийди. Румий ўз асарларида одамни тадқиқ этади, унинг табиати ва интилишларини кузатади, ботиний жилолар ва сурилишлар, қалб силжишларини қидириб топади. Румий асарларидаги жозиба шу қадар инсон кўнглига яқинки, унинг ҳар бир сўзи бир маёқ, умр йўлларини ёритгувчи чироқ, қалбга қўйиладиган зиё кабидир
-
Dahriyning ibodati
Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. U tahlil va kuzatuvning misli ko'rilmagan ustasi, inson psixologiyasining chuqur bilimdoni ham edi. Gobsek, Deplen, Anso, Burjua ularning hech biri bir-birini takror-lamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko'rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ichki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o'z asarla-ridan birida shunday yozadi: «Kishi haqida hukm chiqarish-dan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo'lish kerak». Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki ke-chinmalarini tushunmoqchi bo'lsangiz, albatta, ushbu qissa va hikoyalar mutolaasiga shoshiling.
-
Hayot yutqazgan joyingdan bishlanar
Yosh bo'lishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chag'ri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor o'zbek tiliga o'girilib, o'quvchilar hukmiga taqdim etilmoqda. Mazkur asarida muallif muqaddas Qur'oni Karim-dagi suralar, payg'ambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan ko'plab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purma'no fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat ko'rsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo'lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg'a intilish zarurligini uqtiradi, o'quvchida shukronalik tuyg'ularini uyg'otadi.
-
XXI ASRDA MUVOZANAT
Bu kitob o'zlikni anglash, botindagi muvozanatni yo'lga qo'ya olish kabi ma'naviy ehtiyojni to'ldirishga ko'mak maqsadida bitilgan. Inson zoti borki, baxtga erishmoqchi ekan, o'zining kimligi-yu, nimalarga qodirligi haqida bot-bot tafakkur qilgani ma'qul. O'ylasagina o'z ruhiy muvozanatidan tortib butun zamon muvozanati qadar tahlil tajribasini shakllantira oladi. Baxt tushunchasi sari yaqinlashadi. O'z maqsadi yo'lida muvaffaqiyatga erishganlar hayoti misolida bahs yuritilgan ushbu kitob sizni suhbatga tortadi. «Suhbat» davomida o'zingizda bardosh topish ham, aslida sizning ruhiy muvozanatingizni ko'rsatadi, aziz o'quvchi. Maqsadimiz sizni yanayam kengroq tafak-kurga undash. Xulosa esa sizdan. Kitobni o'qishni boshlarkansiz, isho-ning, uning yosh, jins, kasb, toifa, daraja tanlamasligiga amin bo'lasiz. Maroqli mutolaa tilaymiz, zamondoshim, anglashdan charchamang
-
ХАЛҚ БЎЛ ЭЛИМ
Ўзбекнинг ардоқли шоири Муҳаммад Юсуфнинг ушбу тўплами «Халқ бўл, элим» деб бежиз номланмади. Унинг ижодида халқига, Ватанига чексиз садоқат ва фидойилик мавзуси асосий ўринни эгаллаган. Ушбу тўпламга шоирнинг турли даврларда битилган энг сара шеърлари, достонлари киритилди. Ўйлаймизки, у шеърият мухлисларига муносиб туҳфа бўлади.
-
INSONIYATNING BUGUNGI AHVOLI
«Bugun insonning baxti «lazzat olishdan iborat. Frommning ushbu fikri o'tgan asr kishisiga aytilganiga qaramay, hali anchagacha dolzarb. Hozirgi odam iste'molchi. U uchun hamma narsa muhayyo. U, xuddi Fromm aytganidek, sifatli ichkilik, lazzatli ovqat, ulkan siy-nalar ortidan nay ovoziga sehrlangan kalamushdek ketib boryapti. <<Insoniyatning bugungi ahvoli» to'plamida jahonning buyuk intellektuallari odamzodning buguni va ertasi, uning psixologik holati, ta'sirchanligi va buning oqibatlari bo'lmish dahshatli urushlar haqida fikrlaydilar va o'z bashoratlarini bildiradilar
-
INTENATDA SODIR BOʻLGAN VOQEA SHERLOK XOLMS HAQIDA HIKOYALAR
Artur Konan Doylning «Sherlok Xolms haqida hikoyalar»i nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda mashhur. Va ayni paytda yurtimiz kitobsevarlariga ham yaxshi tanish. Bu ikkinchi to'plamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht voqealar, hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan. Bu to'plamdan o'rin olgan «Internatda sodir bo'lgan hodisa» hikoyasidagi qiziq va ajobtovur voqealar kishilarni internetning sirlaridan voqif qilgandek go'yo. Faqat bugina emas, mashhur izquvarlar Sherlok Xolms va doktor Uotsonning qator jinoyatlarni fosh qilishdagi bir-biridan qiziqarli hayotiy sarguzashtlarini mazkur kitobdan bilib olishingiz mumkin. Detektiv voqealarga boy mazkur to'plam Siz aziz kitobxonlar iltimosiga ko'ra, kichik hajmdagi 3 ta kitob shaklida chop etilmoqda. Qo'lingizdagi mazkur kitob biz tuhfa etib kelayotgan to'plamning ikkinchisi, ya'ni siz intiq kutgan hikoyalarning mantiqiy davomidir
-
DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR
Har bir inson hayotdan ma'no izlaydi. Umri davomida ko'rgan kechirganlaridan saboq oladi. Hayotiy xulosalar chiqaradi. Ardoqli adib O'tkir Hoshimovning kuzatishlari, hayotiy xulosalari qo'lingizdagi ushbu kitobda o'z ifodasini topgan. Yozuvchining qatralab yig'ilgan hayot falsafasi ko'ngil mulkingizni boyitishiga ishonamiz.
-
TO'MARIS
Ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashlari bir necha ming yillar oldin mag'rib va mashriqda afsonalarga aylangan, ular haqida ko'plab asarlar yozilgan. Ushbu kitobda Mirkarim Osimning mazkur mavzuga oid eng sara asarlari jamlandi. Aziz kitobxon, Vatanni sevgan, dushmandan uni himoya qilgan, tinchligiga posbon bo'lgan massagetlar malikasi To'maris, choʻpon Shiroq, mo'g'ullarga qarshi kurashgan yengilmas bahodir Temur Malik jasoratidan hikoya qiluvchi qissalarni mutolaasiga shoshiling
-
MASOFALAR
O'zbekiston xalq yozuvchisi, Qoraqalpog'iston xalq shoiri, taniqli adib Kengesboy Karimovning she'riy va nasriy asarlari o'zbek kitobxonlariga matbuot orqali yaxshi tanish. Yozuvchining "Og'abiy" romani ona tili-mizda kitob bo'lib nashr etilgan. "Masofalar" Kengesboy Karimovning o'zbek tili-dagi ilk she'riy kitobidir. Mazkur kitobga muallifning qoraqalpoq tilidagi kitoblari va yangi she'rlaridan o'gi-rilgan tarjimalar hamda "Ustyurt dostoni" kiritildi. Ushbu asarlarda keyingi yillarda Qoraqalpog'iston-da amalga oshirilgan islohotlar, bunyodkorlik
-
BOZBARAK
Qo'lingizdagi ushbu mo'jaz to'plamda shoir va tar-jimon O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmonning turli yillarda yozilgan sara she'rlaridan tartib berildi. So'zning rangini, ta'mini, haroratini nozik his etadigan toza qalbli shoirning navbatdagi she'riy guldastasi siz she'riyat ixlosmandlariga manzur bo'ladi deb ishonamiz.
-
Alkimyogar
Jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri Paulo Koelo asarlarida inson ruhiyatining evrilishlari mahorat bilan ochib beriladi. Yozuvchi o'z asarlarida betakror taqdir egalarining qismatini tasvirlash asnosida ezgulik va yovuzlik, sabr va nafs, muhabbat va nafrat, iymon va gunoh singari umuminsoniy mavzular borasida bahs ketadi. Mutolaa davomida o'quvchi qahramon o'rnida o'zini ko'radi. Taqdir, mehnat va maqsad asnosidagi umr yo'li kitobxonni mushohadaga undaydi. Ayni paytda atrofimizdagi voqealar taqdir yo'rig'imi yoki bitikni o'zgartirish uchun imkoniyat? Balki biz bilan ro'y berayotgan tasodiflar tasodif emasdir? Paulo Koelo asarlarining yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, o'quvchining asar haqidagi fikri kitobning ilk sahifasida boshqa bo'lgani holda, so'nggi sahifada mutlaqo o'zgarishi mumkin. Bu o'zgarish esa kitobni vana qayta o'qishga undaydi