-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Семиотика
Настоящее учебное пособие включает лекционные и практические материалы по семиотике, в том числе толковый словарь семиотических терминов, а также контрольные тесты. Оно призвано дать представление о семиотике, в частности, о символах и знаках в русском языке, об унификации основных семиотических понятий, а также об их характеристике, функционировании и значении терминов. Пособие «Семиотика» предназначено для учащихся в магистратуре, по направлению образования: 70230101 - Лингвистика: русский язык.
-
Maktabgacha ta’limda korreksion pedagogika
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60110200 – Maktabgacha ta ’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, ushbu o‘quv qo‘llanmada maktabgacha ta’limda korreksion pedagogika fanining umumiy masalalari, rivojlanishi, intellektida, eshitishida ko‘rishida va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, maktabgacha ta’lim maxsus muassasalari tizimi, fan metodlari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifi, rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablari, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash masalalari yoritiladi
-
Harbiy ta'limda axloqiy -ruhiy tayyorgarlik
O‘quv qo‘llanmada axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning nazariy asoslari ochib berilgan, harbiy xizmatchining kasbiy tayyorgarligining eng muhim elementi sifatida jangovar ruhni shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. Axloqiy-irodaviy sifatlarni va psixologik barqarorlikni rivojlantirish, vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirish hamda harbiy jamoaning jipslashishi usullari va texnologiyalari taqdim etilgan. Axloqiy-ruhiy muhitni yaratishda komandir va ofitser-o‘qituvchining roliga, shuningdek talabalar bilan tarbiyaviy ishlarning amaliy shakllari va usullariga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Педагогиканинг фанлараро боғлиқлик методологияси
Мазкур қўлланмада педагогиканинг ижтимоий-гуманитар фанлар, тасаввуф ва бадиий адабиёт билан тарихан ва мантиқан боғлиқлик қонуниятлари, ҳамкорлик йўллари уларнинг туташ бандларида тадқиқот методлари ифодаланган
-
Bolalarning musiqiy taʼlimini metodikasi
Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarning “Maktabgacha taʼlimi” bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan, amaliyotga joriy etilgan “Bolalarning musiqiy taʼlimini metodikasi” fan dasturi asosida tayyorlandi. O‘quv fan dasturidan kelib chiqqan holda mavzular va qo‘shimcha mavzular kiritilib, bo‘lajak tarbiyachilarni o‘z ish faoliyatlarida, davlat o‘quv dasturlaridan qo‘yilgan talabalarni bilishlariga eʼtibor qaratilgan.
-
Falsafa
Mazkur о‘quv qо‘llanmada falsafa fanining mоhiуati va uning nazariу asоslari, asоsiу kategоriуalari hamda qоnuniуatlari уoritilgan. Shuningdek, falsafani о‘qitishda qо‘llaniladigan vоsitalar, ularning amaliу tatbiqi, umumiу nazariу masalalar, mantiq, etika va estetika уo‘nalishlariga оid muhim jihatlar baуon etilgan. Qо‘llanmada falsafa fanini о‘qitish jaraуonida innоvatsiоn texnоlоgiуalardan foуdalanish masalalariga ham alоhida e’tibоr qaratilgan. Ushbu о‘quv qо‘llanma bakalavriat bоsqichi talabalari hamda falsafa faniga qiziqish bildirgan keng kitоbxоnlar uchun mо‘ljallangan.
-
Folklor amaliyoti
Xalqimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilib, zukko ajdodlarimizning beqiyos badiiy iqtidori tufayli sayqallanib kelgan folklor asarlarini yozib olish xilma-xil janrlardan iborat nodir ma'naviy qadriyatlar tizimini kelgusi avlodga saqlab qolishda g'oyat muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
-
ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PEDAGOGIKASI
Mаzkur “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” (аmаliy mashg’ulotlar va testlarto‘plаmi) fаnidаn tаyyorlаngаn o‘quv qo‘llаnmа 60110200- Mаktаbgаchа tа’lim bаkаlаvr tа’lim yo‘nаlishidаgi tаlаbаlаrgа mo‘ljаllаngаn bo‘lib, undа pedаgogik fаoliyаti bilаn shug‘ullаnаdigаn mutаxаssislаrgа O‘zbekistondаgi mаktаbgаchа tа’lim tizimini rivojlаntirishdа tа’lim-tаrbiyа tizimining o‘zigа xos tomonlаrini yetаrlichа yoritishgа hаrаkаt qilingаn. Undа “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” fаni yuzаsidаn аmаliy hamda seminar mаshg‘ulotlаrni tаshkil etish vа o‘tkаzish bo‘yichа dаrslаrning texnologik model vа xаritаlаri keltirilib o‘tilgаn. Hаr bir аmаliy mаshg‘ulot mаvzusi аlohidа- аlohidа kontekstdа yoritilgаn.
-
Введение в бизнес
В учебном пособии рассмотрены основные материалы по организации предпринимательской деятельности, в том числе: основные организационно-правовые формы и планирование предпринимательской деятельности; основы делопроизводства; виды и формы предпринимательства; основные типы и характеристики негативных воздействий и угроз на деятельность предприятия; содержание экономической безопасности предприятия; организация производства; кадровое обеспечение предпринимательской деятельности; аттестация персонала и основы организации оплаты труда на предприятии; маркетинговая стратегия и организация рекламной деятельности предприятия; управление финансами предприятия; электронная коммерция и ее безопасность при ведении предпринимательской деятельности.
-
Системы электронной коммерции
В учебном пособии рассмотрены вопросы организации и ведения бизнеса в новых технологических условиях интернет-среды, раскрывается сущность феномена «рынок электронной коммерции», даются его характеристики, выделяются особенности и специфика конкурентной среды. Основное внимание уделяется инструментам электронной коммерции, вопросам обеспечения безопасности экономических отношений, организации финансово-кредитных систем, также были описаны организации бизнеса в виртуальных условиях с позиций изменения инфраструктуры компаний, её коммуникационной основы, системы управления персоналом. Теоретическая часть представляет собой материал по рассматриваемым разделам курса, к которому прилагается перечень контрольных вопросов, и тестовых заданий, позволяющих студентам проверить и уровень усвоения учебного материала. Учебное пособие предназначено для студентов направления образования 60412800 - «Электронная коммерция» интересующихся вопросами электронной коммерции.
-
Makroskopik elektrodinamika
Oʻquv qoʻllanmada makroskopik elektrodinamika fanining asoslari bayon etilgan va elektrodinamik hodisalarning tahlillari bajarilgan. Oʻquv qoʻllanma oliy ta’limning Fizika va Fizika oʻqitish metodikasi yoʻnalishi bakalavrlari uchun qoʻllanma sifatida yozilgan va Nazariy fizika fanining Elektrodinamika boʻlimiga bagʻishlangan boʻlib, u qattiq jismlar fizikasi, yarim oʻtkazgichli asboblar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika sohasidagi magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklariga oʻquv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
-
Methodology of teaching English to young learners
Mazkur qo‘llanma “60111800 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalari uchun “Kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasi” fanidan mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy adabiyotdir. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyasini rivojlantirish, kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini samarali o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari, tamoyillari va metodlari bilan tanishtirish, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim bosqichida til o‘rgatish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik va psixologik muammolarni aniqlash hamda ularning samarali yechimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
-
Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil qilish texnologiyalari
Ushbu oʻquv qoʻllanmada “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan tegishli rivojlanish sohalari bo‘yicha rivojlantiruvchi markazlarda ta’limiy faoliyatni samarali tashkillash va amaliyotga tatbiq etish uslubiyotini o‘rganish, rivojlantiruvchi markazlarni tashkillashda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, rivojlantiruvchi markazlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar asosida mashg’ulotlarni tashkil etish ko‘nikma, malakalari hamda maktabgacha ta’limda markazlar faoliyatini tashkil etishning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, haqida asosiy ma’lumotlarni, rivojlantiruvchi markazlarda o‘yin texnologiyalari asosidagi faoliyatni tashkillashning asosiy manbalarini o‘rganishning muhim nazariy va amaliy mаsаlаlаri yоritilgаn.
-
Elektrodinamika. Nisbiylik nazariyasi
O‘quv qo‘llanma oliy ta’limning fizika va fizika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Nazariy fizika” fanining “Elektrodinamika 2-qism” bo‘limiga bag‘ishlangan. O‘quv qo‘llanmada elektrodinamika fanining asoslari bayon etilgan bo‘lib, mikroskopik va relyativistik elektrodinamika hamda nisbiylik nazariyasiga tegishli mavzular keltirilgan. Mazkur qo‘llanma elektrodinamika fanining ikkinchi qismi sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lib, fan dasturidagi tegishli mavzularni qamrab olishga yo‘naltirilgan.
-
Nutq madaniyati: nazariya va amaliy
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nutq madaniyatining nazariy asoslari hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanmada adabiy til me’yorlari, nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaliligi va ta’sirchanligi kabi asosiy mezonlar tizimli ravishda yoritilgan. Shuningdek, unda og‘zaki va yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, uslubiy xatolarni aniqlash va bartaraf etish, turli kommunikativ vaziyatlarda samarali nutq tuzish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Har bir mavzu misollar, mashqlar va tahliliy topshiriqlar bilan boyitilgan bo‘lib, talabalarning mustaqil fikrlashini va nutqiy kompetensiyasini oshirishga yo‘naltirilgan.
-