-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida pedagogik nazorat
Ushbu darslik “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” (70111201) yo‘nalishi magistrantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida pedagogik nazorat” fani dasturi asosida yaratilgan. Darslikda pedagogik nazoratning nazariy-metodologik asoslari, jismoniy sifatlar va harakat ko‘nikmalarini baholash usullari, xronometraj va pulsometriya, zamonaviy raqamli nazorat texnologiyalari, natijalarni statistik tahlil qilish va pedagogik talqin etish, o‘z-o‘zini nazorat, xalqaro tajriba hamda ta’lim sifatini boshqarish masalalari chuqur va tizimli yoritilgan. Nashr L.P. Matveyev, V.N. Zimkin, V.M. Zatsiorskiy, M.A. Godik, B.A. Ashmarin kabi klassik olimlar, o‘zbek mutaxassislari va zamonaviy xalqaro tadqiqotlarga tayanadi.
-
Texnik tayyorgarligi fanidan "Zirxli transportyor ZTR-82"
Ushbu dаrslik 60112000-bаkаlаvriаt tа’lim yo‘nаlishi tаlаbаlаri uchun mo‘ljаllаngаn bo‘lib, ulаrni O‘zbekiston Respublikаsi Qurolli Kuchlаridа mаvjud bo‘lgаn zirhli texnikаlаrni puxtа bilishlаri, zirhli texnikаlаr bo‘yichа uquvgа egа bo‘lishlаri, texnik tаyyorgаrlik fаni bo‘yichа mаshg‘ulotlаrni tаshkil qilishlаri vа metodik nuqtаi nаzаrdаn to‘g‘ri olib borishlаri, biriktirilgаn bo‘linmаlаrdаgi jаngаvor texnikаlаrni mohironа boshqаrishgа qodir hаmdа ulаrni tа’mirlаsh bo‘yichа tаlаblаrni o‘rgаnish vа kundаlik fаoliyаtlаridа to‘g‘ri bаjаrishlаrini o‘z ichigа olgаn.
-
Matematika о‘qitish texnologiyasi
Mazkur darslik pedagogika oliy ta’lim muassasalarining Oligofrenopedagogika bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda aqli zaif o‘quvchilar bilan olib boriladigan matematika ta’limi jarayonini loyihalashda pedagogik texnologiyaning o‘rni, uning ilmiy asoslangan ta’rifi, shuningdek, maxsus pedagogikada matematika o‘qitish texnologiyasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan o‘quv jarayonini loyihalashning metodologik hamda nazariy asoslari yoritilgan.
-
Pedagogy of Primary Education
Prepared in accordance with the curriculum of the course 60110400 – Pedagogy of Primary Education, this textbook provides on the basis of the ideas of the ideology of independence. After each topic, questions and assignments for review and discussion are provided. The prepared texts create a foundation for reproducing the knowledge acquired by students during the learning process, encourage independent and free thinking, promote active communication between the teacher and the student, increase learners’ engagement, and incorporate the stages of problem-based learning.
-
Fiziologiya va sport fiziologiyasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Unda umumiy fiziologiyaning asosiy qonuniyatlari, organizmning tuzilishi va funksiyalari, shuningdek, sport fiziologiyasining dolzarb masalalari yoritilgan. Darslikda mashg‘ulotlar va musobaqalar davomida organizmda ro‘y beradigan fiziologik o‘zgarishlar, harakat faoliyatini boshqarish mexanizmlari, charchoq va tiklanish jarayonlari, organizmning jismoniy yuklamalarga moslashuvi, sportchilarning ish qobiliyati va uni baholash usullari batafsil tahlil qilingan.
-
Sport tibbiyoti va reabilitalogiya
Ushbu darslik sport tibbiyoti va reabilitologiyaning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash, jarohatlanishlarning oldini olish, turli kasallik va shikastlanishlardan keyin reabilitatsiya qilish masalalarini tizimli yoritadi. Darslik tarkibiga quyidagi asosiy bo‘limlar kiradi: sport tibbiyotining vazifalari va tashkil etilishi, sportchilarni tibbiy nazorat qilish bosqichlari va usullari, funktsional diagnostika va testlash, eng ko‘p uchraydigan sport jarohatlari va ularning oldini olish, ovqatlanish, gigiyena va tiklanish vositalari, reabilitatsiyaning asosiy turlari (fizioterapiya, massaj, davolash jismoniy tarbiyasi, mexanoterapiya), nogironlar sporti va reabilitatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari.
-
Qishloq xoʻjalik hayvonlarini urchitish
Ushbu darslikda qishloq xoʻjalik hayvonlarining kelib chiqishi, evolutsiyasi, oʻsish va rivojlanish qonuniyatlari, tanlash va juftlash, naslchilikda molekulyar genetika, naslchilik dasturlarini loyihalash, konservatsiya genetikasi, zot toʻg‘risidagi ta’limot, zotlarning iqlimlashishi, qishloq xoʻjalik hayvonlarining mahsulotlari, juftlashning mohiyati, gomogen va geterogen juftlash, urchitish usullari toʻg‘risida tushuncha, sof zotli urchitish, chatishtirish usullari, ularning maqsadi va vazifalari, duragaylash kabi muhim masalalar bayon etilgan.
-
Futbol va uni o'qitish metodikasi
Mazkur darslik Oliy ta'lim muassalari jismoniy madaniyat fakultetlari o'quv jarayoniga, maxsus sport maktablar, o'quvchilar, talabalar hamda futbol murabiylari uchun mo'ljallangan
-
Menejment
Darslikda moliyaviy, innovatsion va savdo menejmenti, boshqaruv funksiyalari - rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, muvofiqlashtirish va nazorat jarayonlari ilmiy asosda bayon etilgan. Tashkiliy tuzilmalar, mehnatning gorizontal va vertikal taqsimlanishi hamda zamonaviy boshqaruv usullari (tizimli, vaziyatli, integratsiyali, marketingli va boshqalar) keng yoritilgan. Shuningdek, qaror qabul qilish jarayonlari, strategik va taktik rejalashtirish, tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish, yetakchilik kompetensiyalari, motivatsiya nazariyalari, nizo va stressni boshqarish, risk menejmenti hamda axborot-kommunikatsiya tizimlari zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilingan.
-
Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Ushbu darslik 70110201 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Darslikda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasining ilmiy-metodik asoslari, ta’lim jarayonini loyihalash, kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, ta’lim mazmunini tanlash va rejalashtirish masalalari tizimli bayon etilgan.
-
-
Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
Ushbu darslikda basketbol, voleybol, futbol va gandbol sport turlarining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi, jismoniy va psixologik tayyorgarlik, o‘yin texnikasi va taktikalari, mashg‘ulotlarni o‘tkazish qoidalariga oid materiallar, tavsiyaviy mashqlar berilgan va oliy ta’lim muassasalari jismoniy madaniyat yo‘nalishi bakalavrlarining “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi” fani dasturi asosida tayyorlangan. Undan jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari, magistrlar va o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport maktablarining baketbol, voleybol, futbol va gandbol bilan shug‘ullanuvchilarining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari murabbiylari, jismoniy tarbiya bo‘yicha tashkilotchiyo‘riqchilar va barcha mazkur sport o‘yinlari ixlosmandlari foydalanishlari mumkin.
-
Qiѕhloq хo'јаligi iqtiѕodiуoti
Uѕhbu dаrѕlikdа qiѕhloq хo'јаligi iqtiѕodiуotining nаzаriу, tаriхiу vа ilmiу-аmаliу mаѕаlаlаri kеltirilgаn. Qiѕhloq хo'јаligidа уеr, mеhnаt vа moddiу-tехnikа rеѕurѕlаrini ѕhаkllаntiriѕh vа ulаrdаn ѕаmаrаli foуdаlаniѕhning iqtiѕodiу аѕoѕlаri bаtаfѕil уoritib bеrilgаn.
-
Sportni rivojlantirish
Ushbu darslik “Sportni rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda zamonaviy sport tizimining nazariy, tashkiliy, boshqaruv va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari keng yoritilgan. Darslikda sportni rivojlantirish jarayonida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat tuzilmalari, nodavlat tashkilotlar hamda xususiy sektor hamkorligining ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyatlarda sport rivojlanishining zamonaviy modellari, davlat, xususiy va aralash boshqaruv tizimlari, hamda turli mamlakatlar tajribasi asosida qiyosiy tahlillar berilgan. Sport klublarining faoliyati, ularning boshqaruvi, moliyalashtirilishi va jamiyatdagi ijtimoiy ta’siri ham darslikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida yoritilgan.
-
International Standards for Teaching and Assessing English
This textbook is intended for bachelors studying in the field of pedagogical education 60110900 - Foreign Language and Literature (English) and covers the topics of the subject “International Standards for Teaching and Assessing English”, which is taught in the third year.