-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
-
MATEMATIK ANALIZDAN MUSTAQIL ISHLAR.
Qo'llanma matematik analiz fani chuqur o'rganiladiganuniversitetlarning talabalari tomonidan mustaqil ishlarni bajarish uchun mo'ljallangan.
-
FUTBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI (Musobaqa qoidalari, musobaqalarni tashkil qilish va о'tkazish)
Futbolda musobaqa faoliyatning samaradorligi ko‘p jihatdan jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, texnik va taktik ko‘nikmalar, shuningdek, futbolchilarning psixologik va intellektual tayyorgarligi bilan bog‘liq. Tayyorgarlik turlarini yaxshilanishi mashg‘ulot jarayonida ham, to‘g‘ridanto‘g‘ri o‘yin davomida ham ta’minlanadi.
-
Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish
Mazkur o’quv qo’llanmada sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha asosiy ma’lumotlar, O’zbekiston Respublikasida sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish o’rni va sanoat chiqindilarini rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi holati, chiqindilarni qayta ishlash haqida asosiy ma’lumotlar, beton uchun ishlatiladigan sanoat chiqindilari ya’ni bog’lovchi moddalar, chiqindilar asosidagi to’ldiruvchilar, beton uchun mayda to’ldiruvchilar, metallurgiya shlaklari haqida ma’lumotlar berilgan.
-
Matematika o`qitish metodikasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ta'lim oluvchilar mustaqil ishlarining asosiy shakliari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda ta'lim oluvchi bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish metodikasi, ulani nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan. Undan barcha ta'lim yo'nalishlari ta'lim oluvchilari, soha professoro‘qituvchilari o'rganilayotgan o'quv fani bo'yicha mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholashda foydalanishlari mumkin.
-
Hamshiralik ishi jarayonida bemorlarni tekshirish usullari
Ichki kasalliklar klinikasida qo'llaniladigan asosiy fizikal tekshirish usullarining mohiyatini keng yoritish hamda talabalarga amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirishlari uchun yaqindan ko'mak berishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar.
-
Ўрта Осиё дизайни тарихидан
Ҳар бир соҳанинг, мутахассисликнинг ўтмиши, тарихи бўлганидек дизайннинг ҳам тарихи бор. Бизни ўраб олган муҳитнинг гўзал, ихчам, шинам, қулай бўлишига қадим замонлардан буён эътибор бериб келинган. Мазкур мўъжаз қўлланмада маскан, рўзғор, хўжалик, амалий санъат буюмларининг тузилиши, шакли, безаги асрлар давомида шаклланиб боргани ҳақида ҳикоя қилинади. Шунингдек, буюм вазифасининг шаклига таъсири, маскан, буюмларда тасвирий композиция ўрни, улардаги нақшлар рамзий ифодасига қисқача тўхталиб ўтилади.
-
ТАРИХИЙ МАНБАШУНОСЛИК
Ушбу ўқув қўлланма Ўзбекистоннинг тарихини ўрганишга мўлжалланган бўлиб, унда форс, юнон, лотин, хитой, араб ва туркий тилларда ёзилган ва манбалар тўғрисида маълумотлар келтирилиб, бўлғуси педагоклардан манбалардан ўз фаолиятида фойдаланиши мумкинлиги кўрсатилади. Шунингдек, зикр этилган манбаларни ўқитиш методикаси ҳам ёритиб борилади. Уни яратишда муаллифлар ўзларининг кўп йиллик илмийпедагогик тажрибасига ва манбашунослик ва педагогика фани ютуқларига таянишди. Ўқув қўлланма тарих фани муаллимлари Олий ўқув юрти бакалавиатура, академик лицей ва касб-ҳунар коллеж талабалари учун мўлжалланган. Ўқув қўлланмадаги ёзма манбалар тўғрисидаги маълумотлар асосан Б.Ахмедовнинг «Ўзбекистон тарихи манбалари» (2001) қўлланмасидан ва бошқа мавжуд илмий адабиётлардан келтирилди. Ўқув қўлланма Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика Университети тарих факультети илмий кенгаши йиғилишининг ...қарорига биноан нашрга тавсия этилган.
-
TARIXIY ANTROPOLOGIYA
Ushbu o‘quv qo‘llanmada Tarixiy antropologiya fanining vujudga kelishi, tadqiqot uslublari, fan haqida zamonaviy yondoshuvlar bayon qilinadi. Bu fan bir qator metodlarni o‘z ichiga olib, insonni uning barcha vujudga kelgan formalarini, uning aniq makon va zamonda mavjud bo‘lganligini, insonning ijtimoiy munosabatlardagi o‘zaro aloqalarining barcha jihatlarini o‘rganadi.Tarixiy antropologiya fanining ayrim tadqiqot yo‘nalishlarining o‘zi ham alohida fanlar sohasi bo‘lib hisoblanadi. Tarixiy antropologiya fanning yangi tarmog‘i bo‘lsada, u hozirda ekstensiv taraqqiyotni o‘z boshidan o‘tkazmoqda. O‘quv qo‘llanmada tarixiy antropologiya vujudga kelish va taraqqiyot jarayoni, muammolari, tarixiy antropologiya fanining o‘rganish metodlarida va tadqiqot yo‘nalishlarida an’anaviy tarixiy fanlar metodlaridan farqi yangi yondashuv asosida hikoya qilingan. O‘quv qo‘llanma tarixchilar, arxeologlar, etnograflar va qadimgi dunyo tarixi bilan qiziqqan keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
-
Тарихий лексикография
Ушбу қўлланмада ўзбек луғатшунослиги тарихи, унинг юзага келиши ва тарихий босқичлари, ўтмишда яратилган луғатлар ҳамда уларда сўзларнинг берилиш принциплари тўғрисида маълумот берилади. Қўлланма филолог талабалар ва луғатчилик тарихига қизиқувчилар учун мўлжалланган.
-
OILA PSIXOLOGIYASI
Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi. M a’lumki, hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan, chinakam, to‘laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan, bizning baxtimizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.
-
OʻZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI
O'quv qo'llanmada mamlakat oliy o'quv yurtlarida o'qitilayotgan O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti faniga doir bilimlar va masalalar joy olgan. Shuningdek, unda O'zbekistonda mustaqillik davrida demokratik jamiyat qurish islohotlari, bu jara yonning rivojlangan mamlakatlar bilan qiyosi tahlil etiladi. Qo'llan mada davlatning bosh islohotchi sifatida bozor iqtisodiyotiga o'tish. fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga doir islohotlari, bu jarayonda shakllangan milliy tajriba, demokratik jamiyat qurishga doir nazariy qarashlar tahlili berilgan.
-
Oliy matematika
Ushbu o‘quv qo‘llanma oily ta’lim muassasalarining texnika va texnologiya yo‘nalishlari bakalavrlari uchun «Oliy matematika» fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, fanning chiziqli algebra elementlari, vektorli algebra elementlari, analitik geometriya, matematik analizga kirish, bir o‘zgaruvchi funksiyasining differensial hisobi va bir o‘zgaruvchi funksiyasining integral hisobi bo‘limlаriga oid materiallarni o‘z ichiga oladi.
-
O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Keng qamrovli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimiz qiyofasi tubdan o'zgardi. Fuqarolarning ongi o'sdi, dunyoqarashi o'zgardi. O'tgan yillar moboynida demokratik qadryatlar va ko'nikmalar shakllanib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib bormoqda, Shu bilan birga, «O'zbek modeli» deb nom olgan tanlagan taraqqiyot va rivojlanish yo'limiz har tomonlama to'g'ri ekanligini hayotning o'zi isbotlab turibdi. Bugun «Oʻzbek modeli»ni jahon hamjamiyati tan olib e'tirof etmoqda. Hatto, chet el siyosatchilari «O'zbek modeli»ni demokratik jamiyatga o'tish, bozor munosabatlarini qaror toptirishda boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etmoqdalar.
-
Oliy matematika
Ushbu o‘quv qo‘llanma oily ta’lim muassasalarining texnika va texnologiya yo‘nalishlari bakalavrlari uchun «Oliy matematika» fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, fanning bir necha o‘zgaruvchi funksiyalarining differensial hisobi, bir necha o‘zgaruvchi funksiyalarining integral hisobi, oddiy differensial tenglamalar va qatorlar bo‘limlariga oid materiallarni o‘z ichiga oladi.
-
-
Oliy matematika
Ushbu o‘quv qo‘llanma oily ta’lim muassasalarining texnika va texnologiya yo‘nalishlari bakalavrlari uchun «Oliy matematika» fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, fanning ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi, operatsion hisob va matematik fizika tenglamalari, kabi maxsus bo‘limlariga oid materiallarni o‘z ichiga oladi