-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
ЭНГ ЯНГИ ТАРИХ (1945-2010 йиллар)
Ўқув қўлланма "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури" талаблари асосида ёзилган бўлиб, Ғарб мамлакатлари энг янги тарихининг 1945-2010 йиллардаги воқеаларини қамраб олган. Ўкув қўлланма олий ўқув юртлари тарих факультети талабаларига мўлжалланган.
-
ЭНГ ЯНГИ ТАРИХ (1945–2010 йиллар)
Ўқув қўлланма "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури" талаблари асосида ёзилган бўлиб, Ғарб мамлакатлари энг янги тарихининг 1945-2010 йиллардаги воқеаларини қамраб олган. Ўкув қўлланма олий ўқув юртлари тарих факультети талабаларига мўлжалланган.
-
GEOMETRIK VA PROYEKSION CHIZMACHILIK
O'quv qo'llanma 5140700- «Tasviriy san'at va'muhandislik grafikasi» bakalavr YO'nalishi dasturi asosida yozilgan bo'lib, to'rt bo~limdan iborat. Birinchi bo'limda chizma chizish va uni davlat standartlariga asosan taxt qilish qoidalari hamda geometrik yasashlar; ikkinchi bo'limda proyeksion chizmachilik, ya'ni asosiy, mahalliy ko'rinishlar; kesim, qirqim hamda tekis kesim va o'tish chiziqlarini yasash bayon etilgan. Uchinchi bo'limda aksonometrik proyeksiya va texnik rasm chizish qoidalari va ularga doir mashqlar bajarishga asosiy e'tibor qaratilgan. Shuningdek, darslik geometrik yasashlardan foydalanib, milliy naqsh (girix va islimiy)larni bajarish; geometrik jismlaming yoyilmasiga asosan modelini tayyorlash; talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan masalalar yechish kabi yangi mavzular kiritilgan. O'quv qo'llanmadan chizmachilik fani o'qiti)adigan barcha oliy o'quv yurti hamda kasb-hunar kol1eji talabalari foydalanishlari mumkin
-
ТУРКИЙ ТИЛЛАРНИНГ ҚИЁСИЙ -ТАРИХИЙ ГРАММАТИКАСИ
Ушбу қўлланма ўзбек филологияси, шарқ тиллари ва туркология йўналишида таълим олувчи талабалар, ўқитувчилар, туркий тиллар тараққиёти билан шуғулланувчи илмий ходимлар ҳамда тадқиқотчиларга мўлжалланган. Қўлланмада туркий тилларни қиёсий ўрганиш тарихи ва муаммолари, тил сатҳлари бўйича таҳлили, ҳозирги туркий тилларнинг фонетикаси ва морфологиясига боғлик масалалар ёритилган. Илова қисмида туркий халқларнинг алифболари ва адабий матн намуналари берилган.
-
Botanikada amaliy mashg'ulotlar
O'quv qo'llanma Andijon davlat unversitetining 2020 yil 30 oktyabrdagi 2-sonli yig'ilishida nashrga tavsiya etilgan.
-
DIZAYN TARIXI
Mazkur o'quv qo'llanma dizayn ta'lim yo'nalishlari, xususan, libos dizayni talim yo'nalishi bakalavrlari uchun "Dizayn tarixi" fanidan asos vazifasini o'taydi. Unda keltirilgan ma'lumotlar dizaynning vujudga kelishi, shakllanish bosqichlari, bugungi kundagi dizaynerlik ko'rinishlari va istiqbollari, shuningdek, dizaynning ijtimoiy, axloqiy-falsafiy masalalariga oid.
-
ТОШКЕНТ ТАРИХИ
Китоб муаллифлари таниқли олимлар, тарих фанлари доктори, профессор Д.А. Алимова, тарих фанлари номзоди М.И. Филанович ўқувчиларни Ўзбекистон Республикасининг пойтахти Марказий Осиёнинг энг қадимий шаҳарларидан бири бўлмиш Тошкент шаҳрининг тарихи билан таништиради. Асар тарихий манбалар, сўнгги йиллардаги археологик кашфиётларни, шунингдек, Республикамизнинг Мустақиллик йилларида эришган ютукларини ҳар тарафлама ўрганиш асосида ёзилган.
-
O‘RTA ASRLAR DIPLOMATIYASI VA XALQARO MUNOSABATLAR TARIXI
O‘quv qo‘llanmada o‘rta asrlarda Yevropaning Franklar, Fransiya, Italiya, Vizantiya imperiyasi, Rus davlati, Rim papaligi va Osiyoning Xitoy, Hindiston, Arab xalifaligi, mo‘g‘ul davlatlarining diplomatiyasi va xalqaro munosabatlari tarixi yoritilgan. G‘arb va Sharq davlatlaridagi tashqi siyosat tuzilmalarining shakllanishi, ulardagi o‘ziga xos elchilik munosabatlari va tartiblari masalasiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, qo‘llanmada o‘rta asrlar davrida shakllangan diplomatik tartiblar hozirgi zamonaviy diplomatiya qoidalari va tartiblarining vujudga kelishida muhim o‘rin tutganligi tahlil etilgan. Qo‘llanma mutaxassislar, tarix fakultetlarining talabalari, diplomatiya va xalqaro munosabatlar tarixi bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
GEOMETRIK CHIZMACHILIK (SHRIFTLAR)
Ushbu qo'llanmada geometrik yasashlar, yozuvlarning paydo bo'lishi, harf va alifboning rivojlanishi, tarixiy taraqqiyoti haqida ma'- lumotlar berilgan.Harflarning tuzilishi, geometrik elementlari, klassifikatsiyasi, kom- pozitsiyasi, ulardagi mutanosiblik, ritm, nisbatlilik, mustahkamlik, fazoviylik kabi masalalar yoritilgan bo'lib, kalligrafik, kartografik, eski va hozirgi o'zbek yozuvlari hamda standart harflar talqin qilingan. Qo'llanmaning ilova qismida V.Toots ma'lum qilgan "300 shrif- tov" majmuasidan saralab olingan shriftlar ham keltirilgan.Qo'llanma oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallagan. Undan shu sohaga qiziquvchilar ham foydala- nishlari mumkin.
-
Botanika (O'simliklar anatomiya vca morfologiyasi) fanidan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu o'quv o'llanma universitet, pedagogika institutlari va texnikumlarining biologiya va ekologiya ta'limi yo'nalishlari talabalari, o'qituvchilari hamda biologiya fani bilan mustaqil shug'ullanuvchilar foydalanishlari mumkin
-
DAVLAT MUASSASALARI TARIXI
Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekiston hududida qadimgi davrlardan XXI asr boshlarigacha mavjud bo'lgan davlat muassasalari va boshqaruv tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi, tanazzul va yuksalish bosqichlari tadqiq etilgan. Vatanimiz davlat muassasalari tarixini yoritishga yangicha yondoshib, turli xil jarayon va voqealarga xolisona baho berishga harakat qilingan.
-
Jahon tarixi
O‘quv darsligi jahon tarixi fanining yangi dasturi asosida yozilgan. Ushbu o‘quv darsligi 2015-yildagi nashri asosida qayta ishlanib, fanning yangi ma’lumotlari bilan to‘ldirilgan. Darslikda qadimgi Sharqda ilk davlat va jamiyat, madaniyatning paydo bolishi, gullab-yashnashi va so‘nish davri – milodiy V asrgacha hamda qadimgi Sharq tarixiga oid asosiy voqea-hodisalar yoritilgan. Qadimgi Sharq sivilizatsiyalarining iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalari, siyosiy davlat tashkilotlari, madaniyatlarining asosiy sohalari tahlil qilinadi.
-
Sport pedagogikalıq sheberligin asırıw (Basketbol)
Bul oqıw qollanba ámeldegi MTS, oqıw rejesi, oqıw bagdarlaması ham zaman talaplarına muwapıq islep shıǵılgan bolıp, joqarı oqıw orınları atap aytqanda, Ózbekstan mámleketlik dene tárbiyası ham sport universiteti Nókis filialı studentleri, sonday-aq magistrantlar, ulıwma orta bilim beriw mekteplerinde dene tárbiyası páni oqıtıwshıları, qánigelestirilgen sport mekteplerinde basketbol boyınsha óz iskerligin alıp barıp atırgan qanigeler ushın arnalgan.
-
G a r m o n i y a b o ‘y i c h a m a s h q v a m a s a l a l a r t o ‘p l a m i
Mazkur qo'llanma o'zbek tilida "Garmoniya" fanini amaliy o`rganishga qaratilgan o`quv adabiyotlarining juda ham kamligi sababli, S. Ye. Maksimovning "Uprajnenii po garmonii na fortepiano", B. Alekseyevning "Zadachi po garmonii", 1. Asseyevning "Sbornik zadach po garmonii" va I. 1. Dubovskiy (va boshqalar)ning "Garmoniya darsligi" kitoblari asosida tayyorlangan. Qo'llanma fanning 1 qism mavzulari va ularning eng asosiy qoidalarini amaliy tarzda o'rganishga qaratilgan. Unga akkordlar tuzish va ularni bir-biriga bog'lash mashqlari, fortepiyanoda kadensiyalar va sekvensiyalar chalish, garmonik tizimlar va badiiy asar namunalarini tahlil qilish vazifalari kiritilgan. Shuningdek, kursning har bir mavzusi bo`yicha bajariladigan masalalar, ularning yechilishiga doir amaliy ko'rsatmalar va akkordlarning garmonik izchilliklarini fortepiyanoda chalish mashqlari ham qo`llanmadan o`rin olgan.
-
O’ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI
Mazkur o'quv qo'llanmadan 5120300 Tarix (Jahon mamlakatlari bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari "O'zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi" fani bo'yicha ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida foydalanish mumkin. O'quv qo'llanmada O'zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, ibtidoiy davr madaniyati, ilk o'rta asrlar davri madaniyati va san'ati, arab xalifaligi davrida madaniyat taraqqiyoti, Amir Temur va temuriylar davri madaniyati va san'ati, O'zbek xonliklarining XVI-XIX asrlar madaniyati, Rossiya davlati mustamlakachiligi sharoitida Turkiston o'lkasida ijtimoiy-madaniy hayot, Sovetlar davrida O'zbekiston madaniyati va san'ati taraqqiyoti hamda mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida madaniy sohadagi islohotlar kabi masalalar yoritib berilgan.
-
O’ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI
Badiiy so’zning ilk manbalaridan tortib turli yozuvlarda bitilgan adabiy, badiiy matnlarni, qo’lyozmalarni o’rganish adabiyot tarixining asosiy vazifasidir. Shunga ko’ra,adabiyotshunoslik eng avvalo adabiyot tarixi bosib o’tgan murakkab yo’lni, nazariy qarash va xulosalarning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini ilmiylik va tarixiylik tamoyillari asosida sinchiklab o’rganadi. Binobarin, adabiyot tarixi adabiyotshunoslikning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Adabiyotshunoslikning yana bir muhim tarkibiy qismi adabiyot nazariyasidir. Adabiyot nazariyasi badiiy asar poetikasiga oid barcha muammolarni ilmiy-nazariy asosda o’rganadi. Adabiyotning umumiy taraqqiyot qonuniyatlari, tur va janrlar tasnifi, obrazlar sistemasi, badiiy asar tuzilishi, badiiy til imkoniyatlari, metod va uslub kabi muammolar ham adabiyot nazariyasi doirasida o’rganiladi.