-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Ахborot texnologiyalari
Mazkur o'quv qo'llanma "Axborot texnologiyalari" fanining nazariy asoslari keltirilgan, kompyuter tizimlari, operatsion tizimlari, elektron hujjatlarga ishlov berish texnologiyalari, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, intellektual tizimlar va ularni yaratish usullari haqida ma'lumotlar bayon etilgan.
-
Operatsion tizimlar
Operatsion tizimlar hisoblash mashinalari va hisoblash tizimlari uchun dasturiy ta’minotning asosidir. Hozirgi kunda kompyuterlashtirish hayotimizning barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada operatsion tizimlarning asosiy tushunchalari va ularning ahamiyati, operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari va imkoniyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan.
-
Informatika
0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim nuiassasalarining 100000, 130000 - «Matematika», 5130100 - «Matematika» ta’lim yo‘nalishIari bo‘yicha tahsil olayotan talabalar uchun mo‘ljallngan.
-
Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati
O‘quv qo‘llanma 5350600-“Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada axborot-analitik mahsulotlar va xizmatlar tushunchalariga ta’riflar berilgan hamda ularni mazmuni yoritilgan, shuningdek axborot-analitik mahsulotlar va xizmatlarni yaratish bo‘yicha metodikalar berilgan. Axborot bozoridagi axborot mahsulotlari bo‘yicha masalalar, axborot-kutubxona va boshqa axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasalardagi axborotga bo‘lgan talablar tahlil qilingan. Shuningdek, axborot mahsulotlari sifati va marketing boshqaruvi, mahsulotlar nomenklaturasini yaratish texnologiyasi, tannarx, axborot-analitik mahsulotlarni ichki va tashqi axborot bozorida tarqatish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
-
Sun'iy intellekt
Mazkur o'quv qo'llanma Toshket axborot texnologiyalari universiteti "Kompyuter injiniringi" va "Dasturiy injiniringi" fakulteti ta'lim yo'nalishi, hamda oily o'quv yurtlarining texnika, axborot kommunikasiya texnogiyalari talabalari va keng ornmaga mo'jallangan.
-
Ma'lumotlar bazasi boshqarish
O‘quv qo‘llanma ma’lumotlar bazasini yaratish, loyihalash va boshqarish, hamda relyatsoin ma’lumotlar bazalari ustida bajariladigan amallarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarishning asosiy vositalari, boshqarish tizimining funksiyalari, jadvallarni modifikatsiyalash, ma’lumotlar bazasini boshqarishda bog‘lanishlar va ko‘p jadvalli amallardan foydalanish, ma’lumotlar bazasini himoyalash va SQL tilida funksiya hamda proseduralar yaratish kabi asosiy texnologiyalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
-
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
Uslubiy ko`rsatma O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim va o`rta – maxsus ta`ilm vazirligi tomonidan tasdiqlangan na`munaviy o`quv rejaga binoan tuzilgan. Buyruq № _________”______”_____________yil.Uslubiy ko`rsatma “Axborot texnologiyalari” kafedrasi majlisida tasdiqlangan. Qaydnoma №19 “26” yanvar 2016 yil.
-
MULTIMEDIA INJINIRINGI
Ushbu o'quv qo'llanma "Multimedia injiniringi" fanidan tayyorlangan bo'lib, fanning nazariy asoslari, multimedia haqida umumiy tushunchalar va rivojlanish bosqicl:lari, multimedia texnologiyasining qo'llanish sohalari, multimedia ilovalarining loyixasini yaratish usullari va bosqichlari, grafik Obyektlarni yaratish texnologiyasi, tovushni sintezlash qurilmasi, tovushlarni sintezlash usullari, videolarni yaratish texnologiyasi, video turlari,
-
Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari
Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu o‘quv qollanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag`ishlangan. Unda raqamli iqtisodiyotning asosi bo`lgan muammolar bilan bog liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o`tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo‘lgan xeshlashtirish funksiyalari haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan.
-
Kompyuter ko'rishi
Ushbu O'quv qo'llanma kompyuter injiniringi mutaxassisligi magistrlari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada kompyuter ko'rishi fanining maqsad va vazifalari, kompyuter ko'rishi texnologiyasining amaliy tatbiqlari bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma ikki qismdan tashkil topgan bo'lib, birinchi qismida kompyuter ko'rish fanining kelib chiqishi haqida atroflicha ma'lumotlar keltirilgan, hamda Matlab muhitining Image Processing Toolbox paketi asosida tasvirlarni turli tipdagi ishlash muammolari uslubiy misollar yordamida ko'rsatilgan. O'quv qo'llanmaning ikkinchi qismida tasvirlar va sahnalar OpenCV muhitida ishlash amaliyoti keltirilgan. Bunda tasvirlarni filtrlash, chegaralarini topish, tasvirlarni xalaqitlardan tozalash kabi mavzular uslubiy misollar vositasida ko'rsatib o'tilgan.
-
Axborot kutubxona katalogi va fondi
Ushbu o`quv qo`llanma Axborot kutubxona muassasalarining kataloglari, Axborot – kutubxonalar ish faoliyatida ularning tutgan o`rni, katalog turlari, tasvir prinsiplari, hujjatlarga ishlov bеrish, sistеmalashtirishning nazariy asoslari, tarixiy negizlari haqida tushuncha beradi. Xususan, kutubxona – bibliografik klassifikatsiyalari vujudga kelishi: Universal o`nlik klassifikatsiyaning yaratilishi, O`zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi jadvalining tuzilishi, u bilan ishlash metodikasi masalalarini, axborot kutubxona fondi, uning belgi va xususiyatlari, fondni shakllantirish prinsiplari va jarayonlarini qamrab oladi.
-
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
"Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" nomli o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalari texnika yo'nalishi magistratura mutaxassislik talabalari uchun mo'ljallangan.O'quv qo'llanmada fan, ilmiy bilish, ilmiy tadqiqot va uning metodologiyasi, ilmiy tadqiqot o'tkazish usullari va rasmiylashtirish tartibi, tajribaviy tadqiqot natijalari va ularni qiyosiy tahlili kabi aspektlar ko'rib chiqilgan.
-
Raqamli axborot xizmati
O'zbekistonda oxirgi yillarda kutubxona va arxiv muassasalarining faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanib, yangi darajaga ko'tarish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Hukumat tomonidan belgilangan maqsadlarni zabt etishning asosiy omillaridan biri yosh mutaxassislarni sifatli tayyorlash hisoblanadi. Xususan, talabalarga kutubxonalarda raqamli axborotlarni saqlash va qayta ishlashga oid bilimlarni berish talab etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma "Raqamli axborot xizmati fani doirasida yaratilgan bo'lib, uning maqsadi talabalarga raqamli axborotlar turlari, xususiyatlari va ularni qayta ishlab multimedia mahsulotlari, elektron nashrlar yaratish, raqamli axhorotni avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlaridan va Internetdan qidirish va foydalanuvchilarga taqdim etish, kutubxonalarda xizmat ko'rsatish jarayonida resurslarga bo'lgan mualliflik huquqlariga rioya qilish haqidagi bilimlarni berish hisoblanadi Mazkur qo'llanma Oliy ta'limning "Kutubxona-axborot faoliyati" yo'nalishi talabalari, magistrantlari va pedagoglar uchun mo'ljallangan.
-
O‘quv reja, baho va baholash
O‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimini tashkil qilishda me’yoriy -xuquqiy xujjatlar ahamiyati, ta’lim sifati tushunchasi, baho sifatini boshqarish elementi, shuningdek, Kredit tizimi doirasida bilimlami baholash tartibi batafsil bayon etilgan. Shuningdek, bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida o‘quv reja, baho va baholash fanini o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlari ifoda etilgan. O‘quv qo‘llanma 5350400 - АКТ sohasida kasb ta‘limi yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayonida foydalanishi uchun mo‘ljallangan.
-
Электр таъминоти тизимининг реле ҳимояси ва автоматикаси
Дарсликда электр таъминоти тизимида қўлланиладиган замонавий реле ҳимояси ва автоматиканинг замонавий қурилмалари ҳақида маълумотлар келтирилган. Ишлаб чиқариш корхоналарида ва электр таъминоти тизимида қўлланиладиган ҳимоя воситаларининг ишлаш принциплари, уларни схемалари ва конструктив тузилишлари ҳозирда амалда тадбиқ этила бошлаган ярим ўтказгичли материаллар ва асбоблардан тайёрланган элементлар, микропроцессорли қурилмалар асосида ишловчи ускуналар орқали ёритилган
-
Сигналларга рақамли ишлов бериш
Ў‘қув қўлланма олий ўқув юртларининг “Радиотехника”, ‘Телевидение, радиоалоқа ва радиоешиттириш”, “Мобил алоқа тизимлари” та’лим йўналишлари талабалари учун мўлжалланган.