-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
Elektr yuritma asoslari
Elektr yuritma asoslari fanini o’qitishdan maqsad – talabalarda elektr mashinalarning vazifalari, turlari, tuzilishi, xarakteristikalari va ularni ishlash tamoyillari hamda ularda kuzatiladigan fizik jarayonlar bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim va malakani shakllantirishdir.
-
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofaza
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga hozirgi kunda respublikamizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar (zilzila, sel, suv toshqini, ko`chki)dan va dushmanlar tomonidan bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday ichki va tashqi xavflar ta`siridan saqlash, xalq xo`jaligi ob`ektlarini, moddiy resurslarni, texnika va texnologiyalarni, tabiatni asrash, zarar ko`rgan xududlarda aholini qutqarish hamda kechiktirib bo`lmaydigan tiklash ishlarini olib borishni o`rgatish hamda amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
-
Электр хавфсизлиги
Фан ўқитилишининг мақсади - талабаларга электр токидан фойдаланишда юзага келадиган хавфларнинг келиб чиқиш сабабларини, хусусиятларини, оқибатларини ва уларни бартараф этиш чоралари, хавфсиз иш шароитларини яратиш, уларни назарий жиҳатдан ёндашилиб амалга оширилишни, электр қурилмалари, ускуналар, машина ва механизмларни ишлатганда, техник хизмат кўрсатганда ва таъмирлашда кўриладиган асосий хавфсизлик техникаси талабларини ўргатишдан иборат.
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Mazkur fanni o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarga ishlab chiqarishda xavfli va zararli omillarning ta’sirini kamaytirish, me’yorlash orqali ishchilarning sog‘lig‘ini, mehnat qilish qobiliyatlarini saqlash, shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini olish va bu sohadagi qonunchilik asoslarini, shuningdek bo‘lajak mutaxassislarni ish faoliyatida va umuman hayotda xavfsiz va sog‘lom faoliyati sharoitlarini yaratish bilimlarini shakllantirishdan iborat.
-
Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari
Fanni o`qitishdan maqsad talabalarda transport vositalarining tasnifi, tuzilishi,ishlash jarayoni hamda muayyan ekspluatatsion sharoitda effektiv darajada ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruktsiyasini berilgan sharoitga qay darajada moslashganligini baholash usullari bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir.
-
Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari
Fanni o`qitishdan maqsad talabalarda transport vositalarining tasnifi, tuzilishi,ishlash jarayoni hamda muayyan ekspluatatsion sharoitda effektiv darajada ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruktsiyasini berilgan sharoitga qay darajada moslashganligini baholash usullari bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir.
-
Кимё саноати махсус жиҳозларининг конструкцияси, ҳисоби ва лойихалаш асослари
Амалий машғулотлар услубий кўрсатмаси “Нефть-газнинг қурилмалари”фанининг дастури асосида тузилди ва қуйидаги бўлимларни ўз ичига олади: нефть ва газни қайта ишлаш қурилмалари, уларнинг тузилиши ва ишлаш механизмлари; нефть-газ саноати қурилмаларида борадиган кимёвий реакциялар механизмлари; қурилма ва жиҳозларда борадиган кимёвий жараёнларнинг турлари ва назарий асослари; технологик ускуна ва қурилмаларни тайёрлаш учун мос материаллар танлай олиш.
-
-
Analitik kimyo va fizik-kimyoviy tahlil
Analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asоslari va usullarini ishlab chiqadigan fandir. Analitik kimyoning amaliy vazifasi mоddalarning yoki ular aralashmalarining kimyoviy tarkibini aniqlashdan ibоrat.
-
Қурилиш материаллари ва буюмлари
Ушбу ўқув-услубий мажмуа”Қурилиш материаллари ва буюмлари” фанидан тайёрланган бўлиб, 3 чи ва 4 чи семестрда, 5310900 - Метрология, стандартлаштириш ва маҳсулот сифати менежменти (қурилиш),5630100–Экология ва атроф-мухит мухофазаси (курилиш) таълим йўналишларида таълим олаётган талабалар учун мўлжалланган.
-
O’simlikshunoslik
O’simlikshunoslik fanining maqsadi –ekinlarni, navlarni, duragaylarni biologik xususiyatlari, mintaqaning tuproq –iqlim sharoitiga mos agrotexnik tadbirlar tizimini qo’llab ekologik toza, tannarxi past, sifatli va mo’l –hosil yetishtirish
-
O’zbek tili uslubiyati
Uslubiyat (stilistika) - grekcha «stylos» so’zidan olingan bo’lib, suyakdan yasalgan uchli tayoqcha degan ma’noni bildiradi. Qadimgi greklar mum suriiigan taxtaga ana shu tayoqcha bilan yozganlar. Xato yozilgan so’zni tayoqchaning ikkinchi - kurakcha ko’rinishdagi tomoni bilan to’g’riiar va uchli tomoni bilan yozar edilar
-
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 26-sonli buyrug‘ining ikkinchi ilovasi bilan tasdiqlangan va BD-5110100-3.01 bilan ro‘yxatga olingan fan dasturi asosida ishlab chiqiligan ishchi o‘quv dastur bo‘ycha tayorlandi.
-
Diskret matematika va matematik mantiq
«Diskret matematika va matematik mantiq» fanidan ushbu o’quv – uslubiy majmua Samarqand davlat universitetining «Matematik modellashtirish» kafedrasida tayyorlangan. Majmua «Diskret matematika va matematik mantiq» fanini o’rganish jarayonida talabaning mustaqil ishlashini ta’minlovchi o’quv-uslubiy materiallarni o’z ichiga oladi hamda talaba olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi. Ushbu o’quv - uslubiy majmua «Diskret matematika va matematik mantiq» fani o’quv rejasida mavjud barcha ta’lim yo’nalishlari bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan.
-
Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi
Ushbu o'quv-uslubiy majmua boshlang'ich matematika kursi nazariyasi fani bo'yicha yaratilgan bo'lib, Ozbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2017 yil «<<<< avgustda tasdiqlangan fan dasturi asosida tuzilgan. Ushbu o'quv-uslubiy majmua Muqimiy nomidagi QDPI uslubiy Kengashida ko'rib chiqilgan va tasdiqlangan. (2019-yil " -sonli bayonnoma)
-
Differensial geometriya va topologiya
Ushbu majmuada «Differensial geometriya va topologiya» fanining maqsadi va vazifalari, fanni o’zlashtirishga qo’yilgan talablar, fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari turlari va ularning hajmi (soatlarda), fanning mazmuni, fan bo’yicha talabalar o’zlashtirishining nazorati, fanning o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, fanni o’zlashtirish uchun kerakli jihozlar va (asbob uskunalar) apparatura, o’qituvchilar uchun uslubiy tavsiyalar, talabalarning mustaqil ishini bajarish bo’yicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha eslatmalar, mustaqil ishlarni bajarish uchun o’quv - uslubiy qo’llanmalar keltirilgan.