-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
Ushbu darslikda agrosanoat integratsiyasining chuqurlashuvi, rivojlanishi natijasida ob’yektiv ravishda shakllanadigan agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibi, iqtisodiyotda tutgan o’rni, majmuaga kiruvchi sohalarning hozirgi holati, rivojlanish yo’nalishlari, ularning iqtisodiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari yoritilgan. Darslikda agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini hisoblanadigan qishloq xo’jaligi tarmog’ining yer-suv, mehnat, moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish masalalari, tarmoqda ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllariga oid mavzular batafsil yoritilgan. Darslikda agrosanoat majmuasi tarmoqlari mahsulotlariga narxning shakllanishi, mahsulot, ish va xizmatlar tannarxi hamda majmua tarmoqlarida moliya-kredit tizimlarining amal qilish mexanizmiga bag’ishlangan mavzular berilgan. Alohida e’tibor agromarketingni tashkil etish va uning samaradorligiga hamda yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosatiga oid mavzularga qaratilgan
-
Tuproq va atrof muhitni ifloslanishi
XX asrning urtalarida sanoatning rivojlanishi, sanoatga moddiy xomashyo yetkazish maqsadida kishilik jamiyatining tabiiy boyliklarga bo’lgan ehtiyojning oshishi va tabiiy biologik sistemalarga nisbatan e’tiborning kuchayishi tufayli tabiatning barqaror rivojlanishiga inonlar salbiy ta’sir kursata boshladi. Bu esa ilmiy-texnika yutuqlari bilan tabiatning ekologik chegaralari o’rtasida katta qarama-qarshilik devorini yuzaga keltirdi va buning natijasida «Hayot xavfsizligi», «Ekologik xavfsizlik» «Oziq-ovqat xavfsizligi» kabi muammolar yuzaga keldi.
-
Ландшафтшунослик
Ландшафтшунослик фани табиий географиянинг муҳим бир қисми сифатида кишилик жамиятининг амалий талабларига боғлиқ ҳолда шаклланди ва ривожланиб келмоқда. У инсон билан табиат ўртасидаги ўзаро алоқалар самарадорлигининг оширишнинг илмий асосларини яратиш ва ҳақиқий маданий ландшафтларни барпо қилишининг қоида ва усулларини ишлаб чиқиш билан шуғуллунади. Ландшафт ҳақидаги таълимот эса география фанининг муҳим қисми сифатида табиий географиянинг амалий ҳаѐтга кириб боришида илмий назарий асос бўлиб хизмат қилади.
-
Entomologiya va o'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish
Entomologiya – yunoncha – entomon – hasharot, logos – fan, hasharotlarni o‘rganuvchi fandir. Umumiy entomologiya va qishloq xo‘jalik entomologiyasi, qishloq xo‘jalik zararli va foydali hasharotlarni o‘rganuvchi fanlar. U biologiya fanining tez sur’atda rivojlanib borayotgan bir tarmog‘i bo‘lib, o‘zi ayni vaqtda qator mustaqil ilmiy sohalarga entomologiya asoslari, o‘rmon xo‘jaligi entomologiyasi, entomologiya entmologiyasi hamda veterenariya entomologiyasiga bo‘linadi.
-
Tuproqshunoslik va geologiya
Geologiya yer haqidagi fan bo’lib, yunoncha geo-yer, logos-fan demakdir. Geologiya yerning tarkibi, ichki tuzilishi, tarixiy rivojlanish qonuniyatlari, cho’kindi va magmatik jinslar bilan bog’liq bo’lgan madan konlari va yer osti suvlarining paydo bo’lishi, shuningdek yerda bo’ladigan turli xil geologik jarayonlarni o’rganadi. Geologiya fani amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib, yaqin yillargacha geologiya faqatgina foydali qazilmalarni izlash bilan shug’ullangan bo’lsa, hozirda geologik xulosalarsiz yirik sanoat inshoatlari jumladan - zavod, fabrika, temir yo’l, gidrostansiya va ulkan suv omborlarini mukammal darajada qurish mumkin emas.
-
O'zbekiston tuproqlari
O’zbekiston Respublikasining maydoni 44457,9 ming ga bo’lib, shundan sug’oridadigan yerlar 7,50; haydaladigan lalmi yerlar 1,85; ko’p yillik daraxtzorlar 0,85; yaylov va pichanzorlar 50,95; tomorqa yerlari 1,32; meliorativ holati yaxshilanadigan yerlar 0,18; o’rmonlar 2,99% ni tashkil qiladi. Umuman olganda, Respublikada 61,13% maydondan qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalaniladi, 38,87% maydondan esa foydalanilmaydi.
-
Yangi pedagogik texnologiyalar
Ushbu O`quv uslubiy qo`llanma yangi pedagogik texnologiyalar kursi namunaviy o`quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
Pedagogik texnologiyalar
Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta´lim tizimida ham keskin o´zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, bugungi kunda xorijiy davlatlarda samarali qo´llanilayotgan “Keys-study”, “Loyiha”, hamkorlikda o´qitish texnologiyalari, “T-sxema”, “Blitsso´rov” va boshqa interfaol usullar haqida ma'lumot, hamda ularni dars jarayoniga tatbiq etish mexanizmini yoritib berishga harakat qilinmoqda.
-
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim
MTM tarbiyachilarini maktabgacha ta’lim sohasidagi yangiliklar va o`zgarishlar bilan qurollantirish. “Maktabgacha ta’lim” uzluksiz ta’limning boshlang`ich pog`onasi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama tayyorlashdan iborat bo`lgan asosiy vazifani tarbiyachi amalga oshiradi.Shunday ekan tarbiyachilarni sohaning eng so`nggi yutuqlaridan xabardor qilish.
-
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonining ijtimoiy yo'nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta'lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o'tilgan.
-
Maktabgacha pedagogika
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o‘rganadi.
-
Ijtimoiy pedagogika
Umumiy pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilgan o'quv uslubiy majmua hozirgi kun talabiga javob beradi. Unda har bir fan uchun titul varog'i, o'quv rejasidagi barcha fanlardan namunaviy hamda ishchi o`quv dasturlari, o`quv-uslubiy xarita, ta`lim texnologiyalari, kalendar-tematik reja, ma'ruza matni, laboratoriya yoki amaliy mashg'ulot ishlanmalari, fanlar bo'yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun savolnomalar, testlar yangidan ishlab chiqildi. Ma'lum fanlar bo'yicha bitiruv malakaviy va kurs ishi, referat mavzulari o'quv amaliyot dasturi va uslubiy ko'rsatmasi ishlab chiqildi.
-
Fizologiya va anatomiya asoslari
Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi asoslari fanini o'qitishda anatomiya, gistologik va morfologik ma‘lumotlarni a‘zo va tizimlarning funksiyalari bilan bog'liq, holda tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Bunday tushuntirish usuli fiziologik qonuniyatlarini chuqurroq o'rganishda, ayniqsa a‘zo funksiyalari uning tuzilishi bilan yaqqol bog'liqligi morfologik ma‘lumotlarni talabalar uchun qiziqarli qilib, ularning o'zlashtirishini osonlashtiradi.
-
Falsafa
Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlari muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
-
Umumiy psixologiya
Psixologiya fanining predmeti. ―Psixologiya‖ so‘zi ikkita grek so‘zlaridan –psixo – jon, ruh va ―logos – ta‘limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an‘anaviy ma‘noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi.
-
Мактабгача ѐшдаги болалар физиологияси ва гигиенаси асослари
Мамлакатимиз аҳолисининг муносиб ҳаѐт кечириши, жаҳон талаблари даражасида таълим олиши ҳамда касб эгаллаши, жамиятда ўзларининг муносиб фуқаролик позициясини эгаллаши ва бунѐдкорлик салоҳиятини рўѐбга чиқариш учун зарур шарт-шароитлар яратди. Бунинг асосий туб маъносида соғлом авлодни юзага келтириш ва уларни муносиб равишда тарбиялаш ѐтади