-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Umumiy dehqonchilikdan laboratoriya ishlari va amaliy mashg`ulotlar
Ushbu qo`llanmada umumiy dehqonchilik asoslariga taaluqli bo`lgan laboratoriya va amaliy mashg`ulot ishlari yoritilgan bo`lib, bakalavriatning 5140900-kasb ta`limi yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Shuningdek, mazkur qo`llanma 20 ta ishni o`zida jamlagan bo`lib, unda dehqonchilikda yerga ishlov berish, ekinlarning hosildorligini oshirish usullari kabi masalalar o`rin egallagan.
-
GEOMETRIYA
Maskur o'quv qo'llanma akademik litseylar matematika chuqurlashtirilib o'qitiladigan o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan nafaqat akademik litsey o'quvchilari balki ixtisoslashgan ta'lim muassasalari o'quvchilari, matematika fani o'qituvchilari hamda matematika faniga qiziquvchi barcha o'quvchi-yoshlar foydalanishlari mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-dekabrdagi "Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4910 qarori ta'lim mazmunini, uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Ushbu qarorda Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan akademik litseylar o'quv jarayonini zamonoviy talablar asosida raqobat bardosh bo'lishiga erishish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi Ushbu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan vazifalardan biri akademik litseylar uchun amaldagi yangi o'quv rejalar asosida darslik, o'quv qo'llanmalar yaratish hisoblanadi.
-
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA
Ushbu o'quv qo‘llanmada zamonaviy psixologiyada hozirgi kun uchun dolzarb bo‘lgan mavzular imkon doirasida qamrab olingan. Bu mavzularni yoritishda xorij hamda rus psixologiyasi namoyandalarining o‘tkazgan tadqiqotlari va qarashlaridan foydalanilgan. Qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlari pedagogika va psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, shuningdek, oliy o‘quv yurtida shu soha bo‘yicha faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va umuman shu sohaga qiziqqan barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkiri.
-
Педагогика тарихидан семинар машғулотлари
Ўқув қўлланма Педагогика тарихи фанининг дастури асосида семинар машғулотлар режасига мўлжаллаб тузилган. Педагогика назарияси ва тарихи фанининг Педагогика тарихи қисмидан семинар машғулотлари учун тузилган мазкур ўқув қўлланмада ёритилган мавзуларнинг ҳар бири ўзига хос ёндашув асосида - схемалар, жадваллар ва турли эслатмалар орқали берилган бўлиб, ўқитувчи ва талабаларнинг фойдаланишига қулайлик туғдиради.
-
Psixologiya tarixi
Ushbu qo`llanmada psixologiyaning tarixiy ildizlariga e`tibor qaratilgan bo`lib, unda antik davr psixologiyasi, Qadimgi Sharq mamlakatlaridagi psixologik g`oyalar, Yevropada Uyg`onish davri psixologiyasi, Markaziy Osiyodagi psixologik ta`limotlar, O`rta asrlar psixologiyasi, psixologiya oqimlari va maktablari, psixologiyaning hozirgi kundagi holati kabi masalalar yoritilgan.
-
Антропогенез
Одам эволюцияси биология фанидаги энг қийин, мураккаб ва тортишувли соҳа бщлиб, илмий маълумотлар турли адабиётларда чоп этилиб, тарыоы ҳолдадир. Маълумотларни ягона тизимга келтириш ва уни чоп этилиши, катта аҳамиятга эгадир. Охирги йилларда антропогенезга оид қимматли ва жиддий янги маълумотлар одам эволюциясини янада ойдинлаштирмоқда, шу билан бирга янги изланишларни туғдирмоқда.
-
Экология: ғоя, назария, методология
Ушбу ўқув қўлланмада экология фаннинг предмети ва методлари. экология тушунчалари. экология қонунлари, миллий мафкура ва экологик назарияси. жамият ва табиат ўзаро муносабатлари қонуниятлари, жамият ва табиатни ўзаро муносабатлари гармонизациялаш, уларнинг турли усуллари ва даражалари, экология ғоялари ва унинг аҳамияти каби муаммолар ёритилган.
-
Тарихий манбашунослик
Ушбу ўқув қўлланма Ўзбекистоннинг тарихини ўрганишга мўлжалланган бўлиб, унда юнон, лотин, хитой, араб, форс ва туркий тилларида ёзилган манбалар тўғрисида маълумотлар келтирилган.
-
Futbol nazariyasi va uslubiyati
O'quv qo'llanma O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti uchun "Futbol nazariyasi va uslubiyati" fan dasturi asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada futbolchilarni texniki tayyorlash xususiyatlari, maydon o'yinchilari texnik harakatlarga o'rgatish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, qo'llanmada mashg'ulotlarda o'rgatish usul va uslublarni qo'llash uslubiyati keng yoritib berilgan.
-
Формирование здорового образа жизни
В пособии проанализирована и дана информация о роли Правительства и государственных органов Республики Узбекистан по охране здоровья, создания условий для полноценного развития подрастающего поколения, основным условием которого является формирование осознанного отношения к сохранению каждым человеком своего здоровья и здоровья окружающих, занятия физической культурой и спортом.
-
Tadbirkorlik asoslari
O`quv qo`llanmada O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo`llab-quvvatlashning nazariy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda taraqqiyot yutuqlari, muammolari va istiqbollari yoritilgan. Qo`llanma oliy o`quv yurtlarining iqtisodiyot (tarmoqlar bo`yicha) va kasbiy ta`lim o`quv yo`nalishlari talabalariga mo`ljallangan. Shuningdek, undan tadbirkorlik va biznes asoslari o`qitiladigan boshqa o`quv yo`nalishlari talabalari va kollejlar o`quvchilari, tadbirkorlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Ҳозирги замон табиатшунослиги концепциялари
Мазкур ўқув қўлланмада ҳозирги замон табиатшунослигининг асосий концепциялари, табиий - илмий ва гуманитар маданият, илмий метод, Марказий Осиё халқлари маънавий маданияти тизимида табиий - илмий билимлар, ҳозирги замон физикаси, кимё, биология, табиат - биосфкра - олам тизими тўғрисида батафсил фикр юритилади, шунингдек миллий мустақиллик шароитида республикамизда табиат, табиий ресурслар, экологик хавфсизликни таъминлаш ҳақидаги масалалар ҳам ёритилади.
-
Elektrotexnika va elektronika fanidan virtual laboratoriyalar
O'quv qo'llanmada texnika sohasidagi oliy va o'rta maxsus ta'lim o'quv yurtlarida o'qitiladigan Elektrotexnika va elektronika fanidan laboratoriya ishlarini kompyuterda sxemotexnik modellashtirish dasturida (NI Multisim 14.0) virtual bajarishning nazariy va amaliy tartibi ko'rsatilgan.
-
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi
Ushbu o`quv qo`llanmada tabiatshunoslik fanining tarixi, tabiatshunoslik modellari va jamiyatdagi jarayonlar, yer kurrasi, gidrosfera, litosfera, organik dunyoning birligi va xilma-xilligi, biosfera, tabiat jamoalari, ekosistemalar, hujayra nazariyasi va organizmlarning tuzilishi, hayot va uning paydo bo`lishi, moddalar almashinuvi, kimyoviy bog`lanishlar va kimyoviy reaksiyalar, evolyutsion ta`limot, iqlim va uning o`zgarishi va orol dengizi muammolari kabi mavzular yoritilgan.
-
Tanlangan sport turi bo'yicha mutaxasislikka kirish (yunon -rim kurashi)
O'quv qo'llanma sport kurashi tarixi, musobaqa qoidalari, kurash turlarining tasnifi, tizimlashtirilishi va atamalari bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishlari taminlangan. O'quv qo'llanma O'zbekiston Davlat jinsiy tarbiya va sport universiteti, jismoniy tarbiya fakultetlarining o'quvchi va talabalari, kurash turlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi mbytema jamoasining murabbiylari va sportchilari uchun mo'ljallangan
-
Математика ўқитиш махсус методикаси
Мазкур ўқув кўлланмада математика асослари: тўплам ва унинг элементлари, номанфий бутун сонлар, позицион саноқ системаси, касрлар, геометрик материал билан боглиқ булган масалалар ёритилган.