-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Ko‘tarish-tashish, yo‘l qurilish mashinalari konstruktsiyasi
Darslikda yer qazish va yer qazish-tashish, shuningdek, yoʻl qurilish mashinalarining transport inshootlari va kommunikatsiyalari qurilishidagi oʻrni, ularning tasniflanishi, vazifasi, ishlatilishi, tuzilishi, texnik tavsifi, tuzilmaviy sxemalari, va asosiy parametrlari berilgan.
-
XXI asming additiv texnologiyalari asoslari
Mazkur darslik eng yangi additiv texnologiyalarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qattiq jismiaming virtual modellari haqidagi ma’lumotlar asosidatez va oson ishlab chiqarish jarayonlari natijasida fizik modellami tayyorlash imkoniyatlari keltirilgan. Zamonaviy texnologiyalaming jadallik bilan tarqalishi, keng ko'lamdagi imkoniyatlami ochib berib, bizning hayot tarzimizni tubdan o‘zgatirib yubordi
-
Tibbiy kimyo
Darslikda tibbiy kimyoning eng muhim nazariy masalalari, reaksiyalar mexanizmini biomanbalar asosida tahlil etilgan, keltirilgan reaksiyalar mexanizmi haqidagi bilim va ko'nikmalar kelgusida to'g'ridan- to'g'ri biokimyoviy jarayonlarni izohlash uchun xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulotlarning aksariyat qismi klinik laboratoriyalarda hozir qo'llanilayotgan yoki qo'llanilishi mumkin bo'lgan tahlil usullari hisoblanadi.
-
Менежмент
Дарслик олий ва ўрта махсус таълим тизимида иқтисодчи мутахассислар, менежментлар тайёрловчи ўқув юртлари ва факультетларида ўқув машғулотлар, илмий семинар ва суҳбатлар, тренинглар уюштириш учун мўлжалланган.
-
Олий математика асослари 2- қисм
Ушбу китоб "Ўзбекистон" нашриётида чоп этилган "Олий математика асослари",1-томнинг давоми бўлиб, олий математиканинг аниқмас ва аниқ интеграллар, кўп ўзгарувчили функциялар ва уларнинг дифференциал ҳисоби сонли ва функционал қаторлар мавзуларини ҳамда оддий дифференциал тенламалар курсини ўз ичига олади.
-
Deutsch für alle.
Bugungi kunda chet tillarini o‘rganish va o‘qitishga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiyalar asrida chet tilini bilish zamonaviy shaxs uchun zaruriy ehtiyojga aylangan.
-
English language
Darslikda o‘qitilayotgan tilning va mamlakatning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy iqtisodiy jihatalariga katta e’tibor berilgan. Unda ingliz tilida yangi ya’ni radioelektron qurilmalar va tizimlar yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga texnik matn namunalaridan keng foydalanganligi talabalarning ham yozma, ham og‘zaki nutqlarini takomillashtirishga, ularning ma’naviy dunyoqarshlarini o‘stirishga xizmat qiladi.
-
Temir yo‘lda harakatlanuvchi tarkibining tormoz tizimlari.
Mazkur darslik “Temir yo‘lda harakatlanuvchi tarkibning tormoz tizimlari” o‘quv fanining asosiy qoidalari tizimli ravishda bayon etilgan bo‘lib, bunda harakatlanuvchi tarkib tormoz uskunalarini belgilanishi, tuzilishi, turi yoritib berilgan. Shuningdek, fan bo‘yicha tegishli mavzular o‘zlashtirish davomida yo‘riqnomalardan doimo foydalanib turish tavsiya etiladi.
-
Muhandislik fizikasi. 1-2-qism
Ushbu darslik "Muhandislik fizika" kursini o'qitishning asosiy maqsadi talabalarda tabiatdagi hodisa va jarayonlarga ilmiy nuqtai nazaridan qarash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, nazariy va eksperimental materiallar asosida fizik qonuniyatlarning ob'ektiv ekanligini, o'zlashtirish imkoniyatining mavjudligini isbot etishdir. Bu darslik bir tomondan tabiatdagi fizik hodisalar mohiyatini muhandislik fizika fanidagi fundamental tushunchalar orqali tushuntirish bo'lsa, ikkinchi tomondan nazariy bilimlarni talabalar kelgusida oladigan mutaxassisliklari boʻyicha yuzaga keladigan muammolarning, jumladan texnologik sikllarda modda va issiqlik balansini hisoblash, materiallarning issiqlik, elektr o'tkazuvchanligi, elastiklik modullarini aniqlash, kimyoviy reaksiyalar kinetikasini hisoblash kabi masalalarni yechish uchun ularning fizik modelini yaratish yo'lidagi bilim olishlarini shakllantirish masalalari yoritilgan.
-
Лесоэксплуатация и транспорт леса
Учебник написан в соответствии с программой дисциплины «Лесное хозяйство и транспорт леса». Описаны организация и технология лесосечных работ, рациональная разработка лесосек. Рассмотрены способы валки деревьев, обрезки сучьев, трелевки, погрузки и рациональной раскряжевки хлыстов.
-
Юрист (корхона юристлари учун амалий қўлланма)
Мазкур китоб, асосан, ўз фаолиятини эндигина бошлаган ёш ҳуқуқшунос мутахассислар учун мўлжалланган. Биламизки,корхона ва ташкилотлардаги юридик хизмат фаолияти,асосан,ушбу корхонанинг ҳуқуқий манфаатларини ҳимоя қилишдан иборатдир.
-
Soliqlar va soliqqa tortish (II qism)
Mazkur darslikda soliqlarning nazariy asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati yoritilib, asosiy e'tibor soliqlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi, soliqqa oid nazariyalar, soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari, soliq elementlari, soliq tizimi va uning shaklanishi, soliq munosabatlari sub‘ektlarining huquqlari va majburiyatlari, soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari, soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va turlari, soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog'liqligi, soliq ishini tashkil etish hamda xalqaro soliqqa tortish kabi masalalarga qaratilgan.
-
Умумий кимёвий технология
Кимё ва кимё-фармацевтика ва озиқ-овқат саноатлари учун муҳандис технологлар тайёрлашда "Умумий кимёвий технология" фани муҳим аҳамиятга эга. Бу фан мутахассисларда технологик дунё қарашни шакллантиради. Технологик жараёнларни яратиш ва маълум ишлаб чиқаришда уларни қўллаш учун кимёвий жараёнлар ва реакторларнинг назарий асосларини, ҳом-ашё ва қувватлардан оқилона фойдаланиш асосларини билиш зарур. Бу масалалар ечими атроф-муҳит ҳимояси билан мутаносиб олиб борилмоғи зарур. Ушбу дарсликда юқорида санаб ўтилган мавзулар кўрилган.
-
Солиқ тушумлари ҳисоби ва прогнози
Солиқ тушумлари ҳисоби ва прогнози фанининг солиқ соҳасида мутахассис кадрлар тайёрлашдаги ўрни, солиқ тўловчилари ва солиқ объектлари ҳамда солиқ тушумларининг статистик ҳисобини юритиш, солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларнинг турли даражадаги бюджетларга келиб тушиш жараёнларини прогноз қилишнинг ўзига хос механизмлари ёритилган.
-
Yog'lar va moyli xom ashyolar kimyosi
Darslikda moyli xom ashyo turlari, moyli urug‘lar va mevalarning morfologik va anatomik tavsifi, tuzilishi va kimyoviy tarkibi, sifatiga qo'yiladigan talablar, lipidlar haqida asosiy tushunchalar, yog‘lar tarkibi bayon etilgan; yog‘larni ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar mohiyatini tushunish hamda texnologik jarayonlarning mexanizmini o‘rganish va ularni boshqarish uchun yog` kislotalarining va glitseridlarning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fizik va kimyoviy xossalari, yog‘larning buzilishi, termik o‘zgrishlari, yog‘larning hamroh moddalari, ularning xususiyatlari va ahamiyati, yog‘larning tarkibi va sifatini tahlil qilish asoslari izohlangan.
-
English for students of organization of road traffic of higher educational institutions
Darslikning mаqsаdi сhеt tillаrni о‘qitishdа о‘quv dаsturigа mоs hоldа tаlаbаlаrning mutаhаssisliklаri bо‘yiсhа mаtnlаrni о‘qish, tushinish, tinglаsh vа trаnspоrt sоhаsigа оid mаtnlаrni yоzmа tаrjimа qilish qоidаlаrini о‘rgаtishdir.