-
Televideniye asoslari
Mazkur darslikda XX asr mo`jizalaridan biri bo`lgan televideniyening paydo bo`lishi, uning jamiyat hayotidagi o`rni, televideniye ko`rsatuvlarini yaratishdagi ijodiy jarayonlar, teleko`rsatuvlarni tashkil etish masalalari, teledasturlar janrlari kabi nazariy mavzular, shuningdek, O`zbekiston televideniyesining taraqqiyot bosqichlari, badiiy televideniye tajribalari va muammolari, televideniyening jamiyat oldidagi vazifalari va boshqa mavzulari atroflicha yoritilgan.
-
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi
Darslik bir necha bo`limdan iborat : 'Ibtidoiy davrdagi tomashalarning ilk chashmalari", "Qadimgi yunondagitomosha turlari", "Sharq uyg`onish davrida lafziy san`at turlari", "O`zbek klassik musiqasi" va ho kazo.
-
Ssenariynavislik mahorati
Ushbu darslik yuzlab qo`shiqlari, o`nlab dramalari, o`n beshdan ortiq she`riy va sahna asarlari nashr etilgan, asarlari asosida kinofilm, qator telefilm, spektakllar yaratilgan hassos shoir va dramaturg Haydar Muhammadning qalamiga mansub. Bu kitob nafaqat San`at va Madaniyat institutlari talabalariga, balki ssenariy yozishga qiziquvchilar uchun ham muhim qo`llanma bo`ladi.
-
Arxitektura ashyolari
«Arxitektura ashyoshunosligi» fani o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi arxitektura, dizayn, pardozlovchi mutaxassisliklar yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun yaratilgan birinchi darsiikdir. Kitobda o'quvchilarni pardozbop qurilish ashyolarini tanlashda va ishlatilishida ularning rangiga, tuzilishiga va fakturalariga qarab qo'llash usullari. ish- lab chiqarish texnologiyasi, xossalariga doir ma'lumotlar o'quv dasturiga ko'ra qisqa mazmunda yoritilgan. Shuningdek, darslikda Arxitektura yo'nalishida ishlatilayotgan zamonaviy qurilish ashyolari va kelajakda istiqbolli nanotexnologiyani qo'llab, sifatli pardozbop ashyolar olish to'g'risida ham qisqa tushunchalar berilgan. Ushbu kitob Arxitektura. dizayn sohasida ta'lim olayotgan o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'quvchiiari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan hamda koshinkor, pardoz beruvchi, duradgor. tabiiy rangli toshlarga ishlov beruvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Наркология
В учебнике освещены вопросы, знания которых необходимы не только наркологам, но и врачам ширикого спектра, так как проблемы, затронутые в данной труде соприкасаются с социологией, психологией и юриспруденцией.
-
Organik kimyo
,,Organik kimyo'' kursi zamonaviy biologik fanlarning, tabiiy birikmalarning va neftgaz sanoati ishlab chiqarishining nazariy asosidir. Organik kimyoning tezda rivojlanib borishi organik birikmalarni ajratish, tozalash va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiya jarayonlari va ularning mexanizmini oʻrganishda yangi fizik-kimyoviy usullarni qoʻllay bilishni talab etadi. Ushbu qoʻllanmada murakkab biologik tizimlar bilan shugʻullanadigan neftgaz sohasi mutaxasislari uchun muhim boʻlgan biofaol organik birikmalar toʻgʻrisida ma‘lumotlar keltirilgan.
-
Qalamtasvir
Kitobdan qalam tasvirning nazariy asoslari, tasviriy san`atda perspektiva, kompozitsiya qonunlari, chiziqli konstruktiv qurilish, yorug`-soya qonuniyatlari, odam bosh suyagi va muskullarining plastik anatomiyasi, badiiy ta`limda qalamchizgi bajarishning o`ziga xos ususiyatlari va boshqalar o`rin olgan. Darslikda berilgan vazifalar talabalarning bilim va malakalarini hisobga olgan holda oddiydan-murakkabga usulida ishlab chiqilgan.
-
Oila pedagogikasi
"Oila pedagogikasi" darsligida oilaning bola tarbiyasidagi muhim o`rni maqsad vazifalariga, e`tibor qaratilgan bo`lib, u o`z ichiga zamonaviy oila, uning o`ziga xos xususiyatlari, madaniy saviyasi, oilada bola tarbiyasidagi muammolar, ularning yechimi, uslubiy shakl va tamoyillarini olgan. Shuningdek oilada sog`lom avlodni tarbiyalashning innovatsion texnologiyasi, ota-onalarning burchi, obro`si, vazifalari, tarbiyachilik san`ati sirlari, mustaqil oilaning ijtimoiy jamoalar bilan hamkorligi chuqur tahlil qilib berilgan.
-
Ўқитувчи нутқи маданияти
Дарсликда нутқ маданиятининг назарий асослари, амалий масалалари ёритилган, бунда бевосита ўқитувчининг нутқий фаолиятига алоҳида урғу берилган. Нутқ маданиятининг бошқа фанлар билан алоқаси кўрсатилган. Нутқнинг тўғрилиги, аниқлиги, мантиқийлиги, софлиги, бойлиги, жўнлиги, ифодалилиги каби асосий коммуникатив сифатлари батафсил таърифланган, жуда кўплаб фактик мисоллар таҳлили асосида тегишли тавсиялар умумлаштирилган.
-
Sitologiya. Embriologiya. Gistologiya
Darslikda asosan, mavzu bo`yicha qisqacha tushunchalar, o`rganilayotgan obyektning sxematik, mikroskopik va ultramikroskopik rasmlari berilgan.
-
Mexanizm va mashinalar nazariyasi
Darslikda mexanizmlarning tuzilishi, klassifikatsiyasi, kinematikasi, kinematik va dinamik tekshirish metodlari va ularni eksperimental tekshirish yo`llari avtomobil, traktor, qishloq ho`jalik mashinalari, chilangarlik dastgohlari va boshqa konkret mashinalarning mexanizmlari misolida keltirilgan.
-
Xalq tibbiyoti
Darslikda xalq tibbiyotining umumiy va xususiy masalalari yoritilgan, uning klassik va zamonaviy shakllari berilgan. Shuningdek, kitob asosiy vaqt ekstremal holatlarda amaliy ko`nikmalarni qo`llashni shakllantirish masalalariga ham bag`ishlangan. Darslik tibbiyot institutlari talabalari uchun xalq tibbiyoti bo`yicha dasturga muvofiq yaratilgan.
-
Народная медицина
В учебнике освещены общие и частные вопросы народной медицины, изложены классические и современные её варианты. Основное время отведено отработке практических навыков применения восточной медицины при экстремальных ситуациях.
-
Қишлоқ хўжалик маҳсулотларининг ветеринария - санитария экспертизаси, қайта ишлаш технологияси, гигиенаси ва стандартизацияси
Ушбу дарслик Самарқанд қишлоқ хўжалик институти илмий кенгашининг 2012 йил 30 ноябрдаги №4 сонли йиғилиши қарорига асосан магистрлар ва ветеринария - санитария экспертиза лабораториялари мутахассислари учун тавсия этилган
-
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya
Virusologik tekshirish usullarining takomillashib borishi, molekulyar biologiya, genetika, bioximiya fanlari yutuqlaridan keng foydalanish hisobiga virusologiya tez rivojlanib bormoqda. Bu fanning keng ko‘lamda o‘qitilishi natijasida virusologiya ko‘plab yutuqlarga erishmoqda.
-
История древнего мира
В учебнике на большом фактическом материале - древних этнических памятников, сочинения греческих и римских авторов просматривается отражение в свете преемственности традиции истории народов, их обряды и обычаи, патриотические сражения против захватчиков.