-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
PANJOB ADABIYOTI
Ushbu o‘quv qo‘llanma Shimoliy Hindiston adabiyotlaridan biri – panjob adabiyotining qadimgi davrlardan hozirgi zamongacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada panjob adabiyotining rivojlanishi, uning milliy o‘ziga xosligi hamda O‘zbekiston bilan adabiy aloqalar tarixi yoritilgan. Materiallar Toshkent davlat sharqshunoslik institutida olib borilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi asosida tayyorlangan bo‘lib, magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu oʻquv qoʻllanmada Yangi Oʻzbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, Yangi Oʻzbekiston fenomeni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonning novator rahbari ekanligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etilishi, Harakatlar strategiyasi: jadal taraqqiyot va yangilanish modeli ekanligi, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida yoshlarni tashabbuskorlik, fidoyilik hissini hamda axloqiy fazilatlarni shakllantirishning ahamiyati, Oʻzbekistondagi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratish, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” – inson qadri ulugʻlangan Bosh dastur sifatidagi ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari va Oʻzbekistonning xalqaro reyting miqyosida egallayotgan oʻrinlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati yoritib berilgan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Ushbu o‘quv qo‘llanma barcha nomutaxassis ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada mustaqillik yillari tarixini chuqur va batafsil o‘rganish, jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish hamda ularda vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hislarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, yosh avlodni milliy g‘oya asosida tarbiyalash va tarixiy xotirani shakllantirishning ahamiyati ham o‘rin olgan.
-
O'ZBEKISTON TARIXI
Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston, o'zbek xalqining qadimdan bugungi kungacha bosib o'tgan boy va qiziqarli tarixi va undagi tarixiy jarayonlari xolisona tarzda yoritib berishga harakat qilingan. Ushbu o'quv qo'llanma vatanimiz tarixidan dars beruvchi muallimlar, shuningdek, talabalar hamda tariximiz bilan qiziquvchi barcha yurtdoshlarimiz uchun mo'ljallangan.
-
O‘ZBEK TILINING AMALIY USLUBIYATI
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishi milliy guruhlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda nutq uslublari, fonetik, leksik va grammatik uslubiyat bo‘yicha ilmiy va nazariy ma’lumotlar yoritilgan, shuningdek, og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantiruvchi mashqlar, muammoli vaziyatlar va testlar qamrab olingan.
-
O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma o'zbek tili va adabiyotini o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasi haqida ma'lumot beradi va oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar hamda o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
O’ZBEK ADIBLARI
Ushbu kitobda o’zbek adabiyoti tarixidagi yirik namoyandalar, jumladan Muhammadsharif So’fizoda, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Sadriddin Ayniyning hayoti va ijodiy faoliyati qamrab olingan. Unda adiblarning o’z davri ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga munosabati, ma’rifatparvarlik g’oyalari, adabiyot va ta’lim sohasidagi xizmatlari hamda ularning o’zbek milliy adabiyoti shakllanishiga qo’shgan ulkan hissasi batafsil yoritilgan.
-
O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha)
Mazkur qo‘llanma o‘zbek adabiyotining eng qadimgi davrlaridan XV asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, unda birinchi marta qadimgi turkiy mif va afsonalar, islomgacha bo‘lgan davr yozma yodgorliklari o‘zbek xalqining adabiy yodgorliklari va yozma manbalari sifatida batafsil yoritilgan, shuningdek, adabiyot tarixi manbalari yangicha davrlashtirish tamoyillari va adabiy-estetik hamda diniy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
-
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati
Ushbu o‘quv qo‘llanma filologiya yo‘nalishidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Bunda hozirgi o‘zbek adabiy tilining bo‘limlari va ularning uslubiy imkoniyatlari ilmiy va nazariy jihatdan badiiy asarlardan olingan matnlar va terma misollar asosida tahlil etilgan. O‘tilgan mavzularni mustahkamlash uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan. Nazariy bilimlarni mustahkamlovchi testlar va muammoli vaziyat matnlari ham berilgan. Shuningdek, “So‘z xususida so‘z” rukni asosida so‘z ma’nolarini tahlil etish bo‘yicha ham qo‘shimcha topshiriqlar mavjud.
-
O‘simlikshunoslik (amaliy mashg‘ulotlar)
Ushbu o‘quv qo‘llanma qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘shunosligi, ekinlarning morfologik va biologik xususiyatlari, ularning navdorlik hamda ekish sifatlarini aniqlash usullari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda g‘alla, dukkakli don-ekinlari, ildizmevalilar, tuganakmevalar, o‘t ekinlari, moyli ekinlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari morfologiyasi, ularni yetishtirish va sifatini baholash jarayonlari yoritilgan. Qo‘llanma oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari hamda sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
O‘rta va uzoq masofalarga yugurish uslubiyati
Ushbu o‘quv qo‘llanmada o‘rta va uzoq masofaga yugurish turlari rivojlanishining qisqacha tarixi, uning texnikasini o‘rgatish uslubiyati, texnik taktik va psixologik tayyorgarlikni ahamiyati, yillik yuklamalarni taqsimlanishi, mashg‘ulotlarni tashkil etish, tiklovchi vositalar, razryad me‘yorlari darajasi, nazorat vositalari va tuzilishlarini boblar bo‘yicha mohiyati ochishga harakat qilingan.
-
O‘qish va yozish amaliyoti
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zDJTU Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 30 ta o‘quv mashg‘ulotini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanma ta’lim texnologiyalari asosidagi materiallar, mashqlar, glossariy va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati bilan boyitilgan hamda arab tilini o‘rganish va o‘rgatish jarayonini tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.
-
Organik kimyo. II qism
Ushbu o'quv qo'llanma 5440400 - kimyo ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda halqali (alitsiklik, aromatik, geterotsiklik) organik birikmalarning nomlanishi, izomeriyasi, olinish usullari, fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda muhim vakillari batafsil bayon qilingan. Har bir mavzuning oxirida talabalarning mustaqil ishlashi uchun savol va mashqlar keltirilgan bo'lib, kitobdan oliy o'quv yurtlari talabalari, kimyo o'qituvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Deyarli hamma narsaning qisqacha tarixi
2003-yil boshi, hozir Amerika tabiat tarixi muzeyidan Ian Tattersoll (Ian Tattersall]ning xayrixohlik bilan yozilgan bir necha sahifadan iborat qaydlari yonimda. Boshqa ma’lumotlar qatorida u Perigyo vino tayyorlaydigan hudud emasligini, topqirona qarorimga qaramay, turkum va turdan yuqori bo'limlarni sinflashda kursiv bilan ajratish kerak einasligi, Olorgezaylini (yaqinda borib kelgan joyim) xato yozayotganim, shu kabi uning sohasi — ibtidoiy odamlarga oid ikki bobga taalluqli boshqa faktlarni sanab o'tgan. Kim bilsin, bu sahifalarda yana nechta muallif xatolari chiqadi.
-
O'rganish yo'llari sinfda qo'llash uchun o'rganish nazariyalari.
O'rganish -tabiiy ravishda sodir bo'ladigan jarayon va aksar hollarda biz buni sezmay qolamiz.Bola oldin qilolmagan ishini endi uddalayotganini ko'rib,uning qisqa vaqt ichida shu darajada rivojlanganidan hayratga tushamiz.
-
Михаил Иванович Глинка
Великого русского композитора Михаила Ивановича Глинку справедливо называют основоположником русской музыкальной классики. Это не значит, что русская музыка до Глинки не представляла собой ничего ценного, - Россия испокон веку славилась талантами, и даровитые музыканты в ней были редкость.