-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Kompyuter grafikasi
Ushbu o`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining 5130200 – “Amaliy matematika va informatika” bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari va professor o`qituvchilari uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanmada raqamli tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, qayta ishlash hamda saqlash bilan bog`liq algoritm va metodlar keltirilgan. Shuning bilan birga o`quv qo`llanmada rastr va vektor grafikaning asosiy tushunchalari keltirilgan bo`lib, jumladan, grafik dizayn, Corel DRAW vektor grafikasi, PhotoShop rastr grafikasi dasturida ishlash asoslari hamda Adobe Flash dasturiga doir amaliy topshiriqlar yoritilgan berilgan. Ushbu o`quv qo`llanmadan oliy o`quv yurtlari talabalaridan tashqari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o`rta maktab o`qituvchi hamda o`quvchilari va mustqail o`rganuvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Kompyuter grafikasi
Ushbu o'quv darslik O'zR OO'MTV tomonidan Kompyuter grafikasi fani uchun pedagogik va texnik OTM ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 2016 yilda tasdiqlangan dastur asosida yozilgan
-
KOMPYUTER ARXITEKTURASI
Ushbu o‘quv qo‘llanmada «Kompyuter arxitekturasi» faniga tegishli bo‘lgan, kompyuter arxitekturasiga oid asosiy tushunchalar, kompyuter arxitekturasi va uni tashkil qilish, kompyuterning raqamli va mantiqiy asoslari, kompyuterning asosiy va yordamchi xotira qurilmalari, kompyuterlar protsessorlarning tuzilishlari va ularning qanday ishlashlari, zamonaviy kompyuterlarda va kompyuter tizimlarida o‘rnatilayotgan protsessorlarning muhim jihatlari, parallel kompyuter arxitekturalari, assembler tilida dasturlash asoslari, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish vositalariga oid mavzular bo‘yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida etkazilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma 5330500 - Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-servisi», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»), 5330600 – Dasturiy injiniring, 5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi va 5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
ЛАБОРАТОРНЫЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ РАБОТЫ ПО МЕТОДИКЕ ПРЕПОДАВАНИЯ МАТЕМАТИКИ
В книге приведено содержание лабораторных и практических работ по методике преподавания математики, даны рекомендации по их выполнению. Пособие направлено на формирование у будущего учителя математики творческого подхода к организации учебно-воспитательного процесса.
-
Вычислительная техника в инженерных и экономических расчетах
В пособии рассматриваются типовые задачи по программированию на алгоритмических языках ФОРТРАН-IV и ПЛ/1, приводятся задачная для самостоятельной разработки схем алгоритмов и программ, выполняемых на ЭВМ третьего поколения.
-
Элементар математика
Ўқув қўлланма элементар математика курсининг асосий бўлимларини ўз ичига олган бўлиб, натурал сонлар ва улар устида амаллар, сонларнинг бўлиниши, бирлашмалар, ҳақиқий ва комплекс сонлар, улар устидаги амаллар, тенглама ва тенгсизликлар, функциялар мавзулари ёритилган.
-
Analitik geometriyadan masalalar to`plami
Ushbu tarjima qilingan o`quv qo`llanma analitik geometriya fanidan mashq va masalalar to`plamlari ichida mukammal va ko`p yillar davomida sinovdan o`tgan bo`lib, u bir necha marta rus tilida nashr etilgan. Har bir bobning boshida shu bobning boshida shu bobning mashq va masalalarini yechish uchun keltirilgan nazariy ma`lumotlar, hamda javoblardagi ko`rsatmalar talabalarga ancha qulaylik tug`diradi. Ushbu o`quv qo`llanmadan davlat universitetlari va pedagogika o`quv yurtlari talabalari foydalanishlari mumkin.
-
Қаттиқ жисм физикаси
Ушбу ўқув қўлланмада қаттиқ жисмлар физикасининг асосий бўлимлари ҳақида маълумотлар келтирилган. Қаттиқ жисмларнинг айрим хоссалари бўйича турлари, ҳозирги замон қаттиқ жисм квант физикаси асосий тасаввурлари заминида металлар, ярим ўтказгичлар, диэлектрикларнинг иссиқлик. механик, электрик, магнитик хоссалари баён қилинган.
-
Amaliy matematika unsurlari
Mazkur o`quv qo`llanmasining 1-6-boblarida hisoblash matematikasining xatoliklar nazariyasi, algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, chiziqli va chiziqsiz tenglamalar tizimini yechish usullari, interpolyasion formulalar, differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullari, aniq integrallarni taqribiy hisoblash formulalari keltmladi.
-
Matematik statistika kursi
Mazkur qo`llanma tibbiyot va farmatsevtika oliy o`quv yurtlari uchun "Oliy matematika" fani dasturidan o`rin olgan "Matematik statistika kursi" dasturi bo`yicha ham nazariy, ham amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish bo`yicha mavzularni o`z ichiga oladi. Shu bilan birga qo`llanmada amaliy hisoblash dasturlari ham keltirilgan bo`lib, bu esa talabalarning kompyuter savodxonligini oshirishga yordam beradi.
-
Яримўтказгичлар ва яримўтказгичли асбоблар технологияси
Ўқув қўлланмада яримўтказгичлар ҳақида умумий маълумотлар, яримўтказгичли моддалар олиш ва яримўтказгичли асбоблар тайёрлаш технологиялари баён қилинган. Бундан ташқари, мавзуларни чуқурроқ ўзлаштиришга ёрдам берувчи расмлар, жадваллар илова қилинган. Қўлланма университетларнинг "Яримўтказгичлар ва диэлектриклар физикаси" ва техникаолий ўқув юртларининг "Яримўтказгичли асбоблар" ва "Микроэлектроника" йўналишлари бўйича таълим олаётган бакалавр ва магистрлари учун мўлжалланган. Ундан аспирантлар ва илмий-техник ходимлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Курс испанского языка для начинающих.
Пособие позволит усвоить основные правила произношения, грамматики, научит общаться на основные бытовые темы, а также читать и понимать простые, адаптированные тексты. Предназначено для студентов языковых курсов и факультетов иностранных языков (испанский как второй иностранный язык), а также для всех желающих овладеть основами испанского языка.
-
Физикадан масалалар тўплами
Мазкур масалалар тўплами Олий техника ўқув юртлари талабалари учун физика курси бўйича амалдаги дастур асосида тузилган. Ҳар бир бўлимга мураккаблиги тартиб рақамига мос равишда ортиб борувчи етарли миқдордаги масалалар киритилган. Ҳар бир параграфнинг бошида асосий қонун қоидалар ва формулалар келтирилган, типик масалаларни ечишга доир мисоллар берилган.
-
Funksiyalar va grafiklar
Ma`lumotlar to`plamida matematik analizining asosiy bo`limlaridan biri bo`lgan funksiyalar va ularning grafiklarini chizish bo`yicha zarur materiallar to`liq keltirilgan.
-
Атом ядроси ва зарралар физикаси
Мазкур китобда атом ядросининг хусусиятлари, ядро реакциялари, парчаланиш, нурланиш, мермоядро синтези ҳозирги замон назарияларининг асосий тушунчалари, атом энергиясини олиш усуллари, янги элементларни ҳосил қилиш, атом ядроларининг ўзаро айланиши, "шарпа" зарра - нейтринонинг олам тараққиётидаги катта роли, элементар зарраларнинг хиллари, табиати, ҳозирги замон физикасида тутган ўрни, бу соҳадаги билимларнинг фан ва техникадаги ютуқлари ёритилган.
-
Fizikadan praktikum
Ushbu qo`llanma pedagogika oliy o`quv yurtlarining "Fizika" mutaxassisliklari dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda talabalarning umumiy fizikadan bajarishlari lozim bo`lgan laboratoriya ishlarining tavsiyalari berilgan.Qo`llanma pedagogika universiteti va institutlarining fizika, matematika fakulteti bakalavriyat talabalari uchun mo`ljallangan.