-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Jańa fizikanı dóretken alımlardıń fundamentallıq jumısları
Kitapta XX Ssirdih 70-jiIlarinan keyin jańa fizikanıń bunnan bilay rawajlanıwına salmaqlı ules qosqan Stiven Xokingtiri «Waqıttıń qısqa tariyxi. Úlken partlanıwdan qara qurdımlarga shekem» atamasindaǵı dúnyalıq beslsellerge aylanǵan hám júda kóp tillerge awdarılǵan kitabınıń qaraqalpaq tilindegi awdaimasi keltirilgen.
-
Ijtimoiy psixologiya
Ushbu o`quv qo`llanmada shaxs va jamiyat munosabatlariga oid muammolarning boshqa adabiyotlarda yoritilmagan jihatlari kengroq yoritilgan. Zamonaviy psixologiyada hozirgi kun uchun dolzarb bo`lgan mavzular imkon doirasida qamrab olingan.
-
Futbol madaniyati
Ushbu o`quv qo`llanma 5112000 "jismoniy madaniyat" yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar, futbol bilan shug`ullanayotgan mutaxassislar, murabbiylar, oliy ta`lim muassasalari sport o`qituvchilari, qolaversa, futbol bilan shug`ullanuvchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu qo`llanmaning maqsadi mamlakatimizda futbolni, futbol madaniyatining sifati va salohiyatini yanada keng yoyish, futbol haqida oz bo`lsa-da, ko`pchilik bilmagan ma`lumotlarni yoritib berish hamda futbolomizni jahon talablariga keltirishdir.
-
Fizikaviy kimyo
Mazkur o`quv qo`llanmada termodinamika asoslari, Termodinamika I, II, III qonunlari, Gibbs va gelmgols energiyasi, eritmalar, kimyoviy kinetika va kataliz haqidagi ma`lumotlar to`liq yoritib berilgan, shuningdek, pedagigik texnologiya elementlardan foydalanib, dars o`tish usullari, fanga oid tayanch iboralari, glossariylar ham bayon etilgan.
-
Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va intergatsiya
Mazkur o`quv qo`llanma "Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va intergatsiya" fanining "Pedagogika", "Innovatsiya", "Integratsiya" bo`limlarini o`z ichiga olgan bo`lib, unda "Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va intergatsiya" fanining mazmuni, maqsad va vazifalari yoritilgan. Mazkur o`quv qo`llanma mustaqillik mafkurasi g`oyalari asosida bayon etilgan.
-
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TELEMATIKA
Hozirgi vaqtda shahar va tumanlar hayotida transport kompleksi va transport-texnologik tizimlarning o‘rni ortib borayotgani, asosiy ijtimoiy iqtisodiy muammolarni hal etishda ularning ajralmasligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Ushbu o`quv qo`llanma 2 qismdan iborat takomillashtirilgan dastur asosida yaratilgan bo`lib, uning mazmunida an`anaviy mavzular bilan bir qatorda yangi mavzular ham o`z aksini topgan. Jumladan, o`quv qo`llanmaning 1-qismida jamiyatni axborotlashtirish, axborot tizimlari va ularning turlari, dasturiy ta`minot va obyektga mo`ljallangan texnologiyalar, operatsion sistemalar, o`quv qo`llanmaning 2-qismida esa axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari, kompyutor to`rlari kabi mavzular bo`yicha bilimlar va mustaqil o`qish uchun yetarli nazariy ma`lumotlar joy olgan.
-
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
O`quv qo`llanma korxona iqtisodiyoti va menejmentining barcha dolzarb masalalarini qamrab olgan bo`lib, unda o`tiladigan ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarda foydalanish uchun har bir mavzuga oid nazariy ma`lumotlar, mashqlar, mulohaza uchun savollar, testlar, tayanch atamalar hamda ko`rgazmali-amaliy materiallar keltirilgan.
-
Gimnastika darslarida innovatsion texnologiyalar
O`quv qo`llanmada gimnastika darsining mazmuni, tuzilishi, vositalari, tashkillash uslubiyotlariga oid soha mutaxassisi kasbiy tayyorgarligining nazariy, uslubiy, amaliy tayyorgarligi bilimlarini o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, pedagogika oliy o`quv yurtlarining "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat", "Chaqiriqqacha harbiy ta`lim" ixtisosligi bakalavrlari, magistrlarini tayyorlash o`quv rejasidagi fanlarning DTS talablari asosida yozilgan.
-
Materiallar qarshiligi
O'quv qo'llanma nazariy qism va laboratoriya ishlarini o'z ichiga oladi, qurilish mutaxassisliklari uchun materiallar qarshiligi fani boʻyicha namunaviy o'quv dasturiga mos keladi. Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan oʻlchash asboblari va tatqiqot mashinalarining tavsifi, materiallarni tatqiqotlash usullari va qurilish elementlarining kuchlanish va deformatsiya holatini o'rganish. Har bir laboratoriya ishi uchun uning maqsadi, qisqacha nazariy ma'lumotlar, tatqiqot qurilmasining sxemasi va ishlash jarayoni, bajarilishining ketma-ketligi, tatqiqot natijalari jurnalining namunasi, nazorat savollari keltirilgan. Laboratoriya ishlarini o'tkazish usuli nazariyani auditoriyadan tashqarida oʻrganish, jurnalni tayyorlash, va uni to'ldirish, tadqiqotlar o'tkazish va tajribadan olingan ma'lumotlarni qayta ishlashni o'zichiga oladi
-
Grafik tasvirlash asoslari
Ushbu o`quv qo`llanmada Qadimgi Misr, Gretsiya hamda Uyg`onish davri Yevropa olimlarining geometriya sohasidagi ayrim tadqiqot ishlari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Yevropada Uyg`onish davrida klassik geometriya fanining rivojlanishi va chizma geometriyaning paydo bo`lishi hamda o`qitilishi masalalari bayon etilgan. Rossiya, Ukraina olimlarining chizmachilik va amaliy geometriya bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari to`g`risida ma`lumot berilgan.
-
Badiiy gimnastikada buyumsiz bajariladigan mashqlarni o`rgatish uslubi
O`quv qo`llanmada 'Buyumsiz bajariladigan mashqlar texnikasining asoslari", "Xoreografiyadagi oyoq va qo`l holatlari", "Namunali etyudlar", "Badiiy gimnastikada buyum bilan bajariladigan mashqlar va ularning alohida xususiyatlari" va "Tayyorgarlik davrida yosh badiiy gimnastikachilarga mashqlarni o`rgatish uslubiyoti" kabi bo`limlar bilan tanishishingiz mumkin.
-
Pedagogik web-dizayn
Ushbu o`quv qo`llanma kompyuterning universal uskunaviy dasturlaridan hisoblangan Dreamweaver MX, Flash MX, Gorel Draw, PhotoShop va HTML - gipermantlarni belgilash tilidan foydalanib Web-saytlar yaratish haqida bo`lib, unda dasturlarning imkoniyatlari va ta`lim tizimidagi foydalanishning amaliy juhatlari qarab o`tilgan.
-
Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
Darslikda odam va hayvonlar hazm tizimi tuzilishi, umumiy va xususiy fiziologiyasi, makro va mikroelementlarning inson organizmida tutgan o`rni, tamoyillari, organizmda quvvat sarfi va aholi turli guruhlarining ratsional ovqatlanish mezonlari haqida so`nggi ma`lumotlar keltirilgan.
-
O'zbek adabiyoti tarixi (Muqimiy ijodi)
O‘quv qo‘llanmada Muqimiy hayoti va ijodi, asarlari manbasiga doir barcha ma’lumotlar qamrab olindi. Unda Muqimiy hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar nazariy va birlamchi manbalar asosida yoritildi. Muqimiy adabiy-estetik tafakkuri, badiiy mahorati va ilgari surgan g‘oyalarini talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsad qilinib, yangicha nuqtayi nazar, quvvatli ilmiy tahlil asosida xolis ilmiy xulosalar chiqarilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), 60230300 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili) ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi “O‘zbek adabiyoti tarixi” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo'llanma talabalar, adabiyotshunoslik ilmiga qiziquvchi tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.