-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Psixodiagnostika va experimental psixologiya
Darslikda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixodiagnostikasi, intellekt va shaxslararo munosabatlarga doir nazariy bilimlar hamda psixodiagnostik metodikalar, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan.
-
Ўзбек тили
Ҳунар-техника билим юртларининг рус гуруҳларини битириб чиқаётган ёшлар меҳнат жараёни ва кундалик турмушда ўзбек аҳолиси билан доимий мулокотда бўладилар. Шунга кўра дарсликда тил имкониятларидан келиб чиққан ҳолда ўзбек тилининг рус тилига қиёслаб ўрганилишига, ёшларни касб ва меҳнатга муҳаббат руҳида, халқларнинг бузилмас дўстлигига содиқ қилиб тарбиялашга алоҳида эътибор берилди.
-
Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi
Mazkur darslikda turli xil tikuvchilik materiallaridan buyum va bezak detallarini tayyorlash hamda kashta chok turlari, ularni buyumlarda qo`llash usullari va kashtachilikni o`qitish metodikalari bo`yicha tavsiyalar berilgan. Tikuvchilik buyumi va bezak detallarining turlari bajarilish bosqichlari o`quvchi yoshlarga mo`ljallab yoritilgan. Darslikdan bolalar madaniyat markazlari to`garak rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.
-
Ona tili o`qitish metodikasi
Darslikda umumiy o`rta ta`lim maktablarida "Ona tili"ni o`qitish sohasida yuz bergan yangiliklar va o`zgarishlar hisobga olingan holda, bu fanni o`qitishning metodik jihatlari bayon qilingan. Shu bilan birga, ilmiy-nazariy ma`lumotlarni amaliyotga tatbiq etish usullari yoritib berilgan. Darslik oliy o`quv yurtlarining o`zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Sport tibbiyoti
Darslikda zamonaviy tibbiyotning yutuqlarini inobatga olgan holda sport tibbiyotining vazifalari va mazmuni, umumiy va mahalliy patologiyalarning sport tibbiyoti nuqtai nazardan asoslari, kishi tanasiga muntazam ravishdagi sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportning ta`siri, shifokor nazoratining uslubi, turli sport mutaxassisligi bo`yicha vakillari ustidan o`z vaqtida, joriy va bosqichli shifokor-pedagogik nazoratning asosiy tamoyillari, musobaqalarni tibbiy jihatdan ta`minlash hamda sportcha patalogiya va o`tkir holatlar, sportchilar tanasining yosh va jinsga ko`ra faol imkoniyatlari kabi masalalar o`z ifodasini topgan.
-
Aholi yashash joylarini ko`kalamzorlashtirish
Darslikda O`zbekistonda aholi yashash joylarini ko`kalamzorlashtirish, daraxt, buta va manzarali o`simliklarni alohida obyektlar uchun tanlash uslublari keltirilgan. Bundan tashqari, ko`kalamzorlashtirish tarixi, daraxtzorlarning mikroiqlimga ta`siri, rejalashtirish turlari, har xil ranglar kompozisiyasidan foydalanish, daraxtlarni me`yorlashtirish haqida ma`lumotlar keltirilgan.
-
Oila huquqi
Darslikda oila huquqining umumiy qismiga oid nazariy muammolar, oila, oila huquqi tushunchasi, predmeti, manbalari, oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila va fuqarolik huquqining nisbati yoritib berilgan. Oila huquqining maxsus qismiga oid asosiy masalalar: nikoh, er va xotinning huquqiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni joylashtirish shakllari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ishtirokidagi oilavay-huquqiy munosabatlarni tartibga solish bilan bog`liq jihatlar tahlil etilgan.
-
Основы духовности
Настоящий учебник рассчитан на учащихся, преподавателей академических лицеев, профессиональных колледжей, а также для тех, кто интересуется вопросами духовности. В нем показаны значение предмета "Основы духовности" в воспитании молодого поколения в духе и идеи и идеологии национальной независимости; духовност как продукт развития человечества; духовное наследие и ценности, религия и духовность, вопросы совершенного человека в религии ислама; политическая жизнь общества и духовность; идеология и просвещение как основные критерии духовности личности; духовность семьи, махалли, связь духовности личности с эстетикой; значение церемоний в духовном воспитании и духовность народов Центральной Азии.
-
Системы коммутации
В данном учебнике подробно освещены основы телефонной связи, принципы передачи сигналов в цифровых системах коммутации, общая структура цифровых АТС, принципы цифровой коммутации, сигнализации, синхронизации, принципы управления и программного обеспечения ЦСК, эксплуатации и технического обслуживания.(Диёра)
-
Boshqaruv hisobi
Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, budjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, segmentlar bo`yicha hisob kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo`nalishlariga bag`ishlangan. Darslik davlat ta`lim standartlari asosida tuzilgan ishchi o`quv dasturiga muvofiq tayyorlandi.
-
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish
Mazkut darslikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq tizimida yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi, ulardan undiriladigan umumdavlat va mahalliy soliqlarning iqtisodiy mohiyati, turlari, yuridik shaxslarni soliqqa tortishning o`ziga xos xususiyatlari o`z aksini topgan. Darslik "Soliqlar va soliqqa tortish" ta`lim yo`nalishlari talabalari, davlat soliq xizmati organlari, moliya va bank xodimlari, professor-o`qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarga mo`ljallangan.
-
Statistika
Darslikda statistikani tarixi, rivojlanish bosqichlari, tashkil etishi, predmeti va vazifalari, statistik kuzatish ma`lumotlariga ishlov berish metodlari, statistik ko`rsatkichlar, o`rtacha miqdorlar, variatsiya ko`rsatkichlari, tanlab kuzatish, dinamik qatorlari, statistik indekslar, o`zaro bog`liqlanishlarni statistik o`rganish va ularning iqtisodiy statistik taxlili metodologiyasi keng yoritilgan.
-
Fizik praktikum
Darslik oliy ta’lim muassasalarining Fizika, Fizika-matematika fakulteti bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Tilshunoslik asoslari
"Tilshunoslik asoslari" fanidan yozilgan ushbu darslikda tilshunoslikning tarixi va nazariyasiga oid materiallar berilgan. Unda "Tilshunoslik asoslari fani, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati", "Tilning mohiyati", "Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi", "Til - insoniyatning eng muhim aloqa vositasi. Fikr almashinuvi (kommunikatsiya) va uning asosiy vositalari", "Tilning paydo bo`lishi", "Tilning o`zaro ta`siri va uning rivojlanish qonuniyatlari" kabi mavzular berilgan. Darslik oliy ta`lim muassasalari filologiya fakulteti bakalavr yo`nalishi talabalari, shuningdek, tilshunoslik ilmi bilan qiziquvchilar uchun mo`ljallangan.
-
Matematik programmalashtirish
Mazkur darslik Davlat ta`lim standartlari hamda o`quv dasturiga mos ravishda yozilgan bo`lib, matematik programmalashtirishning quyidagi bo`limlarini o`z ichiga oladi: chiziqli programmalashtirish masalalari, chiziqli programmalashtirishning maxsus masalalari, dinamik programmalashtirish.
-
Экономическая теория
В учебнике представлены все разделы экономической теории: основы теоретической экономики; основы рыночной экономики; микроэкономика; макроэкономика; мегаэкономика.