-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi
Mazkur darslikda turli xil tikuvchilik materiallaridan buyum va bezak detallarini tayyorlash hamda kashta chok turlari, ularni buyumlarda qo`llash usullari va kashtachilikni o`qitish metodikalari bo`yicha tavsiyalar berilgan.
-
Меҳнатни муҳофаза қилиш
Меҳнатни муҳофаза қилиш фанининг ҳамма масалалари қамраб олинган, жумладан муҳофаза қилиш қонунлари ва ташкилий асослари, бошқариш, жараҳатланиш ва касб касалликлари, саноат санитарияси муаммолари ва ечимлари, хавфсизлик техникаси ва уни таъминлаш асослари, электр хавфсизли ва ёнғинга қарши кураш масалалари ёритилган.
-
Ona tili o`qitish metodikasi
Darslikda umumiy o`rta ta`lim maktablarida "Ona tili"ni o`qitish sohasida yuz bergan yangiliklar va o`zgarishlar hisobga olingan holda, bu fanni o`qitishning metodik jihatlari bayon qilingan. Shu bilan birga, ilmiy-nazariy ma`lumotlarni amaliyotga tatbiq etish usullari yoritib berilgan. Darslik oliy o`quv yurtlarining o`zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Sport tibbiyoti
Darslikda zamonaviy tibbiyotning yutuqlarini inobatga olgan holda sport tibbiyotining vazifalari va mazmuni, umumiy va mahalliy patologiyalarning sport tibbiyoti nuqtai nazardan asoslari, kishi tanasiga muntazam ravishdagi sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportning ta`siri, shifokor nazoratining uslubi, turli sport mutaxassisligi bo`yicha vakillari ustidan o`z vaqtida, joriy va bosqichli shifokor-pedagogik nazoratning asosiy tamoyillari, musobaqalarni tibbiy jihatdan ta`minlash hamda sportcha patalogiya va o`tkir holatlar, sportchilar tanasining yosh va jinsga ko`ra faol imkoniyatlari kabi masalalar o`z ifodasini topgan.
-
Aholi yashash joylarini ko`kalamzorlashtirish
Darslikda O`zbekistonda aholi yashash joylarini ko`kalamzorlashtirish daraxt buta va manzarali o`simliklarni alohida obyektlar uchun tanlash uslublari keltirilgan. Bundan tashqari ko`kalamzorlashtirish tarixi daraxtzorlarning mikroiqlimga ta`siri rejalashtirish turlari har xil ranglar kompozisiyasidan foydalanish daraxtlarni me`yorlashtirish haqida ma`lumotlar keltirilgan.
-
Oila huquqi
Darslikda oila huquqining umumiy qismiga oid nazariy muammolar, oila, oila huquqi tushunchasi, predmeti, manbalari, oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila va fuqarolik huquqining nisbati yoritib berilgan.
-
Boshqaruv hisobi
Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, budjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, segmentlar bo`yicha hisob kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo`nalishlariga bag`ishlangan.
-
Statistika
Darslikda statistikani tarixi, rivojlanish bosqichlari, tashkil etishi, predmeti va vazifalari, statistik kuzatish ma`lumotlariga ishlov berish metodlari, statistik ko`rsatkichlar, o`rtacha miqdorlar, variatsiya ko`rsatkichlari, tanlab kuzatish, dinamik qatorlari, statistik indekslar, o`zaro bog`liqlanishlarni statistik o`rganish va ularning iqtisodiy statistik taxlili metodologiyasi keng yoritilgan.
-
Tilshunoslik asoslari
"Tilshunoslik asoslari" fanidan yozilgan ushbu darslikda tilshunoslikning tarixi va nazariyasiga oid materiallar berilgan. Unda "Tilshunoslik asoslari fani, uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati", "Tilning mohiyati", "Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi", "Til - insoniyatning eng muhim aloqa vositasi.
-
Matematik programmalashtirish
Mazkur darslik Davlat ta`lim standartlari hamda o`quv dasturiga mos ravishda yozilgan bo`lib, matematik programmalashtirishning quyidagi bo`limlarini o`z ichiga oladi: chiziqli programmalashtirish masalalari, chiziqli programmalashtirishning maxsus masalalari, dinamik programmalashtirish.
-
Экономическая теория
В учебнике представлены все разделы экономической теории: основы теоретической экономики; основы рыночной экономики; микроэкономика; макроэкономика; мегаэкономика.
-
Кимё
Дарсликда кимёнинг асосий тушунчалари ва қонунлари, кимёвий элементлар даврий жадвали, унинг моҳияти, эритмалар, оксидланиш-қайтирилиш жараёнлари, координацион бирикмалар тўғрисида, шунингдек, анорганик моддалар, уларнинг олиниши, хоссалари, ишлатилиши, кимёвий ишлаб чиқариш технологияси, республикамизда кимё саноати эришган ютуқлар, кимёвий ишлаб чиқаришнинг экологияга таъсири ҳақида маълумотлар баён этилган.
-
Kompyuter grafikasi va web-dizayn
Ushbu darslik "Kompyuter grafikasi va Web-dizayn" deb nomlanib, unda kompyuterning universal uskunaviy dasturiy vositalaridan hisoblangan Corel Draw, Photo Shop, Dreamweaver, Front Page, Home Site va Flash dasturlari, HTML gipermatnlarni belgilash tili, Java Script, PHP kabi web-dasturlash tillarining imkoniyatlari va ta`lim tizimidagi foydalanishning amaliy jihatlari yoritilgan.
-
Korxona iqtisodiyoti
Ushbu darslikda bozor iqtisodiyotining shakllanishi sharoitida korxonalar iqtisodiyoti va faoliyatinig tashkil etilishi bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqilgan. Darslik kirish va o`n ikki bobdan iborat bo`lib, ularda kursning mazmuni va vazifalari, korxonalarning xo`jalik yurituvchi subyekt sifatida tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog`liq tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy masalalar bayon etilgan. Kitobda korxonalar faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari holatini baholash usullarini o`rganishga katta e`tibor berilgan.
-
Uy-joy huquqi
Mazkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining vazifalari, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari, uy-joy qonunchiligi, turarjoylardan foydalanish qoidalari, munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turarjoylardan ijara shartnomasi asosida foydalanish, turarjoylarni saqlash va boshqarish faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi, turarjoy ijarasi masalalari ifodalanga.
-
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
Mazkur darslikda bolalar tug`ilganidan balog`at yoshiga yetguniga qadar bo`lgan davrlarda organizmda kuzatiladigan fiziologik, morfologik, immunologik va ayrim biokimyoviy jarayonlarni geteroxronik tarzda kechish mexanizmlari tushuntirib berilgan.