-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Аналитик кимё
Дарсликда ҳар қайси бўлимнинг бошалнишида қисқа назарий қисм баён этилган, яъни, массалар таъсири қонуни, эрувчанлик кўпайтмаси, диссоциланиш, гидролизланиш жараёни, оксидланиш-қайтарилиш реакциялари ҳамда уларнинг аналитик кимёдаги аҳамияти ва қўлланиши баён қилинган.
-
Аналитик кимё
Ушбу дарсликда аналитик кимёнинг физик-кимёвий асослари, вазифалари ҳамда анализ қилиш усуллари ёритилган. Дарслик уч қисмдан: сифат анализи, миқдорий анализ ва физик-кимёвий анализ усулларидан иборат.
-
Физикавий ва коллоид кимё
Дарсликда физикавий, коллоид ва юқоримолекуляр бирикмалар кимёсининг принципал масалалари; моддаларнинг агрегат ҳолати, термодинамика асослари ва биологик объектлардаги жараёнлардан мисоллар келтириб баён қилинган.
-
Аналитик кимё
Дарслик уч қисмдан иборат бўлиб, биринчи қисмида аналитик кимёнинг назарий масалалари ёритилган. Иккинчи қисм сифат анализига доир бўлиб, катион ва анионларнинг хусусий реакциялари тавсифи келтирилган. Учинчи қисмда миқдорий анализ методларининг моҳияти баён қилинган
-
Статистика
Учебник создан с учетом принципиальных положений и позитивных изменений, связанных с переходом Республики Узбекистан на раночные отношения, и на основе введения системы национального счетоводства (СНС). Поскольку учебник рассчитан для практических занятий, в нем прилагаются примеры, задачи и типовые решения задач.
-
Kompozitsiya asoslari
"Kompozitsiya asoslari" fanining asosiy maqsadi badiiy shakl yaratish va uni amaliyotida qo`llash nazariyasi bo`yicha dunyo tajribasini ijodiy o`zlashtirishdan iborat bo`lgan predmentlar majmuini tashkil qiladi. O`quv qo`llanmaga uch bo`lim kiradi: tekislikdagi kompozitsiya, hajmiy kompozitsiya va kombinator kompozitsiya. Har bir bo`lim nazariy va amaliy qismlardan iborat. Kompozitsiya asoslari fani dizayn mutaxassisligi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun mo`ljallangan.
-
Biokimyo
Mazkur darslikning statik biokimyo qismida tirik organizmning kimyoviy tarkibi, tirik organizmning kimyoviy tarkibi, tirik organizmdagi suv, karbonsuvlar, lipidlar, oqsillar, nuklein kislotalar, vitaminlar, gormonlarning tuzilishi, xossalari va vazifalari, dinamik biokimyo qismida moddalar almashinuvining umumiy qonuniyatlari, har xil yoshdagi odamlar jismoniy mashq mashg`ulotlarlarining biokimyoviy asoslari yoritildi.
-
Injenerlik obodonlashtirish va transport
Kitobda shaharni injenerlik va dekorativ obodonlashtirish elementlarini loyihalashtirishning asosiy tamoyillari qaraladi. Shaharni injinerlik tayyorgarligi, transport tizimini tashkil etish, vertikal rejalashtirish, tashqi suvlarni qochirish, hududni sanitar tozalash, shahar yer osti injenerlik tarmoqlari, ko`kalamzorlashtirish, shaharni yoritish va kichik me`moriy shakllar bo`yicha ma`lumotlar beriladi.
-
Sening aybing emas
Salom, qadirli do'stim! Sendan iltimos, birinchi kitobim insonda bo'lgani kabi bu kitobni ham bir safar deya tasavvur qilgin. Manga "Hayotni ta'riflash uchun bir so'z tanla" deyishsa, bir on ham o'lamasdan "Yo'l" kalimasini tanlardim.Bir turli yo'l emasmi bu hayot, ba'zan qing'ir-qiyshiq, ba'zan to'g'ri va zerikarli, ba'zan afsonaviy manzaralarga shohid, ba'zan esa pastqam ko'rinishli.
-
Mashinasozlik chizmachiligi
Mazkur darslik 5140700 - "Tasviriy san`at muhandislik grafikasi" bakalavr ta`lim yo`nalishi o`quv dasturi asosida yozilgan bo`lib, chizmada dopusk va o`tqazishlar hamda detal sirti g`adir-budurligini belgilash: vint chiziq va sirtlar, ularni hosil qilish, rezba va mahkamlash detallari, yeg`ish chizmalarni detallarga ajratish mavzularini qamrab olgan. Darslikda mashinasozlik chizmachiligi o`qitiladigan barcha oliy va o`rta maxsus ta`lim o`quv yurti talabalari foydalanishlari mumkin.
-
O`simliklar fiziologiyasi
Darslikda hujayra fiziologiyasi, fotosintez, nafas olish, biologik jarayonlar termodinamikasi, suv almashinuvi, mineral oziqlanish, o`simliklarning geterotrof oziqlanishi, moddalarning uzoqqa tashiluvi, o`simlik hujayralarining ontogenezi, o`sish va rivojlanish, ko`payish fiziologiyasi, o`simliklar chidamliligi fiziologiyasi va boshqa shu kabi o`simliklar fiziologiyasi bo`limlariga oid ma`lumotlar yoritilgan. Darslikda ayniqsa fotosintez, nafas olish, mineral oziqlanish, suv almashinuvi, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi hamda o`simliklar chidamliligi fiziologik asoslari bo`limlari birmuncha batafsil, kengroq yoritilgan.
-
Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi
Darslik mazkur fanni o`rganishning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan. Darslikning maqsadi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish uchun dars o`tishda qo`llaniladigan mavjud metodlar bilan tanishtirish, dars o`tishni tashkil etish va uni takomillashtirish, talabalarda iqtisodiy fanlardan dars o`tish malakasini hosil qilish bo`yicha bilim berishdir. Darslik kasb ta`limi (iqtisodchi - pedagog) yo`nalishi talabalari va iqtisodiy fanlardan dars beruvchi o`qituvchilarga mo`ljallangan.
-
Ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish asoslari
Darslikda ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish bosqichlarida sodir bo`ladigan fizikaviy, fizika-kimyoviy va biokimyoviy o`zgarishlar, ularning mohiyati va tayyor mahsulotlar sifatiga ta`siri ko`rib chiqilgan. O`quv materiallari nafaqat oliy ma`lumotli mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, pazandachilik sohasi bo`yicha kollejlarning o`qituvchi va talabalari hamda soha xodimlari uchun foydali bo`ladi.
-
Elektromexanik tizimlarning elementlari
Ushbu darslikda sanoat korxonalarida keng qo`llanilayotgan zamonaviy elektromexanik tizimlarning tarkibiy tuzilishi, boshqariluvchi o`zgaruvchan va o`zgarmas tok o`zgartkichlarning turlari, ishlash asoslari va asosiy tavsiflari, boshqaruv tizimlarining analog hamda raqamli qurilma va bloklarining tuzilishi va ishlash asoslari hamda elektromexanik tizimlarni boshqarishda mikroprotsessorli tizimlarni qo`llashning asoslari bayon qilingan.
-
Kimyo
Ushbu darslikda yoritilgan mavzular O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tasdiqlangan o`quv dasturi asosida yozilgan. Darslik ikki qismdan iborat bo`lib, anorganik va organik kimyoni o`z ichiga oladi. Unda har bir mavzuning mazmuni va maqsadi to`liq ochib berilgan. Darslikdan akademik litsey va maktab o`quvchilari o`qituvchilari hamda shu fanga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Умумий ва анорганик кимё
Дарсликда умумий ва анорганик кимё фанидан назарий қонун-қоидалар, маърузаларда бериладиган материалларга оид саволлар, тестлар, масала-мисоллар ва мустақил ўрганиш учун маълумотлар келтирилган.