-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Biologiya
Odam genetikasi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini, normal va patologik belgilar irsiylanishining o‘ziga xosliklarini, kasalliklarning irsiyatga va muhit sharoitlariga bog‘liqligini inson populyatsiyalarida o‘rganadigan fandir. Odam genetikasi fani – uning morfologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi bilan bir qatorda zamonaviy tibbiyot fanining nazariy poydevorini tashkil qiladi. Bu fan odamlarda bo‘ladigan irsiy o‘zgarishlarni, hayotning molekular-genetik, hujayra, organizm, populatsiya darajasida tadqiq qiladi.
-
ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Fiziologiya fanining dolzarbligi talabalarga a’zo va to’qimalarning tuzilishi va ularda kechayotgan fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni turli fiziologik xalatlarda qanday o’zgarishlarga uchrashini o’rgatishi xisob-lanadi. A’zo va tizimlarda kechayotgan fiziologik jarayonlarni a’zo, to’qima, hujayra, organella, membrana va molekula darajalarida zamonaviy apparat va priborlar yordamida o’rganish organizmning fiziologik statusiga to’g’ri baho berishda katta ahamiyatga ega. Bu kursni o’qitishda, birinchi novbatda, tabiiy sharoitlarda hayvonot dunyosi rivojlanishining turli darajalariga xos bo’lgan umumiy funksional qonuniyatlarga hamda alohida fiziologik funksiyalarga va ular nimalar bilan bog’liqligiga, organizmning barcha tizimlarini umumiy faoliyatida ularning tutgan o’rni qanday ekanligini tushunish bilan birga, ushbu alohida funksiyani, har xil turdagi hayvonlarda, ularning yashash tarzi va muhiti hamda boshqa omillarga bog’liq ravishda shakllanishi qay tarzda amalga oshishiga ham e’tibor berishi kerak.
-
ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Fiziologiya biologik fanlarning muhim bo‘limlaridan biridir. Bu fan sog‘lom organizmda, uning organ va tizimlaridagi hayotiy jarayonlarni, funksiyalarning qyelib chiqish sabablari va mexanizmlarini tushuntiradi, boshqa muhim bo‘lgan tirik organizm funksiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning qonuniyatlarini o‘rganadi. Fiziologiya tirik organizmning, to‘qimalari xujayralar va ularni tashkil etuvchi struktura birliklarida bajarilayotgan qonuniyatlarni tushuntirib beradi.
-
OPTIMAL VA ADAPTIV BOSHQARISH SISTEMALARI
Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan fanlardan biri hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi. Fan o`z ichiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishtirok etadigan ko`plab asosiy texnik vositalarni qamrab oladi va ular qanday turlarga bo`linadi, qaysi texnologik jarayonlarda ishlatiladi, qanday texnik hususiyatlarga ega ekanligi va shu kabilar to`g‘risida ma‘lumotlar beradi
-
O’SIMLIKLAR GEOGRAFIYASI
O`simliklar gеografiyasi botanika bilan gеografiya o`rtasidagi oraliq fan bo`lib, o`simliklarning yer yuzida tarqalishi, tarqalish qonuniyatlarini o`rganadi. Bu o`rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, o`simliklarning tarqalishi haqida fikr bayon etish uchun o`simliklar hayoti ularning xilma-xilligini yaxshi bilib olish zarur. Aks holda ularning yer yuzida tarqalishi haqidagi ma'lumotlar faqat quruq yodlash va tasvirlash tarzida amalga oshiriladi. Bunday bo`lishiga esa hеch qachon yo`l qo`yilmaslik kerak. O’simliklar gеografiyasi faqat hozirgi vaqtda yashab turgan o`simliklarning tarqalishi bilan qiziqmaydi, balki uzoq o`tmishda yashagan va tarqalgan, hozirgi kunda esa nobud bo`lib kеtgan o`simliklar bilan ham qiziqadi va ular haqidagi ma'lumotlarni botanikaning boshqa bir tarmog`i - palеobotanika fani o`rganadi
-
O`SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI
1. Ma’lumki, tabiiy bioxilma-xillik jamiyatning iqtisodiy, ekologik, farmatsevtik va madaniy ehtiyojlarini qondirishning ulkan manbai bo‘lib, usiz tabiat va jamiyat barqaror rivojlana olmaydi. Hozirgi kunda butun yer yuzida bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham dolzarb muammolardan biri – bioxilma-xillikni asrash, uning kamayib borishi bilan bog‘liq muammolarni va mavjud holatni barqaror rivojlanish asosi sifatida saqlab qolish hisoblanadi. Har xil antropogen omillarning tasirida o‘simlik turlari areallarining qisqarib borishi ba’zi bir tur o‘simliklarning butunlay yo‘qolishiga yoki kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda chet o‘lkalardan keltirilgan turlar hisobiga boyitish dolzarb muammodir.
-
Основы экстренной психологической помощи
Учебно-методическое пособие составлено с учетом необходимости ознакомления и оказания экстренной первой психологической помощи насе лению во время различного рода чрезвычайных ситуаций. В рамках учебно методического пособия рассматривается система краткосрочных мероприя тий, направленных на регуляцию актуального психологического, психофизио логического состояния и негативных эмоциональных переживаний человека или группы людей, пострадавших в результате кризисного или чрезвычайного события при помощи профессиональных методов, соответствующих требованиям ситуации.
-
O’ZBEKISTONNING FOYDALI O’SIMLIKLARI MODULIDAN
Foydali o’simliklar xom ashyobop turlar bo’lib, tabiiy flora tarkibida uchraydigan, bevosita foydalaniladigan yoki qayta ishlov berish mumkin bo’lgan o’simliklardir. Foydali o’simliklarni ularning foydalanilishiga ko’ra asosan ikki guruhga ajraladi: 1. Texnik o’simliklar (kauchik saqlovchi, smola saqlovchi va boshqalar), 2. Natur o’simliklar (oziq ovqat, dorivor, vitaminli va boshq.). Har bir guruh yana kichik guruhlarga bo’linadi. Ayrim o’simliklar yuqoridagi har ikki guruhga mansub bo’lishi mumkin. Foydali o’simliklarning tarqalishi, xo’jalikda ishlatilishining imkoniyatlari va mexanizmlarini eng muhim dorivor, oziq – ovqat va boshqa foydali o’simliklar zaxiralarini baholash va ularni o’rganish uslublarini ishlab chiqadigan fan bu botanika resursshunosligi deb ham ataladi
-
Odam anatomiyasi
Pedagogik: umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida biologiya, kimyo va ekologiya fanlaridan dars berish xamda o’quv uslubiy – faoliyat bilan shuhullanish va vazirliklarning o’quv-ilmiy bo’limlari, tarmoq institutlari, oliy o’quv yurtlarida ishlashi va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin.
-
МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ФИЗИОЛОГИЯСИ ВА ГИГИЕНАСИ АСОСЛАРИ
Мамлакатимиз аҳолисининг муносиб ҳаѐт кечириши, жаҳон талаблари даражасида таълим олиши ҳамда касб эгаллаши, жамиятда ўзларининг муносиб фуқаролик позициясини эгаллаши ва бунѐдкорлик салоҳиятини рўѐбга чиқариш учун зарур шарт-шароитлар яратди. Бунинг асосий туб маъносида соғлом авлодни юзага келтириш ва уларни муносиб равишда тарбиялаш ѐтади.
-
Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi
Har bir fanning maqsad va vazifasi bo‘lganidek tabiiy fanlar faning maqsad va vazifasi bizning qamrab turgan atrof olamni yaxshi bilishni uniga mehr-muhabbat ko‘zi bilan qarashni talab etadi. Bu fanni o‘qish davomida talabalar fan yutuqlari ularni zamonga bog‘lash va ekologiya, yer, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishadi va fanning qadimgi markazlari to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi. Markaziy Osiyo, qadimgi Gretsiya va Rimda yashagan olimlarning fikrlaridan bahramand bo‘lishadi.
-
-
Texnologiya ta'limi va uni o'qitish metodikasi
Texnologiya ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktabda butun ta’lim-tarbiya sistemasi va barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda texnologiya darslari etakchi rol o’ynaydi. Maktabda muntazam texnologiya ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflardagi texnologiya dargohlari va kichik yoshdagi bolalarning qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali texnologiyadir.
-
Umumiy pedagogika
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga aloxida xissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning xayotida etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar moxiyatini muxim axamiyatga ega.
-
-
Фалсафа
инсоният яратган маънавий бойликлар орасида фалсафа илмида тўпланган ҳикматлар хазинаси, атоқли файласуфлар мероси, уларнинг асарлари муҳим ўрин тутади. Хар бир даврнинг буюк донишмандлари ўз юрти ва халқининг тафаккури, руҳияти ҳамда орзу-интилишларини фалсафий таълимотларида ифода этганлар, жамият фаровонлиги ва миллат равнақи учун хизмат қиладиган юксак ғояларни ўртага ташлаганлар. Халқни буюк мақсадлар сари етакловчи бу ғояларнинг муайян давр мафкурасига айланишида фалсафий билимлар катта аҳамият касб этади. Инсоният азал-азалдан олам ва одам нима, улар қандай пайдо бўлган, воқелик қандай қонуниятлар асосида яшайди, ўзгаради ва тараққий этади, деган саволларга жавоб излайди.